Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   139

111 
 
Tayanch iboralar: Tuban o‘simliklarning umumiy hususiyati. Suv o‘tlarining tuzilishi, 
nomlanishi,  pigmentlari.  O‘simliklarning  kelib  chi?ishi.  Bakteriyalar,  haqiqiy  suv  o‘tlari  va 
yuksak  o‘simliklar.  qizil  va  haqiqiy  suv  o‘tlari.  Suv  o‘tlarining  asosiy  sinflari:  qizil,  diatom, 
qo‘ng‘ir,  yashil  suv  o‘tlari.  Suv  o‘tlarining  kelib  chiqishi,  tanalarining  tuzilishi,  turlari  va 
evolyutsiyasi. Xloroplast va perenoid xususiyatlari. Evolyutsiyada jinsli jarayonning turlari.
 
 
 
O‘SIMLIKLAR SISTEMATIKASI 
 
     Sistematika  bu  o‘simliklarni  tuzilishi  jixatidan  bir-biriga  yaqinligini  aniqlab,  gruppaga  
ajratadi. o‘simliklar  er yuzida eramizdan 1700 yil ilgari paydo bo‘lgan. Er   yuzida   500.000  
xil    o‘simlik    bor.  Yovvoyi  o‘simliklarning      turi      350000,  shulardan    200.000        gulli  
o‘simliklar, 150.000  gullamay-digan sporali o‘simliklar. MDX florasida 18.000 xil  o‘simlik  
borligi  aniqlandi. o‘simliklarga ayniqsa Kavkaz va o‘rta Osiyo boydir. o‘rta Osiyo va Kavkaz 
florasida  7000  o‘simlik    turi    uchraydi.  Botanikaning    sistematika    va  morfologiya  qismi 
qadimgi  zamonlardan  beri  tekshirilib  kelingan.  Misrda  bizning  eramizdan  3000    yil    ilgari 
uzumchilik  taraqqiy  eta  boshlagan. Misrda dorivor o‘simliklarni ekish boshqa mamlakatlarga 
nisbatan  oldin  boshlangan.  Bu  erda  bizning  eramizdan    2000  yil  ilgari  kanakunjut-Ricinus 
comunis. 
    Bizning davrimizgacha saqlanib qolgan qadimgi zamon o‘simliklari xaqidagi ma’lumotlarni 
grek  adabiyotlarida  uchratish  mumkin.  o‘sha  vaqtda  grek  olimlaridan  Gippokrat,  Aristotel, 
Dioskarid. Gippokrat bizning eramizdan  460-377   yillar  ilgari  236 xil dorivor o‘simliklarni 
tasvirlagan.  Aristotel  va  uning  shogirdi  Teofrast  bizning  eramizdan  4  asr  oldin    ko‘pgina  
o‘simlik turlarini yozib, ularning foydali xususiyatlarini aniqlaganlar, qamda o‘simliklarning 1 
pallali va  2  pallali  bo‘lishini ko‘rsatganlar. Teofrast botanikaning otasi xisoblanadi. CHunki 
uning  yozgan  kitoblaridan  15  tasi  shu  fanga  baqishlangan.  Dioskarid  bizning  eramizning  1 
asrida yashagan. o‘zining mashxur"Materia Medica "degan kitobida ko‘p dorivor o‘simliklarni 
rasmlari  bilan  tasvirlagan.  qadimgi    Rimning    o‘simliklar    bilan  shuo‘ullanganlaridan  Pliney 
Starshiydir.  Dioskarid  va  Pliney  Starshiy  gullaydigan  va    gullamaydigan    o‘simliklarni  
aniqlab, ularga lotincha nom bera boshlaganlar. Mas:Achillea, Adonis va boshqalar. o‘adimgi 
zamonlarda  dorivor  o‘simliklar  soqasida  yozilgan  xind    kitoblaridan    eng  aqamiyatlisi      " 
Yadjur  veda"    qisoblanadi.  Bu  kitobda  ko‘rsatilgan  dorivor  o‘simliklar  xozir  qam  o‘z 
qimmatini yo‘qotgan emas. Xitoyda o‘simliklar xaqida Xon-shen-nun bizning eramizdan 3000 
yil  ilgari  "Bentsao"degan  kitob  yozgan.  o‘rta  asrlarda  o‘tgan  olimlardan    butun  dunyoga  
mashxur  bo‘lgan  atoqli  vrach  Abu  Ali  Ibn  Sino qisoblanadi o‘980-1037). 
     Avitsenna Buxoroga yaqin   joydagi   qishloqda  tuqilgan. 1020   yilda  "Alqonunfit Tib"deb  
atalgan  5  tomli  kitob  yozgan.  Petr  1  1724  yilda  Rossiyada  fanlar  Akademiyasini  ochish  
to‘qrisida    buyruq    chiqardi.  U    fanlar  akademiyasi  oldiga    Rossiya  florasini  tekshirish 
vazifasini  qo‘yadi.  SHu  maqsadda  bir  qancha  ekspeditsiyalar  tashkil  etiladi.  Ekspeditsiya 
qatnashchisi akademik  Pallas  "Flora Rossica" degan kitob yozgan. 
    18 asrning boshlarida shved olimi Karl Linneyo‘1707-1778) o‘simliklarning sistematikasini  
tuzadi.  U    1000  ga  yaqin  o‘simliklarni  morfologik  terminlarini  ishlab  chiqaradi.  K.Linney 
"o‘simliklarning  turlari:degan  asarida    10.000    xil  o‘simlik  turini  tasvirlab  ularni  1000  ta 
avlodga, bu avlodni 116 tartibga, tartibni esa 24 sinfga bo‘lib chiqadi. 
     TUR -VID                                    10.000 
     AVLOD- ROD                            1000 
     TARTIB - PORYADOK             116 
     SINF - KLASS                       24 
     Shulardan  23  sinfga  gullaydigan  o‘simliklarni,  1ta  sinfga  esa,  gullamaydigan  o‘simliklarni 
kiritadi.  Gullamaydigan  o‘simliklarga  suv    o‘tlarini,  zamburuqlarni,  moxlarni  va 
qirqquloqsimonlarni kiritadi. K. Lin 


112 
 
ney  gullaydigan  o‘simliklarni    "jinsiy    urchishi    anio‘langan"  o‘YAvnobrachno`e), 
gullamaydigan o‘simliklarni "jinsi ma’lum emas"o‘Taynobrachno`e)deb ataydi. K. Linney qar  
bir  o‘simlikni  2 nom bilan atalishini kiritadi. 
    "Binarnaya  nomenklatura"deyiladi.Bunda  oldin  avlod,  so‘ngra    tur    nomi  yoziladi.  Avlod 
nomini  ot,  tur nomini  sifat  qilib  olinadi.  Mas:paxtaning avlodi, Gossypium  Amerika paxtasi.-
Gossypium hirsutum, Misr paxtasi -Gossypium barbadense  
Oq tut- Morus alba 
qora tut- Morus nigra 
qizil tut- Morus rubra 
     K.Linney  sistemasi    sun’iy    sistema    qisoblanadi.    CHunki  Linney  o‘simliklarning  kelib 
chiqishini,  bir-biriga  yaqinligini  va  rivojlanishini  qisobga  olmagan.  Linney  idealist  olim 
bo‘lgan. Uning fikricha o‘simliklar va xayvonlar o‘zgarmaydi, ular bir vaqtda yaratilgan. Biz  
turni    shunday  tushunamizki,tur    bir    qancha    individlardan  iborat  bo‘lib,  tashqi  sharoit 
ta’sirida,  odam  vositasida,  ichki  protsesslar  natijasida  o‘zgarib    rivojlanib    turadi.  Tur 
o‘zgarishi mumkin. K. Linneyning o‘simliklarni gruppaga bo‘lib tekshirishga qozir o‘zgartirish 
kiritilgan: 
     1. Tur - vid-        Specis                  eng kichik -Sub species 
     2. Avlod - rod-      genus 
     3. Oila - simeystvo- Familia  
     4. Tartib - poryadok- Ordo 
     5. Sinf - klass-     clasis 
     6. Tip - tip-        tipus 
     7. Bo‘lim - otdel-    divisio 
     Ba’zan  tur  yana  kichik  turlarga  bo‘linadi.  Kichik  turni  -Sub  species  deyiladi.  Tabiiy 
sistemani    1-marta  1841  yil  Peterburg  akademiyasining  professori  Goryaninov    tuzgan.  Bu   
o‘simliklarni   4   gruppaga   bo‘lgan. 1-gruppasida sporali  o‘simliklar, lishayniklar, moxlar, 
qirqquloqsimonlar va boshqalar. 2  gruppasiga  "soxta uruqlilar"-igna barglilar, qaraqay,  archa. 
3-gruppasiga  "qalla    donli    o‘simliklar,  ya’ni    bir    pallali  o‘simliklar.  4-gruppasiga-"  qaqiqiy 
uruqli   o‘simliklar"- 2 pallalilar gruppasi.
16
 
     Suv o‘tlari, zamburuqlarni esa, o‘ayvonot va o‘simliklar dunyosi oraliqidagi organizm  deb 
qisoblaydi.  Tabiiy  filogenetik  sistemani  o‘simliklarning  rivojlanishiga  asoslanib,  rus 
olimlaridan  Varshava  Universitetining  professorlaridan    Belyaev,  Moskva  Universitetining 
professori  Gorojankinlar  tuzgan.  Ular  sistemani  tuzishda  uruqli  o‘simliklar  sporali 
o‘simliklardan paydo bo‘lishiga asolanganlar. Ular o‘z sistemasini buyuk ingliz olimi CHarlz 
Darvin nazariyasiga asoslanib  tuzganlar. Darvinning 1859  yilda "Turlarning tabiiy saralanish 
natijasida kelib chiqishi"degan asari bosilib chiqadi. Bu asarida Darvin  o‘simlik  va  qayvon 
turlarining  er    yuzida  paydo  bo‘lishi  va  rivojlanishini  ko‘rsatadi.  Darvin  materialist  olim 
bo‘lgan. Darvin 3 faktorga asos-lanadi: 
     1.IRSIYAT-nasledstvennost 
     2.O‘ZGARUVCHANLIK-izmenchivost 
     3.Tabiiy saralanish estetstvenno`y stbor. 
1897 yilda Gorojankinning tuzgan "tabiiy filogenetik sistemasi bo‘yicha o‘simliklar sistemasini 
3 ta bo‘lim,7 ta sinfga bo‘lgan. 
     1-bo‘lim. -Tuban sporali o‘simliklar - Oodoniata 
Bu bo‘limga 2 ta sinf kiradi a) Aldae  -suv o‘tlari 
                            b) Fungi  -zamburuqlar - Mucophita 
     2-bo‘lim-Yuqori sporali o‘simliklar- Archimycetes 
Bu bo‘limga 3 ta sinf kiradi a)Moxlar - Bryophyta 
                                                             
1.
 
16
 
Mustafaev    S.M.,  Ahmedov  O‘.A.,    Samatova    SH.    O‘simliklar    sistematikasidan  
amaliy  mashg‘ulotlar. – T.:  “YUNAKS-PRINT” MCHJ  bosmaxonasi, 2007.- 127 b. 
 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə