Toshkent farm atse vtikainstituti


Kasallikga qarshi kurashish



Yüklə 243,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/139
tarix28.11.2023
ölçüsü243,18 Kb.
#133326
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   139
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Kasallikga qarshi kurashish. 
Moychechak o ‘simligi 
vegetatsiya davomida barcha madaniy o‘simliklar kabi un 
shudring kasalligi bilan kasallanishi mumkin. Ayniqsa soya yerda 
ekilgan o'sirniiklar tez kasallanadi. Un shudring kasalligini oldini 
olish va davolash maqsadida fungitsidlardan - topas preparatidan 
foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kasailikni oldini 
olish maqsadida 100 litr suvga 25 ml topasni yeritib purkaladi. 
Kasallik belgilari paydo bo‘lganda esa 100 litr suvga 30 ml dan 
preparat yeritilib purkaladi. Profilaktika maqsadida may va iyun 
oyida bir martadan purkalsa, kasallikni davolashda 7-14 kun 
oralig‘ida takrorlab turiladi.
Erdagi ko‘pchilik hasharot lichinkalari va lavlagi uzunburun, 
kolorado qo‘ng‘izi, kanalar va qo‘ng‘izlami yo‘qotish maqsadida 
karate preparatini purkash yoki uning o‘rniga 3 kt/ga xlorofos 
preparatidan ham foydalanish mumkin. Bu xildagi preparatlami 
iloji boricha mart oyi oxiri va aprel oyida o ‘tkazgan m a’qul.
Zamburug‘ kasalliklariga asosan grozan preparati, ayrim 
hollarda un shudring kasalligiga qarshi oltingugurt qo‘llaniladi.
Kasallik va zararli hasharotlarga qarshi kurashning yana 
birdan bir yo‘li almashib ekishni yo‘lga qo‘yish bilan birga 
begona o‘tlarga qarshi kurashishdir.
Mahsulot tayyorlash. 
Mahsulot o‘simlik qiyg‘os gullaganda 
tayyorlanadi. Savatchalardagi gullar gullay boshlaganda tilsimon 
gullar yuqoriga qaragan bo‘lib, to‘liq gullagan davrida gorizontal 
holatga o‘tadi. Gullab bo‘lgandan so‘ng tilsimon gullar pastga 
qarab yo‘naladi. Ayni shu vaqtda naychasimon gullarda meva 
hosil bo‘la boshlaydi. Savatchalardagi gullar qiyg‘os gullagan
l i e


davrda, ya’ni tilsimon gullar gorizontal holatga o‘tgan vaqtida 
savatchalar tarkibida efir moyi eng ko‘p yig‘iladi. Shuning uchun 
mahsulotni shu davrda tayyorlash tavsiya etiladi. Savatchalar 
qo‘l bilan yulib yoki xaltachali maxsus qaychi bilan qirqib, yoki 
xaltali maxsus xokandozga o‘xshagan taroq yordamida yulib 
olinadi. Yig‘ilgan savatchalar aralashmadan tozalangandan so‘ng 
soya yerda yoki quritgichlarda 40 dan oshiq bo‘lmagan haroratda 
quritiladi.

Yüklə 243,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə