131
:
Plaunlar sinfiy 2 tartibga bo`linadi 1.Bir
xil sporali plaunlar
2.Har xil sporali plaunlar
Bir xil sporali plaunlarga vakil qilib apteka plaunini olamiz.
Apteka plauni o`rmonlarda, qarag`ayzorlarda uchraydi. O`rta Osiyoda uchramaydi.
Poyasining uzunligi 70 sm bo`ladi. Apteka plauni doim yashil, ko`p yillik o`t o`simlik. Poyasi
dixatomik ravishda o`sadi. Bargi mayda, bigiz shaklida bo`ladi. Tik o`suvchi poyasi qo`shaloq
yoki yakka boshoqchalari bilan tamom bo`ladi. Boshoqcha sporacha barglardan tashkil tobgan.
Sporachi barglarning ichida shakli byurak simon sporangiyalar taraqiy etadi ichida sporalar
vujudga keladi. Bu sporalar spo`rangiya hujayralarning reduksion yo`lida bo`linishi natijasida
hosil bo`ladi. Sporalar nihoyatda mayda va yengil, quruq bo`ladi. Spo`ralar yetilgandan so`ng
sporangiyalar yoriladi. Natijada sporalar shamol yordamida tarqalib ketadi. Qulay sharoyitga
tushib qolgan spora una boshlaydi. Sporadan tuganakga o`xshash o`simta o`sib chiqadi. Bu
o`simtada anteridiya va arxegoniya taraqiy etadi. Anteridiya va arxegoniyalarning tarqiy etishi
uchun 10-12 yil vaqt ketadi. Apteka plaunining o`simtasi bir uyli 2 jinslidir. Otalanish
protsesi bahorda, yog`ingarchilikda bo`ladi. Anteridiyada ishlab chiqqan spermatazoidlar
arhegoniyaning tuxum hujayrasini otalantirgandan so`ng embrion hosil bo`ladi. Embriondan
yangi o`simlik o`sib chiqadi. Bu o`simlik jinsiz nasil-sporofit. Apteka plauni detskaya prisipka
sifatida, pillyula tayorlashda sporadan sepib qo`yiladi, yani pilyulalar pirga yopishib qolmaydi.
Og`ir sanoatda eritilgan metallarni qoliplashda ishlatiladi.
Har xil sporali plaunlarga selaginellani misol qilib olamiz. Bu o`simlik xam ko`p yillik
o`simlik, doyim yashil o`tli o`simlik, poyasi dihatomik ravishda shoxlangan. Tik va yotib
o`suvchi poyalari bo`ladi. Vertikal poyasida boshiqchasi bor. Boshoqchasida ikki xil : katta –
makrosporangiyalar va kichik mikro sporangeyalar bo`ladi. Mikrosporangiyalardan mikro
spora taraqiy etiladi, undan otalik o`sib chiqadi. Makrosporangiyalardan makrospora taraqiy
etiladi, undan onalik o`simta o`sib chiqadi. O`simtasi ikki uyli bir jinsli. Otalanish
yog`ingarchilikda bo`ladi.
Ochiq urug`lilar tipi
Ochiq urug`li o`simliklar bir tomonidan yuqori sporali o`simliklarga o`xshaydi. Ochiq
urug`li o`simliklar urug` beradigan qirq-quloqlardan, yopiq uru`gli o`simliklar ochiq urug`li
o`simliklardan kelib chiqan.
Ochiq urug`li o`simliklarga butalar,
daraxtlar kiradi
Yopiq urug`li o`simliklar orasida daraxtlar, butalar, yarim butalar va o`tli o`simliklar
uchraydi. Ochiq urug`li o`simliklar asosan monopodial tipda shohlanadi . yopiq urug`li
o`simliklar esa monopodial, simpodial va dixatomik ravishda shohlanadi.
132
Ochiq urug`li o`simliklarda suv naylari bo`lmaydi. Suv naylari traxeidlar bajarib turadi.
Yopiq urug`li o`simliklarni to`qimasida suv naylari xamda traxeidlar bo`ladi. Ochiq urug`li
o`simliklarning urug` kurtagi ochiq yerda taraqiy etadi.
Yopiq urug`li o`simliklarni urug`I mevaning ichida taraqqiy etadi.
Ochiq urug`lilarda esa urug` g`uddalarda taraqqiy etadi. Bularda meva bo`lmaydi.
Ochiq urug`li o`simliklardagini aksi, yopiq urug`li o`simliklarni mevasi bo`ladi. Ochiq urug`li
o`simliklarining endosperma to`qimasi otalanish prosesidan oldin hosil bo`ladi.
Yopiq urug`li o`simliklarda esa endosperma to`qimasi otalanishdan keyin hosil bo`ladi.
Ochiq urug`li o`simliklarda qo`shaloq otalanish bo`lmaydi, yopiq urug`li o`simliklarda
esa qo`shaloq otalanish bo`ladi. Ochiq urug`li o`simliklarning ko`pchiligi doimo yashil
o`simlik hisoblanadi. Ochiq urugli o`simliklar 7 sinfga bo`linida:
1.Urug`li paporotniklar
2.Sagovniklar
3.Bennetitlar
4.Kordaitlar
5. Ginkgolar
6.Igna barglilar
7.Ignacha barglilar
URUG`LI QIRQQULOQLAR
Ular o`zining tashqi ko`rinishi bilan hozirgi daraxtsimon qirqquloqlarga o`hshaydi,
lekin har xil sporali bo`lib, urug` yordamida ko`payishi bilan ulardan farq qiladi.
Uning poyasida qo`sh patsimon yirik-yirik murakkab burglar bo`ladi, ularning asosiy
bandlari ko`pincha bixotomik shoxlanadi.
Poya o`zak qismining juda rivojlangan bo`lishi va kambiy halqasi yordamida
ikkilamchi tartibda qalinlasha olgani bilan ajralib turadi. Ikkilamchi yog`och, hozirgi ochiq
urug`lilardagiga o`hshash, traxeidladan tuzilgan, po`stlog`i ancha qalin bo`lgan.Liginoptenis
mikro, makrosporalar hosil qilgan.
SAGOVNIKLAR
Sagovniklar hozir yashab turgan o`simliklar bo`lib, eski (Cycas, Masrozamia,
Bowenia, Encephalarhos, Stangeria kabi avlodlar) va yangi dunyoning ( Zamia, Microcycas,
Ceratoramia, Pion avlodlari) tropik va subtropik mintaqalarida taqalgan 9 ta avlodni o`z ichiga
oladi.
Sagovniklar-ustunsimon oddiy poyali darahtlardan, poyasi ahyon-ahyonda shohlangan
bo`ladi. Poyasining uchida juda yirik, patsimon qalin- qattiq burglar tojdek bo`lib turadi.
Mikrosparangilari tangacha simon mikrasporofillarning chetida turadi yoki tangacha simon
makro sporofillardan joy olgan, mikrosporofinllari to`p-to`p bo`lib, otalik kubalarini hosil
qiladim Makrosporongiylar (urug`kurtaklar) makrosporofinlarning chetida turadi yoki
tangachasimon mikrosporofillardan hosil bo`lgan onalik kubbalaridan joy oladi. Bu tartibga
Cucas (yoki sagovnik) misol bo`la oladi.
Barcha ochiq urug`lilar singari,Cucas har xil sporali o`simlik bo`lib, makro va
mikrosporalar bilan ko`payadi.
Ko`pchilik sagovniklar Cucasga o`hshash, aksari shohlanmaydigan to`g`ri poyali
o`simliklar bo`lib, poyasining uchida uzunligi 2,5-3 m ga boradigan yirik burglar chiqaradi.
Sagovniklarning poyalari odatda metrlar bilan o`lchanadi. Eng katta barglar bilan qoplanishi
gulning atrofidagi gulqo`rg`onini eslatadi. Ularning changlanishi shamol va hashorotlar
yordamida sodir bo`ladi. Bennettetlarning urug`ida murtak to`la rivojlangan, oziq moddalar
ikki pallada to`plangan.