190
Nazorat savollari
1.
Olxo’ri gullilar kenja oilsi va ularning vakillari?
2.
Sеldеrguldoshlar oilasiga umumiy xaraktеristika va muhim ahhamiyatga ega bo’lgan
vakillarini ayting?
3.
Dukkaklilar tartibiga umumiy xaraktеristika va ular qaysi oilalarga bo’linadi?
4.
Mimozagullilar oilasiga umumiy xaraktеristika va ularning qaysi vakillarini bilasiz?
5.
Kapalakgullilar oilasiga umumiy xaraktеristika
6.
va ularning asosiy vakillari?
7.
Tsеzalpingullilar oilasiga umumiy xaraktеristika va ularning asosiy vakillarini ayting?
8.
Ituzumdoshlar oilasiga xaraktеristika va asosiy vakillarini ayting?
9.
Yasnotkaguldoshlar oilasiga umumiy xaraktеristika va asosiy vakillari?
10.
Astraguldoshlar oilasiga umumiy xaraktеristika va bu oilaga kiruvchi vakillarini gul
tuzilishini ayting?
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalar ro‘yxati
1.
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” , 2001.-230 c.
2.
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A. Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b.
3.
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A., Samatova SH. O‘simliklar sistematikasidan
amaliy mashg‘ulotlar. – T.: “YUNAKS-PRINT” MCHJ bosmaxonasi, 2007.- 127 b.
4.
Ahmedov O‘.A., Yulchieva M.T. Botanika fanidan elaktron darslik.-T.: 2008.
5.
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published
by forgotten books, 2013. –
6.
V. Ch. Evans Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg, London Nyu– York,
Filadelfiya, Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009.
7.
Hamidov A., Nabiev M.M. “O‘zbekiston o‘simliklarini aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b.
8.
Василев A.E. “Морфология, анатомия растений”. – M.: Изд-вo “ Высшая школа
”, 1988. -435 c.
9.
Xolmatov X.X., Karimova S.U., Ahmedov O‘.A. va boshqalar. Dorivor
o‘simliklarning lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug‘ati.-T.:
X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2004. – 239 b.
10.
Berezovskaya T.P., Dmitruk S.E., Grishinna e.I., Belousov M.V. Osnovы
farmatsevticheskoy botaniki. – Tomsk: Pechatnaya manifaktura, 2004.-294 s.
11.
Xolmatov X.X., Ahmedov O‘. A. Farmakognoziya. 1-2 qism. – T.: “Ibn Sino”
nashiryoti, 2007.- 806 b.
Mа’ruzа № 17
mirtadoshlar, jo‘kadoshlar oilasi. Bir pаllаlilаr sinfi. Lоlаdоshlаr, piyozdоshlаr
qiyokdоshlаr vа g’аllаdоshlаr оilаlаri.
Mа’ruzаning mаqsаdi:
Mirtadoshlar va jo‘kadoshlar oilasining umumiy tasnifi, tuzilishi, vakillari, tibbiyotdagi
va xo‘jalikdagi ahamiyati. Bir pаllаlilаr sinifigа qisqаchа tаsnif. Lоlаdоshlаr, piyozdоshlаr,
qiyoqdоshlаr vа g’аllаdоshlаr оilаlаrigа tаsnif vа ulаrning аsоsiy vаkillаri to’g’risidа
Rеjа:
191
1.
Mirtadoshlar. Jo‘kadoshlar oilasining umumiy xarakteristika
2.
Bir pallalilar sinfiga qisqacha tasnif.
3.
Loladoshlar oilasiga tasnif.
4.
Greyg lolasi, daraxtsimon aloy
5.
Piyozdoshlar oilasiga tasnif.
6.
Sarimsoq piyozi
7.
May marvaridguli
8.
Dorivor sarsabil
9.
Qiyokdoshlar oilasiga tasnif.
10.
G’alladoshlar oilasiga tasnif.
10.
Makkajo’xori o’simligi
11.
Suli o’simligi
Tayanch iboralar: mirtadoshlar oilasi, mirta, evkalipt o‘simliklari.jo‘kadoshlar oilasi,
yuraksimon jo‘ka Lolaguldoshlar oilasi: kaufman shirachi, olcha shirachi, sariq savrinjon,
grеy lolasi, Farg’ona lolasi, kaufman lolasi.Piyozguldoshlar oilasi: oddiy piyoz. sarimsoq
piyoz, aptеka sarsabili.
Bardidoshlar oilasi: qum rangi, iloq, tuganakli salomalaykum.
G’alladoshlar
oilasi:
bambuksimonlar,
tariqsimonlar,
qo’ng’irboshsimonlar.Bambuksimonlar
oilasi:
bambuk,
saza,
arundinariya,
filostaxis.Tariqsimondoshlar oilasi: ekiladigan makkajo’xori, oddiy jo’xori, oq jo’xori,
g’umoy, shakarqamish, ekiladigan sholi.
Mirtadoshlar Myrtaseae- oilasi. Bu oilaga kiradigan o‘simliklar daraxt vabutalar xolida
bo‘lib, qarama-qarshi joylashgan.yonbargsiz barglar chiqoradi. To‘qimalarida doimo efir moy
chiqoradigan dumaloq lizigen bezchalari bo‘ladi. Gullarida turtta yeki beshta kosacha barglar
va shuncha gulbargalaridan keyin bir talay otaliklari keladi. Ular bir-birlariga qo‘shilib turadi.
Tugunchasi bir yeki ko‘p uyali bo‘lib, qadaqsimon gulo‘rniga otib turadi, ko‘pincha pastki
bo‘ladi. Mevalari har xil shirali rezavor, danakli, quruq (ko‘sakcha,pista).
Mirtalar oilasiga 3000 yaqin tur kiradi. Ularning ko‘pchiligi tropik zonalarida o‘sadi.
Shirali meva qiladigan vakillaridan mirtani Myrtus communis aytib utish mumkin. Mirta O‘rta
dengiz bo‘ylarida o‘sadi va janubda manzarali o‘simlik sifatida ekiladi. Doim yashil turadigan
bu buta qarama qarshi joylagan bargalar va uncha uzun gul bandida turadigan juda xush buy
gullarni chiqoradi. Qora va shirali bo‘ladigan mevasi ham xushbuy xidga ega. Ba’zi mirtlar
mevasini iste’mol qilsa bo‘ladi. Bu oilaga kiruvchi yana bir vakil evkaliptlar kenja oilasini o‘z
ichiga oladi. Evkaliptlar asosan Avstraliyada o‘sadi va qisman boshqa joylarda ham o‘sadi.
Bular xilma xil o‘simliklar orasida o‘sadigan daraxt va butalar bo‘lib, ko‘pincha katta
maydonlarda asosiy o‘rinni egallaydi. Masalan Avstraliyaning janubida o‘rmon bo‘lib
o‘sadigan Evcalyptus amygdalina shu jumladandir. Bu juda balan bo‘yli daraxt. Barglarida
mumg‘ubor borgligidan kulrang tusda bo‘ladi. Yesh daraxtlarda barglar odatda serbarg bo‘lib,
qarama-qarshi joy oladi. Hamda gorizantal tekislikda keng tortadi., bir muncha qariroq
daraxtlarda esa barglar boshqacha shaklga kirib (geterofiliya)xodisasiga yaxshi misob bula
oladi. Barg uchi qayrilgan qilichga o‘xshab qoladi. Barg plastinkasi esa vertikal joylashadi bu
esa suvni ortiqcha bo‘g‘lanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Evkalipt barglarida efir moylari bo‘lib, ular
parfyumeriya sanoatida va texnikada ishlatiladi.
27
Jo‘kadoshlar (Tilliaceae) oilasi. Bu oilaga kiradigan o‘simliklar daraxtlar, butalar, ba’zan
o‘tlar xolida o‘sadi va oddiy, yaxlit yoki bo‘laklarga bo‘lingan barglar chiqaradi. Barglarida
1.
27
V. Ch. Evans Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg, London Nyu– York,
Filadelfiya, Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009.
Dostları ilə paylaş: |