Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 136 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/138
tarix28.11.2023
ölçüsü136 Kb.
#133372
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   138
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Dorivor preparatlari. 
Atropin alkaloidining tuzi - atropin 
sulfat, bargidan va yer ustki qismidan quyuq hamda quruq ekstrakt, 
nastoyka tayyorlanadi. Ildiznmg vinoda tayyorlangan qaynatmasi.
Bargi astmaga qarshi ishlatiladigan yig‘ma-kukun (poroshok) 
tarkibiga kiradi.
Bulardan tashqari, belladonna bargi va ildizidan tayyorlangan 
ekstraktlar «korabella» tabletkasi, solutan, bekarbon, besalol, 
bellalgin, bellastezin, bepasal, m e’da kasalligida ishlatiladigan 
tabletkalar, 
«betiol» 
shamchasi, 
«anuzol» 
shamchasi, 
o‘simlik alkaloidlarining yigTndisi esa bellataminai, akliman 
(Chexoslovakiyada ehiqariladi), lenbiren (Ruminiyada ehiqariladi) 
kabi murakkab preparatlar tarkibiga kiradi.
Belladonna o‘simligini o‘stirish texnologiyasi
Belladonna o‘simligi ekiladigan yerlami har tomonlama yaxshi 
o‘rganish kerak. Uning bo‘yi 2 metrga etadigan ko‘p yillik o‘t 
o'simligi hisoblanadi. 0 ‘simlik asosan Krasnodar oTkasi, Poltava 
va Voronej viloyatlarida o ‘stiriladi. Hozirgi kunda 0 ‘zbekistonda 
ham ekilib kelinmoqda. Yerlami tuproqning mexanik tarkibini, 
sho'rlanish dsrajasini va unumdorligini hisobga olgan holda haydash 
maqsadga muvofiq boTadi.
Yerlami sifatli qilib haydalsa, o ‘simlikning ildizini yaxshi 
rivojlanishiga imkoniyat yaratiladi. Belladonna o‘simligini ekishdan
153


oldin kuzda 20-30 tonna organik o‘g ‘it va superfosfat o‘g ‘itini yillik 
normasini 70% ini va suv chuqur joylashgan yerlarda azot o‘g ‘itidan 
20 kg solib, 25-30 sm chuqurlikda haydab qo‘yiladi. Belladonnani 
kuzda yoki erta bahorda ekish mumkin.
U issiqsevar, vegetatsion davri uzun o‘simliklar turkumiga 
kiradi. Erta bahorda yerlar tekislanib begona o‘tlar ildizini terib 
tuproq harorati 20-22°C darajada bo‘lganda ekiladi. 0 ‘simlikning 
urug‘i qattiq bo‘lganligi sababli ekish oldidan 2 oy startifikatsiya 
qilinadi.
Gektariga 8 kg urug‘ sarflanadi. Urug‘ chuqurligi 1,5-2 sm, 
qator oralig‘i 60 sm dan qilib ekiladi. 0 ‘simlikning urug‘i kattiq 
bo‘Iganligi sababli 15-17 kunda unib chiqadi. Belladonna begona 
o ‘tlarga, zararkunandalarga va issiqlikka chidamsiz hisoblanadi. 
Belladonnani o‘sish va rivojlanish davrida, albatta, 2-3 marta begona 
o‘tlar va zararkunandalardan saqlash kerak. 0 ‘simlikni vegetatsiya 
davomida parvarish qilish haydab ekiladiganlardan farq qilmaydi. 
Belladonnani oziqlashtirish shonalash fazasidan oldin gektar 
hisobiga 30 kg azot va 25 kg kaliy o ‘g‘iti berishdan boshlash kerak. 
Uning rivojlanishi ancha tezlashadi.
0 ‘simlikni gullash fazasiga kelib ikkinchi marta gektariga 40 kg 
dan azot va qolgan fosfor o ‘g ‘iti bilan oziqlantiriladi. Belladonna 
issiqqachidanisizvasalqmsevaro‘sim likboiganiuchuno‘g ‘itlashdan 
keyin sug‘orish kerak. Agar vaqtida sug‘orishni amalga oshirilmasa, 
uning barglari kichik va sifatsiz ho‘lib qolishi mumkin. Chunki 
tibbiyotda uning bargi, o‘ti va ildizidan foydalaniladi. Mavsum 
davomida o‘simlikni 8-9 marta sug‘orishni tavsiya qilinadi. Birinchi 
yili o‘sim!ik unib chiqqandan to urug‘i pishguncha 125-130 kun 
o ‘tadi. Belladonnani birinchi yili bargi 2 marta qo‘lda terib olinadi. 
Ikkinchi yildan boshlab uning hosilini 4-5 marta terib olish mumkin 
bo‘ladi. Vegetatsiya davri sovuq tushguncha davom etadi Ikkinchi 
yili birinchi bo‘lib bargi teriladi, keyin o‘ti yig‘iladi. Uchinchi marta 
bargi, kuzda esa o‘ti yig‘iladi. Shunday usulni qo‘llaganda undan 
ko‘proq hosil yig‘ib olish mumkin bo‘ladi. Uning bargi har doim 
gullash oldidan terib olinishi kerak.
154


Y ig‘ilgan barglar tezlik bilan quritiladi. Quritilgan barglar 
gigroskopik xususiyatga ega bo‘lganligi uchun u nam tortmasdan 
yaxshilab taxlab, quruq qoplarda saqlanadi.
Agar agrotexnik tadbirlami yuqori saviyada o ‘tkazilsa, begona 
o ‘tlar va zararkunandalarga qarshi vaqtida kurashilsa, belladonna 
ekiigan maydonlarning gektaridan 15-18 sentner quruq barg 
yetishtirish mumkin.
M ahsulot 

Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə