Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   139

107 
 
a)  embrion  qism-  bunda  embrion  ona  o‘simlikda  hosil  bo‘lib  saqlanib  turadi;  b)tinchlik 
qismida o‘simlik urug‘i hosil bo‘lgandan to unishigacha bo‘lgan muddat. 
2.YOshlik davri- bu o‘simlik urug‘i ungandan to gul organlari hosil bo‘lguncha bo‘lgan 
davrni  o‘z  ichiga  oladi.  Bu  davr  turli  o‘simliklarda  turlicha  vaqt  oralig‘ida  o‘tadi.  Masalan: 
qisqa  muddatli  efemer  o‘simlikda  bir  necha  kun  bo‘lsa,  ayrim  o‘simliklarda  bir  necha  oy  va 
hatto  bir  necha  yilgacha  davom  etadi.  Masalan:  rediskada.  Bularda  o‘simlik  ildizmevasi 
etilgandan  so‘ng  uni  olib  boshqa  erga  eksak  yoki  shu  joyda  turgan  holda  parvarish  qilsak, 
o‘simlik poyasida gul hosil qiluvchi belgilar sodir bo‘ladi. Sabzi, sholg‘om, turp o‘simliklarida 
esa ikkinchi  yili gullash alomati kuzatiladi. SHuning uchun ular ikki yillik o‘t o‘simliklardar. 
Daraxtli  o‘simliklarda  yoki  ba’zi  ko‘p  yillik  o‘simliklarda  gullaguncha  bo‘ladigan  davr  bir 
necha  yilni  tashkil  etadi.  Bu  davrda  o‘simlikning  tez  o‘sishi  yoki  ba’zi  o‘simlikda  vegetativ 
yo‘llar bilan ko‘payishi kuzatilgan.  
3.  Etuklik  davri  -  bu  davr  o‘simlikda  gul  organlarining  hosil  bo‘lishi  va  otalanguncha 
bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr ham turli o‘simliklarda turlicha vaqtda o‘tadi. 
4.Changlangandan to urug‘ining to‘liq pishgunicha bo‘lgan davr. Qarish davri hisoblanib
bunda o‘simlik o‘sishi bir muncha sekinrok, boradi. Gullash ancha sust boradi yoki gullamaydi 
ham. 
O‘simliklarda gullash turlicha bo‘ladi. Masalan: ba’zi o‘simliklar har yili gullab, har yili 
meva beradi, ba’zilari esa hayoti davomida bir marta gullab qurib ketadi. Masalan: sholg‘om, 
turp, sabzi, rediska o‘simliklari o‘z hayoti davomida bir marta gullaydi. Bu xildagi o‘simlikni 
monokarp o‘simlik deyiladi. 
O‘t  o‘simlikdan  qulupnay,  qo‘ypechak,  g‘umay  va  boshqalar,  ko‘pchilik  buta  va  chala 
butalar,  daraxtlar  har  yili  gullaydi  va  meva  beradi.  Bunday  o‘simlikni  polikarp  o‘simlik 
deyiladi  
 
O‘simlik organlarida o‘sish protsessi. 
 
 O‘sish  -  o‘simlik  hayotining  aniq  ifodalangan  xususiyatlaridan  biridir.  U  o‘simlik 
organizmining  ma’lum  darajagacha  kattalashishidan  iborat  bo‘lib,  hujayra  va 
to‘qimalarda sodir bo‘ladigan ichki protsess va o‘zgarishlarga hamda tashqi sharoitga bog‘liq. 
O‘sish  protsessida  o‘simlik  hujayralarining  soni  va  o‘lchami  ortishi  bilan  yangi  organlar  va 
yangi  elementlar  hosil  bo‘ladi.  O‘sish  hujayralarning  ko‘payishi  va  o‘simliklar  tarkibidagi 
moddalarning  qayta  taqsimlanishiga  ham  bo‘gliq.  O‘sish  tashqaridan  qaraganda  juda  sekin 
borayotganga  o‘xshaydi.  O‘suvchi  o‘simlik  o‘z  tanasini  rostlab  ildiz  sistemasi  tuproqda 
mahkam o‘rnashadi, poya o‘zida shox-shabbalarni tutib turadi, ayrim o‘simliklarda ilashuvchi, 
chirmashuvchi  organlar  orqali  poya  mustahkamlanadi.  O‘sish  protsessini  oddiy  protsess  deb 
bo‘lmaydi,  chunki  bunda  o‘simlik  o‘z  organlari  shaklini  faqat  yiriklashtirib 
qolmasdan u o‘z formasini ham o‘zgartirishi mumkin. Masalan: bir o‘simlikda bir xildagi barg 
hosil  bo‘lmasdan  ular  turlicha  shaklda  bo‘lishi  mumkin.  Ayrim  o‘simlikda  shakli  o‘zgargan 
barglar yoki poyalar hosil bo‘ladi. O‘sish protsessida hujayralarning muttasil bo‘linishi va shu 
bilan 
birga 
bu 
hujayralarning 
cho‘zilishi, 
yiriklashishi 
ko‘zda 
tutiladi. 
Bu 
protsess  o‘simlik  ildiz  uchlarida  va  poyaning  uchki  meris-  temasida  sodir  bo‘ladi.  O‘simlik 
organlarining  o‘sishida  oziq  moddalarning,  yorug‘likning  etarli  bo‘lishi  va  shu  bilan  birga 
o‘sishga salbiy ta’sir qiluvchi  faktorlar: havoning qattiq  isib ketishi  yoki  sovib ketishi, qattiq 
shamol  va  hokazolar  juda  katta  ahamiyatga  ega.  O‘simlik  o‘sishiga  ta’sir  etuvchi  faktorlar 
ekologik faktorlar deb ataladi. 
      Temperatura.  Temperatura  ham  asosiy  faktorlardan  hisoblanadi.  Har  bir  o‘simlik 
ma’lum  issiq  yoki  sovuq  temperaturada  unib  chiqadi.  Ekiladigan  o‘simliklarni  unib  chiqishi 
tuproq  temperaturasiga  bog‘liq.  Masalan:  makkajo‘xori  erta  bahorda  ekiladi  va  tuproq 
temperaturasi 10° atrofida bo‘lganda unib chiqadi. CHigit esa kechroq ekiladi, chunki u 12°-
14° temperaturani talab qiladi. Demak, o‘simliklar ma’lum temperaturada  unib chiqadi. Buni 


108 
 
optimal  temperatura  deb  ataladi.  Ayrim  begona  o‘tlar  anchagina  past  temperaturada  o‘sishga 
moslashgan. 
        Namlik (suv). O‘suvchi o‘simlik urug‘i temperatura bo‘lgani bilan namlik bo‘lmasa 
u  unib  chiqmaydi.  Urug‘  o‘ziga  suvni  shimib  oladi  va  bo‘kadi.  Bunda  urug‘ning  hajmi  va 
og‘irligi  ortadi.  Urug‘  o‘z  og‘irligiga  nisbatan  bir  necha  barobar  og‘irlikdagi  suvni  shimib 
olishi  mumkin.  Suv  o‘simlik  urug‘iga  kirgandan  so‘ng  u  erda  fiziologik  protsesslar  ketadi. 
Urug‘dagi  kraxmal  parchalanadi.  Urug‘dagi  ildizcha  va  bargchalar  o‘sa  boshlaydi.  Ayrim 
o‘simliklar  suvda  o‘sadi,  ular  gidrofitlar  deyiladi.  Masalan.,  nimfa  -  nilufar  yoki  kuvshinka. 
Namlikni  yaxshi  ko‘ruvchi  o‘simliklar  mezofitlar  deyiladi.  Ular  asosan  togda  o‘suvchi 
o‘simliklar.  Qurukda  issiqni  yaxshi  ko‘ruvchi  o‘simliklar  hayoti  davomida  suv  tanqisligiga 
bardosh beradi. Masalan, yantoq.                     
        Yorug‘lik.  O‘sayotgan  o‘simlikka  yorug‘likni  normal  tushib  turishi  juda  katta 
ahamiyatga ega. Aks holda unib kelayotgan o‘simlik o‘sishdan to‘xtaydi. YOrug‘lik natijasida 
o‘simlikda fotosintez protsessi ketadi va asta-sekin o‘simlik avtotrof oziqlanishga o‘tadi. 
  SHuni  ham  aytib  o‘tish  kerakki  o‘simliklarni  yorug‘likka  bo‘lgan  talabi  turli  xildagi 
o‘simliklarda  turlicha  bo‘ladi.  Agar  o‘simlik  uchun  yorug‘lik  etarli  bo‘lmasa  bargda 
ustunsimon  hujayralar  yaxshi  taraqqiy  etmaydi,  poyada  mexanik  to‘qimalar  ham  yaxshi 
taraqqiy etmaydi.  Masalan:  qamish,  zich ekilgan makkajo‘xori  yoki  g‘o‘za o‘simliklari  o‘zini 
tik  tuta  olmasdan  tez  yiqilib  yotib  qoladi.  Bulardan  tashqari  g‘uza  o‘simligi  o‘sish  davrida  
yorug‘lik  yuqori    bo‘lgan  uzun  kunlarni  talab  qiladi.  YOzning  o‘rtalarida  bizning  iqlimda 
kunduz kuni uzoq bo‘ladi. SHuning hisobiga tez o‘sadi va shonalab gullashga o‘tadi. 
        SHamol.  Bu  factor  ham  o‘simliklarni  o‘sishi  uchun  katta  ahamiyatga  ega.  Ma’lum 
darajada  shamol  bo‘lib  turishi  o‘simlikni  havo  olishiga  va  shu  bilan  birga  suv  parlatishiga 
yordam  beradi.  Masalan:  4  tomoni  devor  bilan  o‘ralgan  tor  joylarda  mevali  va  mevasiz 
daraxtlar  yuqoridagi  faktorlar  etarli  bo‘lsa  ham  yaxshi  o‘smaydi  va  yaxshi  shoxlanmaydi. 
Mutassil shamol bo‘lishi ham o‘simlikka salbiy ta’sir etadi. Bunda shoxlar sinishi mumkin. 
O‘simlik organlarining o‘sish yo‘nalishlariga tropizm deyiladi. 
    
Geotropizm. O‘simliklarda ildizning doimo vertikal er ostiga kirib borishiga geotropizm 
deyiladi.  O‘q  ildiz  doimo  er  ostiga  qarab  kirib  boradi.  Geotropizmga  salbiy  ta’sir  etuvchi 
omillar past temperatura, oziq moddalarning tuproqda etishmasligi, namlikning etishmasligi va 
boshqalar. 
Fototropizm.  O‘simliklar  doimo  yorug‘likka  intiladi.  YUksak  o‘simliklarning  poyasi 
qorong‘ilikdan qochib  yorug‘likka tomon harakatlanadi. Bu hodisaga fototropizm deb ataladi. 
Bunda o‘simlik yorug‘lik energiyasidan to‘liq foydalanadi. YOrug‘lik tushib turuvchi tomonda 
o‘simlik organlari shoxlanadi va barglar hosil bo‘ladi. Oftob tik tushgan tomonda mevalar ham 
chiroyli bo‘lib pishadi. Masalan: uzum, olma, nok va boshqalar. 
Xemotropizm.  Kimyoviy  birikmalar  o‘simlikning  bir  tomonlama  harakatlanishiga 
yordam beradi. Bunda ayniqsa ildizlar qaerda oziq modda ko‘proq bo‘lsa, shu tomonga qarab 
harakatlanadi. 
Gidrotropizm. Bunda o‘simlik ildizlarining suvga yoki namlikka qarab o‘sishi kuzatiladi. 
Magnitropizm.  Bunda  o‘simliklar  tuproqda  ma’lum  metallar  ko‘p  bo‘lgandagina  o‘sishi 
va  shu  joyni  egallab  olishi  kuzatilgan.  SHunga  qarab  turib  er  ostidagi  ma’danlar  -  rudalar 
topilmoqda.  Masalan,  artemiziyalar-shuvoqlarning  ba’zi  turlari  tuproqda  oltin  elementi  ko‘p 
erlarda keng tarqalgan. Ba’zi o‘simliklar sho‘r tuproqlarda keng tarqalgan. Bunda tuproqda K, 
Mg  elementlari  tuzlari  ko‘proq  protsentda  bo‘ladi.  Bunday  ‘osimliklarni  gallofit  o‘simliklar 
deyiladi. 
Yorug‘likning  davriyligi.  1920-yilda  Amerika  olimi  Garner  va  Allar  o‘simlik  gullarini 
yorug‘likka  bog‘liqigini  aniqladilar.  Ular  tamaki,soya  va  xrizantema  o‘simliklarini  yorug‘ik 
uzoq muddat tushuvchi kunlarda gullash protsessi bo‘lmasligini aniqladilar. Agarda qorong‘ilik 
bilan almashtirilganda ularning gullashi kuzatiladi. 
O‘simlikda rivojlanishning kun va tunga bog‘liqligini yorug‘likning davriyligi deb nomladilar. 
Qisqa  qilib  aytganda  kun  bilan  tunning  almashinishi  o‘simlikning  o‘sishi  va  rivojlanishiga 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə