Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Geografik tarqalishi. 
Har ikkala о ‘simlik ham 200-1000 m 
balandlikdagi o‘rmon va yo‘l yoqalarida, suv bo‘ylarida, o ‘tloqlarda 
o‘sadi. Kavkaz belladonnasi Zakavkazeda, Shimoliy Kavkazda 
va Krasnodar o‘lkasida, dorivor belladonna esa Karpatda, о‘arbiy 
Ukrainada, Qrimning tog‘li, o ‘rmonli tumanlarida va Moldova
150


respublikalarida uchraydi. Hozir beliadonnalar Krasnodar oTkasida, 
Qrimda va Poltava hamda Voronej viloyatlarida o‘stirilmoqda.
Mahsulotnnng tashqi ko‘rinishi. 
Tayyor mahsulot о ‘simlik 
bargidan, yer ustki qismidan va ildizidan iborat.
Belladonnaning bargi oddiy, ellipssimon va tuxumsimon, o‘tkir 
uchli, tekis qirrali, yashil yoki qo‘ng‘ir-yashil rangli, kalta bandli, 
yupqa, tuksiz, mo‘rt, uzunligi 25 sm ga, eni 13 sin ga etadi Mahsulot 
hidsiz bo‘lib, achchiq-o‘tkir mazasi bor.
XI DF ga ko‘ra bargining namligi 13%, umumiy kuli 15%, 10% li 
xlorid kislotada yerimaydigan kuli 3%, qoraygan va ko‘ng‘ir rangga 
aylangan barglari 4%, belladonna poyasining yuqori qismi (guli 
yoki mevasi bilan birga) hamda ayrim meva yoki gullar aralashmasi 
4%, organik aralashmalar 0,5% va mineral aralashmalar 0.5% dan 
oshmasligi kerak. Butun mahsulot uchun: teshigining diametri 3 mm 
li elakdan o ‘tadigan mayda qismi 4% dan, qirqilgan mahsulot uchun 
7 mm dan yirik boTgan qismlar 8%, teshigining diametri 0,5 mm li 
elakdan o ‘tadigan qismi 10% dan oshiq bo‘lmasligi lozim.
Barg namni tez tortib oladigan - gigroskopik boTganligi sababli, 
uni quruq xonalarda va og‘zi yopiladigan idishlarda saqlash kerak.
0 ‘simlikning yer ustki qismi qirqilgan poya, barg va gullar 
aralashmasidan tashkil topgan. Poyasining ustki tomoni och yashil, 
ichi oqish, g ‘ovak o ‘zakii boTib, uzunligi 4 sm, vo‘g ‘onligi 1,5 sm 
ga teng.
Er ustki qismining namligi 13%, barglar 45%, jumladan 
sarg‘aygan, qo‘ng‘ir rangli va ikki tomoni qoraygan barglar 4%, 
organik aralashmalar 1% va mineral aralashmalar 1% dan oshiq, 
alkaloidlar yig‘indisi (giotsiaminga hisoblaganda) 0,35% dan kam 
boTmasligi kerak.
Ildizi qirqihnagan (siiindrsimon) yoki uzunasiga qirqilgan, ustki 
tomoni och 1culrang-qo‘ng‘ir, burishgan, ichki tomoni esa kulrang- 
sarg‘ish, oq-sarg‘ish rangli boTib, uzunligi 20 sm ga, yo‘g ‘onligi 
0,6-2 sm ga teng. Ildizi hidsiz, achchiq, o‘tkir mazasi bor.
Jldizning namligi ! 3%, umumiy kuli 
6%,
10% li xlorid kislotada


yerimaydigan kuli 2%, ichi qoraygan ildiz!ar 3%, asos qismi 
yog‘ochlangan ildizlar 3%, organik aralashmalar 0,5%, mineral 
aralashmalar 1%, uzunligi 1 sm dan kam bo‘lgan ildiz qismi 3% dan 
oshiq bo‘lmasligi lozim. Qirqilgan mahsulot uchun 7 mm dan yirik 
bo‘lgan qismlar 10%, teshigining diametri 1 mm li elakdan o‘tadigan 
qism 10%, mineral aralashmalar 0,5% dan oshib ketmasligi kerak.

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə