Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


  Шадыбаев Т. и др. Особенности антимонопольной политики



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   623
51 
Шадыбаев Т. и др. Особенности антимонопольной политики
в Узбекистане: общие принципы и правовая база. - Экономическое
обозрение, №2, 2004, с.5.
242


Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyat-
li o ‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish- 
ni taqozo etdi. Shunga ko‘ra, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan 1996-yil 27-dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik 
faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qi- 
lindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g ‘irrom raqobatning 
oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asosla- 
rini belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat muno- 
sabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishini ta’minlashga qa­
ratilgan. Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo‘nalish, ya’ni 
birinchidan, monopoliyaga qarshi taribga solishning prinsipial yangi 
ko‘rinishi bo‘lib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomoni­
dan bozorda hukmronlik mavqeini suiiste’mol qilishning oldini 
olish va unga barham berishni ko‘zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy 
muhim masalalardan bo‘lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va 
sogiom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Mazkur qonun monopoliyalaming amal qilishini taqiqlamay
balki bozorda ulaming hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi sal- 
biy holatlaming oldini olishga qaratilgan. Qonunda ko‘zda tutilgan 
taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun, ham 
0 ‘zbekiston va boshqa o ‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun 
xos bo ig an monopolistlar xatti-harakatiga qarshi o‘matilgan.
Quyidagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid 
hisoblanadi:
- xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan bozordagi ustunlik hola- 
tining suiste’mol qilinishi (5-modda);
- xo‘jalik subyektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitim- 
lari (o‘zaro kelishilgan xatti-harakatlari) (6-modda);
- davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlarining 
raqobatni cheklashga yo‘naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda);
- insofsiz raqobat (8-modda).
Monopoliyaga qarshi faol choralami amalga oshirish uchun 
1992-yilda О ‘zbekistonda monopoliyaga qarshi organ sifatida Moli­
ya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqar- 
masi tashkil etildi. Boshqarmaga ro ‘yxatga kiritilgan monopoliya
243


mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo‘yicha narxlarni va rentabel- 
likni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996-yilda ushbu boshqar- 
ma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish 
va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil qilindi. 2000-yilda Res- 
publika Prezidentining « 0 ‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan 
chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish 
to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moli­
ya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qo‘mitasiga 
aylantirildi. Keyinchalik mazkur qo‘mitaning faoliyatini yanada ta­
komillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan ushbu tashkilot Mo- 
nopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash 
davlat qo‘mitasiga aylantirildi.52
Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga 
oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga 
xizmat
qiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga 
qarshi siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri - bu monopolist kor- 
xonalaming tovar bozoridagi egallab turgan ustunlik mavqeini 
suiiste’mol qilishning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha 
nazorat olib borishdan iboratdir. Aynan shu maqsadda monopolist 
korxonalar Davlat reestri yuritilib, unga muayyan tarmoqda ustun 
mavqega ega bo‘lgan korxonalar kiritiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g ‘risida»gi qonuni 
6-moddasida «ustun mavqe» tushunchasi quyidagicha izohlanadi: 
«Ustun mavqe tovar. yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi sub- 
yektning yoxud shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xo‘jalik yuri­
tuvchi subyektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda unga o‘z faoliyatini 
amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, 
tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlaming kirishini 
qiyinlashtirish yoxud ulaming iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqa- 
cha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holatidir.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə