|
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey
|
səhifə | 1/7 | tarix | 09.05.2023 | ölçüsü | 41,39 Kb. | | #109286 |
| Moliyaviy savodxonlik asoslari 2022-2023 (2)
oʻzbekiston respublikasi Adliya vazirligi
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI
qoshidagi akademik litsey
|
|
“TASDIQLAYMAN”
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori
__________A.Tashkulov
2022 yil “___” ___________.
|
MOLIYAVIY SAVODXONLIK ASOSLARI FANIDAN
-
Taʼlim yoʻnalishi:
|
–
|
Ijtimoiy-gumanitar-2
|
Yoʻnalish kodi:
|
–
|
3930002
|
Kursga oid maʼlumotlar
fan nomi: Moliyaviy savodxonlik asoslari
Semestr / Oʻquv yili: 2/ 2022-2023
Kafedra nomi: Umumtaʼlim fanlari
Soatlar :36 soat
Kurs mualliflari / katta oʻqituvchi: X.N.Abdullayev
Tasdiqlangan: TDYUU Kengashining
2022-yil “____”__________dagi ____ - son qarori.
|
OʻQUV DASTURI
Toshkent – 2022
I. FAN DASTURINING TAVSIFI
Akademik litsey oʻquvchilariga moliyaviy savodxonlik asoslari mohiyatini tushuntirish, uning bugungi kundagi ahamiyatini ochib berish, ularda moliyaviy savodxonlikni va iqtisodiy madaniyatni shakllantirish, oʻquvchilarda tadbirkorlik faoliyati boʻyicha bilim va amaliy koʻnikmalarni bunyodkorlik gʻoyalarini shakllantirish, iqtisodiy faollik, jumladan, oʻz shaxsiy biznesini tashkil yetishga harakat qilishga ragʻbatlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan muayyan hayotiy vaziyatlarda eng maqbul yechim topa olish va toʻgʻri qaror qabul qilishga oʻrgatish, ularni millat manfaatlari yoʻlida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni koʻpaytirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida xaridorgir boʻlishini taʼminlash, mamlakat aholisining turmush darajasini koʻtarish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Ushbu dasturga moliyaviy savodxonlik asoslari faniga oid 18 ta mavzu kiritilgan boʻlib, ular nafaqat moliyaviy bilimlarga oid ilmiy maʼlumotlar, balki korxonalarni tashkil qilish, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tadbirkorlikni soliqqa tortishga tegishli qoʻshimcha atamalar, testlar hamda video materiallarni oʻz ichiga oladi. Dastur mavzulari aynan ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishi oʻquvchilari uchun muvofiqlashtirib ishlab chiqilgan.
Fan akademik litseyning 1-kurs oʻquvchilari uchun 2-semestrda oʻzbek va rus tilida olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|