D O R IV O R M A IISU L O T L A R N I TA Y Y O RLA SH ,
Q U R IT IS H , ID IS H L A R G A JO Y L A SH T IR ISH
(Q A D O Q LA SH ) VA SA Q LA SH T O ‘G ‘R ISID A U M UM IY
TU SH IJN C H A D O R IV O R M AHSULOTLARN1
T A Y Y O R LA SH !
Tibbiyotda va farmatsiyada tarkibida kishi organizmiga
ta ’sir etuvchi kimyoviy moddasi boTgan dorivor o ‘simlik
organlari - mahsulotlari ishlatiladi. Dorivor mahsulotlar sifatida
o ‘simliklaming ildizi, bargi, p o ‘stlog‘i, guli, mevasi va boshqa
qismlaridan foydalaniladi. Ularni kimyoviy birikmalar eng k o ‘p
yig‘ilgan davrda y ig ‘islitirib olish kerak.1
0 ‘simlik organlarini quyidagi muddatlarda yig‘ib olish kerak:
Barglar
odatda o ‘simlik gullashi oldidan yoki gullaganida
yig‘ib olinadi.
Barglar juda ohistalik bilan, iloji boricha o ‘simlikka zarar
etkazmasdan yig‘ib olinadi (belladonna, angishvonagul va boshqa
o ‘simlik barglari).
B a’zan o ‘t o ‘simliklaming bargini tayyorlash uchun yer ustki
qismi о ‘rib olinadi, so‘ngra barglari teriladi yoki yer ustki qismi
quritib maydalanadi. Barglari ajratilib, poyasi bilan shoxlari
tashlab yuboriladi. Bunda shox va gullar aralashmasi barglarga
qo‘shilib ketishi mumkin (yalpiz, gazanda va boshqa о ‘simliklar).
Dostları ilə paylaş: