Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   139

129 
 
qirqqulog’ining  jinsli  nasli  gametofit  hisoblanadi.Spora  hosil  qilgan  o’simlikning  o’zi  jinssiz 
nasl-sporafit hisoblanadi. 
O’simta  qisqa  umrli  efemerdir.U  faqay  1-2  hafta  yashay  oladi.Jinsiy  ko’payish 
yog’ingarchilik  vaqtida  bo’ladi.Anteridiya  ishlab  chiqqan  spermatozoidlar  suvda  suzib 
yuradi.Bu  spermatozoidlarni  o’ziga  jalb  qilishi  uchun  arxegoniya  “olma  kislotasini”ishlab 
chiqadi.Spermatozoidlar  arxegoniyaning  bo’yniga  kelib  yopishadi….,natijada  arxegoniyaning 
tuxum  hujayrasini  otalantirgandan  so’ng  embrion  hosil  bo’ladi.Embriondan  yangi  o’simlik 
o’sib chiqadi. 
 
 
 
SUV QIRQQULOQLARI TARTIBI 
Har  xil  sporali  qirqquloqlarga  suv  qirqqulog’ini  misol  qilib  olamiz.Suv  betida  suzib 
yuruvchi 1 yillik o’t o’simlik.Poyasi gorizontal ravishda shoxlangan.Bargi 2xil bo’ladi. 
   a)Suvning betidagi bargi 
   b)Suvning ostidagi bargi 
Suvning  betidagi  bargi  yashil.Unda  xlorofill  donachalari  bo’ladi.Bu  bargda  fotosintez 
protsesi  bo’lib  turadi.Suvning  ostidagi  bargi  qo’ng’ir  rangli  bo’lib  ildiz  vazifasini 
bajaradi.Qo’ng’ir  rangli  barglarda  soruslar  joylashgan.Soruslar  ichida  sporangiyalar  taraqqiy 
etadi.Sporangiyalar 

xil 
bo’ladi:mikrosporangiyalar 
va 
makrosporangiyalar.Mikrosporangiyalarda mikrosporalar,makrosporangiyalarda makrosporalar 
yetiladi.Soruslar kuzda uzilib,suv tagiga cho’kib ketadi.Suv tagida qishlaydi.Bahorda makro-va 
mikrosporangiyalar  sorusdan  ajralmagan  holda  suvni  yuziga  ko’tariladi.Mikrosporalar 
sporangiyadan  ajralmagan  holda  otalik  o’simtasini  hosil  qiladi.Bu  o’simtada  2ta  anteridiya 
bo;lib,anteridiyalar 
spermatozoidlarna 
ishlab 
chiqaradi.Makrosporalar 
sporangiyadan 
ajralmagan  holda  onalik  o’simtasini  vujudga  keltiradi.Onalik  o’simtasida  bir  nechta 
arxegoniyalar  yetiladi.Spermatozoidlar  suvda  suzib  kelib  arxegoniyaning  bo’yni  orqali 
kirib,tuxum  hujayrani  otalantiradi.Bunda  embrion  hosil  bo’ladi.Embriondan  yangi  o’simlik 
o’sib chiqadi. 
QIRQBO’G’IMLILAR 
Bu  sinfga  1ta  oila,25  turdan  iborat.Qirqbo’g’imlilar  ko’p  yillik  o’t  o’simlik 
hisoblanadi.Bular  yer sharining Avstraliyadan boshqa hamma qismida tarqalgan.Shulardan 11 
turi  MDHning  har  xil  joylarida,3turi  O’z.Rda  uchraydi.Janubiy  Amerikaning  tropic  qismida 


130 
 
uchraydigan qirqbi;g;imning poyasining yo’g’onligi 2sm,uzunligi esa 12mga yetadi.Ubutalarga 
osilib o’sadi. 
Dala  qirqbo’g’imi  ko’p  yillik  o’t  bo’lib,  uning  ildizpoyasi  yerga  chuqur 
o’rnashgan.Ildizpoyada    kattaligi  danakdek  keladigan  tugunagi  bor.Bu  tugunakda  zapas  oziq 
moddalar to’planadi.Ildiz poyadan yer betiga poyalar o’sib chiqadi.Bu poyalarning uzunligi 1m 
gacha bo’lishi mumkin.Qirqbo’g’imning poyasi 2 xil  bo’ladi.  
1.Vegetativ  yoki assimillatsion  poya-yozgi. 
2.Spora beruvchi poya-bahorgi. 
Vegetativ poya  yashil rangda  bo`lib, kech bahorda o`sib  chiqadi, kuzda qurib qoladi. 
Bu  poyani “yozgi poya’’ deb ham yuritiladi. Spora  beruvchi poya jigarang-pushti bo`lib, erta 
bahorda o`sib  chiqadi. Sporalari  yetilib to`kilgandan so`ng qurub qoladi.  Poyasida bir qancha 
bo`g`in  oraliqlari    bo`lgani    uchun  bu  o`simlikni    halq  orasida  qiriq  bo`g`im  deyiladi. 
Poyasidagi epidermis hujayralari kremniziom (qumga o`hshash) bilan sug`orilgan. Bargi  juda  
mayda,  reduksiyalangan,  uchburchakli  bo`lib,  poyaga    tagi  bilan  doira  shaklida  o`rnashgan. 
Poyasining  ko`ndalang  kesimida  tashqi  tomonidan    epidermis  bilan  qoplangan.  Epidermis 
ostida  ustitsalar  joylashgan.    So`ngra  mehanik  to`qima  po`stloq  hujayralari,  peresikil  bilan 
o`raglan  o`tkazuvchi  to`qima  bog`lamlari  uchridi.  O`tkazuvchi  to`qima  bo`g`lamlari  yopiq, 
ya’ni  floema  bilan  ksilema  o`rtasida  kambiy  bo`lmaydiy  bo`lmaydi.  Dala  qiriq  bo`g`mi 
vegetative,  jinssiz  va  jinsiy  yo`l  bilan  ko`payadi.  Vegetativ  ko`payishi  ildiz  poya  yoki 
tuganaklari    yordamida  bo`ladi.  Jinsiz  ko`payish  sporalar  yordamida,  jinsli  ko`payish 
o`simtada,  ya’ni  gametofitda  taraqiy    etgan  jinsiy  o`rganlar    yordamida    bo`ladi.  Sporalar 
bahorgi  poyaning  uchiga  joylashgan  boshoqchalarda  vujudga  keladi.  Spora  beruvchi  boshoq 
sporachi  barglardan  tashkil  topgan.  Sporachi    barglarning    ostki  tomonidan  6-8  tagacha 
sparangiyalar doira shaklida joylashgan. Sparangiyalarning shakli ko`zachaga o`hshash bo`ladi. 
Sparangiyalar ichida ko`p miqdorda sporalar taraqiy etadi. Sporasi sharsimon qoramtir –yashil 
hujayralardan iborat bo`lib, ikki qavat po`st bilan o`raglan. Tashqi po`sti “ ekzina” ichki po`sti 
“ intina “  deb ataladi.Sporaning 4 ta spiral simon elaterasi bo`ladi. Elateralar havo nam bo`lgan 
vaqtda  to`g`rilanib,  yozilib  ketadi.  Bu  elateralar  sporalarning  bir  biriga  ilashib  tarqalishiga 
yordam  beradi.  Sporalar  morfologik  jihatdan  bir  hil  bo`lsa  ham,  Fiziologik  jihatdan  har  hil 
bo`ladi.  Bir  hil  sporadan  otalik  o`simta  o`sib  chiqsa,  ikkinchi  sporadan  onalik  o`simta  o`sib 
chiqadi.  O`simtalarning  otalik  yoki  onalik  bo`lishiga  tashqi  muhit  ham  bog`liq.  O`simta  ikki 
uylik, bir jinsli, agar spora organic moddasi  ko`p bo`lgan unumdor  yerga tushib qolsa, undan 
onalik  o`simtasi,  qumli  yerga  tushib  qolsa,  otalik  o`simtaga  aylanadi.  Jinsi  ko`payish  suv 
yordamida sodir bo`ladi. 
22
 
       Anteridiya ishlab chiqqan spermatozoyidlar suvda suzib borib, arhegoniyani bo`yni orqali 
kirib  tuhum  hujayrani  otalantiradi.  Natijada  embrion  hosil  bo`ladi.  Embriondan  yangi  
o`simlik-jinsiz  nasil-  sporofit  o`sib  chiqadi.  Qiriq  bo`g`imning  yozgi  poyasi  tibbiyotda  siydik  
haydovchi  dori  sifatida  ishlatiladi.  Qiriq  bo`g`imning  epidermis  hujayrasi  kremnezem  bilan 
sug`orilgani uchun misgarlikda ishlatiladi. Bahorgi poya  ba’zan  ovqat uchun istemol qilinadi.  
                               
PLAUNLAR TARTIBI 
     
                                                             
3.
 
22
 
Pharmaceutikal  Botany,  a  Text-Books  for  students  of  pharmacy  and  science. 
Published by forgotten books, 2013. –50 p 
 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə