107
a) embrion qism- bunda embrion ona o‘simlikda hosil bo‘lib saqlanib turadi; b)tinchlik
qismida o‘simlik urug‘i hosil bo‘lgandan to unishigacha bo‘lgan muddat.
2.YOshlik davri- bu o‘simlik urug‘i ungandan to gul organlari hosil bo‘lguncha bo‘lgan
davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr turli o‘simliklarda turlicha vaqt oralig‘ida o‘tadi. Masalan:
qisqa muddatli efemer o‘simlikda bir necha kun bo‘lsa, ayrim o‘simliklarda bir necha oy va
hatto bir necha yilgacha davom etadi. Masalan: rediskada. Bularda o‘simlik ildizmevasi
etilgandan so‘ng uni olib boshqa erga eksak yoki shu joyda turgan holda parvarish qilsak,
o‘simlik poyasida gul hosil qiluvchi belgilar sodir bo‘ladi. Sabzi, sholg‘om, turp o‘simliklarida
esa ikkinchi yili gullash alomati kuzatiladi. SHuning uchun ular ikki yillik o‘t o‘simliklardar.
Daraxtli o‘simliklarda yoki ba’zi ko‘p yillik o‘simliklarda gullaguncha bo‘ladigan davr bir
necha yilni tashkil etadi. Bu davrda o‘simlikning tez o‘sishi yoki ba’zi o‘simlikda vegetativ
yo‘llar bilan ko‘payishi kuzatilgan.
3. Etuklik davri - bu davr o‘simlikda gul organlarining hosil bo‘lishi va otalanguncha
bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr ham turli o‘simliklarda turlicha vaqtda o‘tadi.
4.Changlangandan to urug‘ining to‘liq pishgunicha bo‘lgan davr.
Qarish davri hisoblanib,
bunda o‘simlik o‘sishi bir muncha sekinrok, boradi. Gullash ancha sust boradi yoki gullamaydi
ham.
O‘simliklarda gullash turlicha bo‘ladi. Masalan: ba’zi o‘simliklar har yili gullab, har yili
meva beradi, ba’zilari esa hayoti davomida bir marta gullab qurib ketadi. Masalan: sholg‘om,
turp, sabzi, rediska o‘simliklari o‘z hayoti davomida bir marta gullaydi. Bu xildagi o‘simlikni
monokarp o‘simlik deyiladi.
O‘t o‘simlikdan qulupnay, qo‘ypechak, g‘umay va boshqalar, ko‘pchilik buta va chala
butalar, daraxtlar har yili gullaydi va meva beradi. Bunday o‘simlikni
polikarp o‘simlik
deyiladi
O‘simlik organlarida o‘sish protsessi.
O‘sish - o‘simlik hayotining aniq ifodalangan xususiyatlaridan biridir. U o‘simlik
organizmining ma’lum darajagacha kattalashishidan iborat bo‘lib, hujayra va
to‘qimalarda sodir bo‘ladigan ichki protsess va o‘zgarishlarga hamda tashqi sharoitga bog‘liq.
O‘sish protsessida o‘simlik hujayralarining soni va o‘lchami ortishi bilan yangi organlar va
yangi elementlar hosil bo‘ladi. O‘sish hujayralarning ko‘payishi va o‘simliklar tarkibidagi
moddalarning qayta taqsimlanishiga ham bo‘gliq. O‘sish tashqaridan qaraganda juda sekin
borayotganga o‘xshaydi. O‘suvchi o‘simlik o‘z tanasini rostlab ildiz sistemasi tuproqda
mahkam o‘rnashadi, poya o‘zida shox-shabbalarni tutib turadi, ayrim o‘simliklarda ilashuvchi,
chirmashuvchi organlar orqali poya mustahkamlanadi. O‘sish protsessini oddiy protsess deb
bo‘lmaydi, chunki bunda o‘simlik o‘z organlari shaklini faqat yiriklashtirib
qolmasdan u o‘z formasini ham o‘zgartirishi mumkin. Masalan: bir o‘simlikda bir xildagi barg
hosil bo‘lmasdan ular turlicha shaklda bo‘lishi mumkin. Ayrim o‘simlikda shakli o‘zgargan
barglar yoki poyalar hosil bo‘ladi. O‘sish protsessida hujayralarning muttasil bo‘linishi va shu
bilan
birga
bu
hujayralarning
cho‘zilishi,
yiriklashishi
ko‘zda
tutiladi.
Bu
protsess o‘simlik ildiz uchlarida va poyaning uchki meris- temasida sodir bo‘ladi. O‘simlik
organlarining o‘sishida oziq moddalarning, yorug‘likning etarli bo‘lishi va shu bilan birga
o‘sishga salbiy ta’sir qiluvchi faktorlar: havoning qattiq isib ketishi yoki sovib ketishi, qattiq
shamol va hokazolar juda katta ahamiyatga ega. O‘simlik o‘sishiga ta’sir etuvchi faktorlar
e
kologik faktorlar deb ataladi.
Temperatura. Temperatura ham asosiy faktorlardan hisoblanadi. Har bir o‘simlik
ma’lum issiq yoki sovuq temperaturada unib chiqadi. Ekiladigan o‘simliklarni unib chiqishi
tuproq temperaturasiga bog‘liq. Masalan: makkajo‘xori erta bahorda ekiladi va tuproq
temperaturasi 10° atrofida bo‘lganda unib chiqadi. CHigit esa kechroq ekiladi, chunki u 12°-
14° temperaturani talab qiladi. Demak, o‘simliklar ma’lum temperaturada unib chiqadi. Buni