Toshkent farm atse vtikainstituti


Mahsulotning tashqi ko‘rinishi



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi, 
G‘unchalar cho‘ziq- 
tuxuinsimon, uzunligi 
3-1
(ko‘pincha4-5) mm, eni 1,5-3 mm, gul 
bandi mgiehka, 0,5-4 mm uzunlikda, tez sinadigan. Gul kosachasi 
naychasimon, 5 ta to‘mtoq tishli, sarg‘ish-yashil rangli, bir oz 
tukli (lupada ko‘rinadi). Gul tojisi kosaeha bilan teng yoki bir oz 
undan chiqib turadi, och-sariq rangli. Mahsulot kuchsiz, o‘ziga 
xos hidga ega.
Mahsulot namligi 12%, umumiy kuli 8%, gulto‘plamini 
shoxlari, gulbandi va barglar aralashmasi 3,5%, organik 
aralashmalar 0,5%) va mineral aralashmalar 1% dan oshiq hamda 
mahsulot tarkibidagi rutin miqdori 16% dan kam bo‘lmasligi 
kerak.
Mevalar pishganda ochilmaydigan, bir oz yassi-silindrsimon, 
tasbehsimon, ko‘p urug‘li, uzunligi 10 sm, eni 0,5-1 sm, yashil
77


jigarrang va sariq chokli dukkak. Urug‘lari to‘q jigarrang yoki 
qora rangli, uzunligi 1 sm gacha, eni 0,4-0,? sm bo‘ladi. Meva 
hidsiz, achchiq mazali.
Mahsulot namligi 14%, umumiy kuli 3%, 10% li xlorid 
kislotada yerimaydigan kuli 1%, qoraygan va pishmagan (xom) 
mevalar 10%,poyavabarg aralashmalari 3%, organik aralashmalar 
0,5%) va mineral aralashmalar 1% dan ko‘p bo‘lmasligi zarur.
Kimyoviy tarkibi. 
Yapon soforasi g ‘unchasi va mevasi 
tarkibida flavonoidlar, vitamin S, bo‘yoq, oshlovchi va boshqa 
moddalar bo‘ladi, Asosiy flavonoidi rutin hisoblanadi. Rutin 
miqdori daraxtning turli organlarida turlicha, u o'simlikning 
o‘sish davriga qarab o‘zgarib boradi. o ‘unchasi (guli) tarkibida 
0,3-44% gacha, bargida 1,13-3,5%» (ba’zan 17%) gacha rutin 
bo‘lishi mumkin. Mahsulot tarkibida rutindan tashqari, kversetin, 
kempferol, 
genistein, 
kempferol-3-soforozid 
va 
boshqa 
flavonoidlar bo‘ladi.
Ishlatilishi. 
Yapon soforasi rutin olinadigan (Toshkent 
kimyo-farmatsevtika 
zavodida 
olinadi) 
asosiy 
mahsulot 
hisoblanadi. Mevasidan tayyorlangan nastoyka yiringli va trofik 
yaralar hamda kuygan joyni davolash uchun ishlatiladi. Nastoyka 
bakteritsid va yaralami bitishini tezlashtirish ta’siriga ega.
Rutin (hamda qo‘shimcha olinadigan kversetin) vitamin R 
etishmasligidan kelib chiqadigankasalliklar (gipo- va avitaminoz), 
qon tomirlar devori о ‘tkazuvchanligining buzilishidan kelib 
chiqkan kasalliklar, gemorragik diatez, ko‘z pardasiga qon 
quyilishi, kapillyar toksikozi, nur kasalligi, ginertoniya, 
revmatizm, qizamiq, bo‘g‘ma, tif va boshqa kasalliklami davolash 
hamda oldini olish uchun qo‘llaniladi.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə