57
HUJAYRA PO‘STI.
Hujayra po‘sti hujayraga shakl beradi va ikkinchi bir hujayradan ajratib turadi.
Hujayra po‘stini hujayraning tirik qismi bo‘lgan protoplast ishlab chiqaradi.
SHuning
uchun ham hujayra po‘sti ichki tomondan o‘sib qalinlashadi.
Tabiatda uchraydigan tuban o‘simliklardan xivchinlilar, zamburug‘larning sodda
tuzilgan vakillari va ayrim suv o‘tlarda hujayra po‘sti bo‘lmaydi. Bunday hujayralarning
protoplasti tashqi tomondan yupqa elastic qatlam – plazmatika pardsi bilan chegaralanadi.
Hujayra po‘sti protoplastning hayotiy jarayonida hosil bo‘ladi. Hujayra po‘sti juda pishiq
bo‘lsa ham hujayraning o‘sishiga va cho‘zilishiga xalaqit bermaydi. CHunki ularning
tuzilishi va ximiyaviy tarkibi shunga moslashgan.
O‘simlik hujayra po‘sti, ayniqsa yosh hujayralarning po‘sti sellyuloza (kletchatka)
deb ataladigan organik moddadan tashkil topgan. Kletchatka (sellyuloza) karbon
suvlarining uchinchi gruppasiga kiruvchi polisaxaridlardan tashkil topgan. Formulasi (
C
6
H
10
O
5
)
n
. Sellyuloza suvda erimaydi, bo‘kadi va shishadi. Sellyuloza
sitoza deb atalgan
ferment ta’sirida shakarga aylanadi. Sellyuloza misol qilib paxtani olish mumkin.
Paxtaning 90% i sellyulozadan tashkil topgan. Sellyulozadan qog‘oz, portlovchi moddalar,
suniy shoyi, kino plyonka, sinmaydigan oyna va boshqalar olinadi. Ba’zi bir
o‘simliklarning hujayra po‘stida yarim kletchatka bo‘ladi. Gemisellyuloza ham karbon
suvlariga kiradi. Gemisellyuloza zapas oziq modda sifatida piyozda, kofe urug‘ida
uchratish mumkin. Urug‘larning unib chiqish davrida sellyuloza va gemisellyuloza oziq
modda sifatida embrionning o‘sib chiqishiga sarf bo‘ladi. Ba’zi bir o‘simliklarning
hujayra po‘stida pektin deb ataladigan modda bo‘ladi. Pektin zapas oziq modda
sifatida, olmada, qovunda lavlagi ildiz mevasida bo‘ladi.
Hujayraning po‘sti o‘z hayotida bir qancha o‘zgarishlarga uchraydi. Ba’zi bir
o‘simliklarning hujayra po‘sti probkalanadi, ba’zi
birlari shilimshiqlanadi, ba’zi birlari esa
mineral moddalar bilan to‘yinadi.
Agar hujayra po‘sti lignin deb ataladigan modda bilan to‘yinsa hujayra po‘sti
yog‘ochlanadi. Yog‘ochlangan hujayra o‘zidan suvni va havoni yaxshi o‘tkazmaydi.
SHuning uchun ham yog‘ochlangan hujayra o‘lik bo‘ladi. O‘tkazuvchi to‘qimaning suv
naylari , traxeidlari, mexanik to‘qima hujayralari lignin moddasi bilan sug‘orilgan bo‘ladi.
Suv naylari orqali suv erigan xoldagi mineral moddalar pastdan yuqoriga, ya’ni ildizdan
poyaga, poya orqali bargga boradi, mexanik to‘qimalar esa o‘simlikka qattiqlik berib
turadi. Demak, o‘simlik hujayrasi o‘lik bo‘lsa ham har xil vazifalarni bajarib turadi.
Lignin tarkibida karbonning miqdori kletchatkaga nisbatan yuqori bo‘ladi. Maslan,
kletchatkada 44% karbon suvi bo‘lsa, ligninda esa 60% bo‘ladi. SHuning uchun ham
lignin yoquv ashyosidir. Kletchatkaga nisbatan lignin qizil rangga kiradi. Floroglyutsin
eritmasi va konsentrlangan xlorid kislota ta’sir ettirilsa liginin qizil rangga bo‘yaladi.
Lignin safranin deb ataladigan bo‘yoqda qizil rangga bo‘yaladi.
Kletchatka xlor zink-yod eritmasi ta’sirida xiraroq binafsha rangga
bo‘yaladi. O‘simliklarning ba’zi hujayralari suberin deb ataladigan modda bilan
sug‘orilib probkalanadi. Probkalangan hujayra o‘zidan suvni va havoni mutlaqo
o‘tkazmaydi. Bu hujayraning ichi havo bilan to‘lgan bo‘ladi. Probkalangan hujayra
o‘simliklarning tashqi qismida bo‘ladi. Masalan, kartoshka tugunagining ustki qismida,
daraxtlarning poyasi va shoxlarida.
Probka (po‘kak) asosan dub daraxtidan olinadi. Boshqa o‘simliklarda esa
hujayrada suberinning miqdori kam bo‘ladi. Probka olinadigan dub daraxti Qrim va
Kavkazda uchraydi.
58
Probka o‘simliklarning tashqi sharoitlaridan, ya’ni issiqdan, sovuqdan va
mikroorganizmlardan saqlab turadi. Probka somolyotsozlikda, xolodilnik ishlab
chiqarishda va boshqa sohalarda keng miqyosda ishlatiladi. CHunki, probka issiqlikni
o‘tkazmaydi.
Suberin moddasi Sudan-3 eritmasi ta’sirida pushti rangga bo‘yaladi.
Ba’zi
bir o‘simliklarning hujayra po‘sti, ayniqsa o‘t o‘simliklarning hujayra po‘sti
kutin
drb ataladigan yog‘simon modda bilan qoplangan. Kutin moddasini hujayraning
protoplasti ishlab chiqaradi. Kutin ham o‘zidan suvni va havoni o‘tkazmaydi. Kutin
bargning tashqi tomonidan qoplangan bo‘lib kutikula qavati qalin bo‘ladi. O‘rta iqlimda
yashaydigan o‘simliklarda esa kutikula qavati yupqa bo‘ladi. Ba’zi bir o‘simliklarni
qurg‘oqchilikdan saqlaydi. SHilimshiq modda ayniqsa suv o‘tlarida bo‘ladi. Gullaydigan
o‘simliklardan bexi va zig‘irning urug‘ida ham shilimshiq moddalar bor.
Ba’zi bir o‘simliklarning hujayra po‘sti
xitin moddasi bilan sug‘orilgan. Xitin
bu azotli birikma bo‘lib,
zamburug‘larning va bakteriyalarining po‘stida bo‘ladi.
Formulasi C
18
H
13
O
5
. Xitin moddasi yod ishtirokida qo‘ng‘ir rangga bo‘yaladi. Ba’zi
bir o‘simliklarning hujayra po‘sti mineral moddalar bilan sug‘orilgan bo‘ladi.
Mineral moddalar bilan sug‘orilgan o‘simliklarga
misol qilib, diatom suv o‘tlari
va kiyiko‘t, qirqbo‘g‘im o‘simliklarida ko‘rish mumkin. Ba’zi bir o‘simliklarning, ayniqsa
daraxtlarning poyasida shilimshiq modda oqib chiqadi. Bu modda tashqariga chiqqandan
so‘ng qotib qoladi. Qotib qolgan moddani elim deyiladi. O‘rik elimi farmatsevtika
praktikasida emulsiya tayyorlashda ishlatiladi.
Hujayra po‘sti ichki tomondan qalinlashadi. Uning ichida qalinlashib qolgan
joyi ham bo‘ladi. Bu qalinlashib qolgan joyini teshik deyiladi. Hujayralar bir – birlari
bilan shu teshiklar orqali aloqada bo‘ladi. Ya’ni shu teshiklar orqali bir-birlariga oziq
moddalar o‘tib turadi. Bu teshiklardan plazma iplari o‘tgan bo‘ladi.
Shunday qilib, yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turubdiki, hujayra tarkibi va
po‘sti murakkab organic va anorganik birikmalardan tashkil topgan. SHu bilan birga
o‘simliklar va hayvon hujayrasi bir-biridan farq qiladi, shu bilan birga o‘simlik
organlaridagi hujayralar ham bir-biriga o‘xshamaydi. Bu haqda to‘qimalar mavzusida
batafsil to‘xtaymiz.
Shakli jixatdan o‘xshash bo‘lib, ma’lum bir yoki bir necha vazifani bajaradigan hujayralar
gruppasiga (to‘plamiga) to‘qima deyiladi. To‘qimalar ularni hosil qilgan hujayralarning
shakliga qarab parenxima hujayralaridan tashkil topgan parenximatik to‘qimalar va prozenxima
hujayralaridan tashkil topgan prozenximatik to‘qimalarga bo‘linadi.
Po‘stlari bir-biriga zich taqalgan hujayralardan iborat to‘qma zich to‘qima deyiladi,
hujayra orqali yaxshi taraqqiy etgan to‘qima g‘ovak to‘qima deyiladi. To‘qima hosil qiluvchi
hujayralar po‘stlarining kimyoviy tarkibiga qarab yog‘ochlashgan, po‘kaklashgan va x.k. deb
ta’riflanadi. Xujayra po‘stlarining qalinligiga qarab qalin devorli yoki yupqa devorli to‘qima
deyiladi. Bulardan tashqari tirik va o‘lik hujayralardan tuzilgan to‘qimalar mavjud. To‘qimalar
kelib chiqishi jixatidan 2 gruppaga: 1) embrional va 2) Doimiy to‘qimalarga bo‘linadi: ular
birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Embrional to‘qima o‘zida boshqa hujayralari bo‘linib yana
yangi hujayralarni hosil qiladi.
Rus botaniklari akademiklar Borodin, Paladin, professorlar Ivanov, Aleksandrov va
Rozdorskiylar to‘qimalarning bajaradigan vazifalariga binoan, ya’ni fiziologik xususiyatiga
asoslanib to‘qimalarni 5 gruppaga bo‘lishdi.
1. Embrional (tuzuvchi,
tashkil etuvchi, yaratuvchi meristema).
2. Qoplovchi to‘qima (pokrovnaya tkan)
3. Mexanik to‘qima (mexanicheskaya tkan)
4. O‘tkazuvchi to‘qima (provodyashaya tkan)
5. Asosiy negiz to‘qima (osnovnaya tkan).
6. Hosil qiluvchi to‘qimalar (Obrazovatelniy tkan).