Toshkent farm atse vtikainstituti


Mahsulotning tashqi ko‘rnishi



Yüklə 243,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/139
tarix28.11.2023
ölçüsü243,18 Kb.
#133326
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   139
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Mahsulotning tashqi ko‘rnishi. 
Tayyor mahsulot 30-40 
sm uzunlikda qirqilgan o‘simlikning yer ustki qismidan (poya, 
barg va gullaridan) iborat. Poyasi to‘rt qirrali, ichi kovak, qizil 
binafsha rangga bo‘yalgan. Bargi to‘q yashil, tukli (oddiy va 
Turkiston arslonquyruqlarining bargi esa tuksiz), poyaning 
pastki qismidagilari tuxumsimon shaklli va yuraksimon asosli
o‘rta qismidagilari panjasimon 5 boTakka qirqilgan, yuqori 
qismidagilami esa cho‘ziq ellipssimon yoki lansetsimon, uch 
bo‘lakli yoki uch bo‘lakka qirqilgan bo‘lib, poyada bandi bilan 
qarama-qarshi joylashgan. Gullari poyaning yuqori qismidagi 
barglari qo‘ltig‘ida halqa shaklida o‘rnashib, boshoqsimon 
to‘pgul hosil qiladi. Gulkosachasi 5 tishli, naychasimon, 
qo‘ng‘iroqsimon, gultojisi ikki labli, pushti yoki pushti- binafsha 
rangli, otaligi 4 ta bo‘lib, shundan yuqoridagi 2 tasi kalta, onalik 
tuguni to‘rt bo‘lakli, yuqoriga joylashgan.
XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 12%, 10% 
li xlorid kislotada yerimaydigan kuli 6%, sarg‘aygan va qo‘ng‘ir 
rangga aylangan barglar 7%, poya bo‘lakchalari 40%, yo‘g‘onligi 
5 mm dan oshiq boTgan poyalar 3%, organik aralashmalar 3% 
hamda mineral aralashmalar 1% dan oshiq bo‘lmasligi kerak.
Butun mahsulot uchun: teshigining diametri 3 mm bo‘!gan 
elakdan o‘tadigan mayda bo‘laklar 10%, qirqilgan mahsulot 
uchun: 7 mm dan oshiq bo‘lgan qismlar 1 7%, teshigining diametri 
0,5 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan qismlar 16% dan oshiq 
bo‘lmasligi lozim. 70% li spirtda yeruvchi ekstrakt moddalar 
miqdori 15% dan kam bo‘lmasligi kerak.
108


Kimyoviy 
tarkibi. 
Arslonquyruq o‘simligining kimyoviy 
tarkibi hali etarli o‘rganilgan emas. Q ‘simlik tarkibida 
flavonoidlar, 2,01-9% gacha oshlovchi moddalar, 0,035-0,4% 
gacha alkaloidlar (o^simlik gullay boshlaganida), 0,05% efir 
moyi, n-qumar kislota, vitamin S, iridoidlar, saponinlar, achchiq, 
qand va boshqa moddalar borligi aniqlangan.
Mahsulotning flavonoidlar yig‘indisidan rutin, kversitrin, 
giperozid, kversetinni 7-glikozidi, kversetin va kvinkvelozid, 
alkaloidlar yig£indisidan leonurinin akaloidi (mevasidan) va 
0,4% gacha staxidrin ajratib olingan.
Ishlatilishi. 
Arslonquyruqning 
dorivor 
preparatlari 
tinchlantiruvchi vosita sifatida (valeriana preparatlaridek) 
gipertoniya, nerv qo‘zgalishi va ba’zi yurak kasalliklari (yurak 
nevrozi, kardioskleroz)ni davolash uchun ishlatiladi.

Yüklə 243,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə