Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   139

127 
 
sporangiya  hujayralarining  reduksiyon  yo`lda  bo`linishi  natijasida  sporalar  hosil  bo`ladi. 
Sporalar  shamol  yardamida  tarqaladi.  Agar  sporalar  bir  xil  bo`lsa  undan  ikki  jinsli  o`simta 
o`sib chiqadi. Sporalar har xil bo`lsa ikki uyli bir jinsli o`simta o`si chiqadi. Sporalar katta va 
kichik bo`lishi mumkin. Kichik sporalarni mikrospora, katta sporalarni makrospora deyiladi. 
  
Mikrosporalar  mikrosparangiyalarda  makrosporalar  esa  makrosporalarda  taraqqqiy 
etadi. Mikrosporadan otalik o`simtasi o`sib chiqadi. Bu otalik o`simtada anteridiyalar taraqqiy 
etadi. Makrosporadan onalik o`simtasi o`sib chiqadi. Unda arxegoniyalar taraqqiy etadi.  
O`rmon  qirqqulog`ining  ildiz  poyasidan  gijja  haydaydigan    ekstrakt  tayyorlanadi  . 
qirqbo`g`imning  poyasi  siydik  haydovchi  dori  sifatida  ishlatiladi.  Apteka  plaunning  sporasi 
detskaya  pudra  va  pilyula  tayyorlashda  ,  bir-biriga  yopishib  qolmasliga  uchun  sporadan 
sepiladi. Og`ir sanoatda metallarni quyishda , qolipga sporasi solib qo`yiladi.    
 
Nazorat savollari 
1.
 
Tuban va yuqori sporali o’simliklar farqi? 
2.
 
Moxlar qanday ko’payadi? 
3.
 
Jigarsimon moxlarning tuzilishi va ko`payishi?  
4.
 
Poya va bargli moxlarning tuzilishi va ko’payishi? 
5.
 
Qirqquloqsimonlilar klassifikatsiyasi? 
6.
 
Qirqquloqlarning moxlardan farqi? 
7.
 
Qirqbo`g`imlilar tuzilishi?  
8.
 
Qirqbo`g`imning ko`payishi? 
9.
 
Plaunsimonlar, tuzilishi, ko`payishi? 
10.
 
Qirqquloqsimonlilar ahamiyati? 
 
Foydalaniladigan  asosiy  darsliklar  va  o‘quv   
qo‘llanmalar  ro‘yxati 
1.
 
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” ,  2001.-230 c. 
2.
 
Mustafaev  S.M., Ahmedov O‘.A.  Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b. 
3.
 
Mustafaev    S.M.,  Ahmedov  O‘.A.,    Samatova    SH.    O‘simliklar    sistematikasidan  
amaliy  mashg‘ulotlar. – T.:  “YUNAKS-PRINT” MCHJ  bosmaxonasi, 2007.- 127 b. 
4.
 
Ahmedov  O‘.A.,  Yulchieva  M.T. Botanika  fanidan  elaktron  darslik.-T.: 2008. 
5.
 
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published 
by forgotten books, 2013. –50 p 
6.
 
V. Ch. Evans   Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg,  London Nyu– York, 
Filadelfiya,  Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 
7.
 
Hamidov A.,  Nabiev M.M. “O‘zbekiston  o‘simliklarini  aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b. 
8.
 
Василев  A.E.  “Морфология,  анатомия растений”. – M.: Изд-вo  “ Высшая школа 
”, 1988. -435 c. 
9.
 
Xolmatov  X.X.,  Karimova    S.U.,  Ahmedov    O‘.A.  va    boshqalar.    Dorivor  
o‘simliklarning    lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha    va    forscha-tojikcha    lug‘ati.-T.: 
X.F.  “Nizim”  bosmaxonasi,  2004. – 239 b. 
10.
 
Berezovskaya    T.P.,  Dmitruk    S.E.,  Grishinna    e.I.,    Belousov    M.V.    Osnovы  
farmatsevticheskoy  botaniki. – Tomsk:  Pechatnaya  manifaktura,  2004.-294 s. 
11.
 
Xolmatov    X.X.,    Ahmedov    O‘.  A.  Farmakognoziya.  1-2  qism.  –  T.:  “Ibn    Sino”  
nashiryoti, 2007.- 806 b. 
 
MA’RUZA – 11 
Qirqquloqsimonlilar. Yuksak o’simliklar evolyutsiyasi.Ochiq urug’lilar. 


128 
 
 
    
Ma’ruzaning maqsadi: 
   Chin  qirqquloqlar  va  suv  qirqquloqlari  haqida  tushuncha,qirqbo’g’imlilar,plaunlar 
tuzilishi,ko’payishi.Ochiq  urug’lilarga  tasnif,klassifikatsiyasi,tuzilishi,ko’payishi  haqida 
tushuncha berish. 
Reja: 
   1.O’rmon qirqqulog’ining tuzilishi,ko’payishi. 
   2.Suv qirqqulog’ining tuzilishi,ko’payishi. 
   3.Qirqbo’g’imlilarga tasnif. 
   4.Dala qirqbo’g’imining tuzilishi,ko’payishi. 
   5.Plaunlar tuzilishi,ko’payishi. 
   6.Bir xil va har xil sporali plaunlar. 
   7.Ochiq urug’lilarga tasnif,klassifikatsiyasi. 
   8.Ochiq urg’lilarning tuzilishi,ko’payishi. 
   9.Igna barglilar sinfiga harakteristika. 
   10.Igna barglilarning ko’payishi. 
 
Tayanch  iboralar:    Ochiq  urug’li  o’simliklar.  Urug’li  o’simliklar.  Ochiq  urug’lilarni 
asosiy vakillari. Urug’li o’simliklarni xususiyati. Evolyutsion jarayonda urug’ni kеlib chiqishi. 
Ochiq  urug’li  o’simliklarni  kеlib  chiqishi.  Kubbalarning  tuzilishi.  Urug’kurtak  va  chang 
tuzilishi. Changlanish va otalanish.   Ochiq  urug’li  o’simliklarning  sinflari:  sagovniklar, 
bеnnеtitlar,  ginkolar,  gnеtumlar  va  ignabarglilar.  Ninabarglilar  sinfiga  tasnif.  Ninabarglilar 
oilasi: qarag’aydoshlar, sarvidoshlar, toksodiyadoshlar, araukariyadoshlar

zarnabdoshlar.  
 
CHIN QIRQQULOQLAR TARTIBI 
Bu tartibga o’rmon qirqqulog’i kiradi. 
O’rmon qirqqulog’i(Dryopteris filixmas)salqin o’rmonlarda, butalar orasida, nam yerda
O’rta  Osiyoning  tog’li  rayonlarida  uchraydi.  O’rmon  qirqqulog’I  ko’p  yillik  o’t 
o’simlik.Ildizpoyasi  yo’g’on  qoramtir  bo’lib,tangacha  barg  bilan  qoplangan.  Ildizpoyaning 
uchida  bo’yi  1m  gacha  yetadigan  ko’p  patsimon  yashil  rangli  barg  o’sib  chiqadi.  Yoshlik 
vaqtida  bargning  uchi  gajaksimon  qayrilgan  bo’ladi.  Barglar  kuzda  qurib,tushib 
ketadi.Bargning  ostki  qismiqoladi.Bu  qolgan  burglar  hisobiga  ildizpoya  tobora  yo’g’onlashib 
boradi. Yoz paytlarining oxirida bargning orqa tomonida mayda g’uddalar-soruslar paydo bo’la 
boshlaydi.  Bularning  shakli  yumaloq  bo’ladi.  Soruslar  barg  o’rtasida  tomirlar  bo’ylab,ikki 
qator bo’lib joylashadi. 
Soruslar-sporangiyaning  yig’indisidir.Chunki  sorusning  ichida  bir  qancha  tuxumsimon 
sporangiyalar 
joylashgan 
bo’ladi.Sporangiyalrning 
o’sib 
chiqqan 
joyini 
planset 
deyiladi.Sporangiyalari  ko’p  hujayrali  bo’lib,ularning  tashqi  tomonidagi  bir  qator  hujayrasini 
tapetum  deyiladi.Ichki  tomonidagi  hujayralarini  arxespora  deyiladi.Bu  hujayralar  reduksion 
tipda bo’linishi natijasida har bir hujayradan 4 tadan spora-tetraspora hosil bo’ladi.Sporalarning 
rangi  qo’ng’ir  bo’ladi.Sporalarning  hujayra  po’sti  2  qavat  bo’lib  yetilgandan  so’ng  tashqi 
qavati  yorilib  ketadi.  Bir  tup  o’simlikda  millionlab  spora  hosil  bo’lishi  mumkin.Nam  yerga 
tushgan  spora  una  boshlaydi.Natijada  diametri  0,5-1  sm  bo’lgan  yashil  rangli  yuraksimon 
o’simta  o’sib  chiqadi.Bu  o’simta  rizoidlar  yordamida  yerga  yopishgan  bo’ladi.O’simtada 
xlorofill donachalari bo’lganligi sababli fotosintez protsessi ham bo’lib o’tadi.O’simta bir uyli 
ikki  jinsli.Shu  o’simtada  anteridiya  ham,arxegoniya  hamtaraqqiy  etadi.O’simta  o’rmon 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə