oralari yumshatiladi. 0 ‘simlikni gullash fazasida gektar hisobida
50 kg azot va 30 kg kaliy o‘g‘iti berib oziqlantirishni tugatiladi va
uning rivojlanishi yanada tezlashadi. Levzeva o ‘simligi rivojlanish
davrida, ayniqsa gullash fazasida oziqa moddalami ko‘p talab qiladi.
Shularni hisobga olib vegetatsiya davomida 80-90 kg azot, 70-80 kg
fosfor va 50 kg kaliy o‘g ‘iti bilan oziqlantirilsa rivojlantirilgan xom-
ashyoni yig‘ib olish mumkin bo‘ladi.
Maxsarsimon Levzeyani vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirishda
o‘simlik 3 yoshli bo‘lganida har tukini 2-3 qismga bo‘iish y o ii
bilan amalga oshiriladi. Bunda o‘simliklaming yashovchanligi 80-
95 foizni tashkii etishi kerak. Uning mavsum davomidagi parvarishi
yuqori da bayon etilganlardan farq qilmaydi. 0 ‘simlikning barcha
qismi xom-ashyo hisoblanadi. Ildiz tarmoqlari mavsum oxirlarida
tez rivojlanadi. Shuning uchun o‘simlik ildizlari kech kuzda yig‘ib
olinishi kerak.
Dostları ilə paylaş: