Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   139

133 
 
Kordaitlar 
  
Kordoitlar  asosan  paleozoy  erasida  o`sib,  hozir  qurib  bitgan  o`simliklar  tartibidir. 
Tartibning eng myahshi o`rganilgan vakili  Cordates avlodidur. 
   
Tanasida  yog`och  zonasi    bilan  yahshi  rivojlangan,  o`sha  yog`och  qismi  tuzulishi 
jihatidan ninabarglilarning yog`och qismiga o`hshab ketadi.  
 
Ginkgolar 
Ginkgoales    tartibi  hozir  Ginkgoaceae  degan  atigi  bitta  oyilani    o`z  ichiga  oladi,  bu  oilaninig 
birdan bir vakili Ginkgo (  Ginkgo biloba) dir. 
Ginkgo biloba daraxt o`simlik bo`lib, balandligi 30-40 metirga, yo`g`onligi 3-4 metrga 
yetadi .Mas: Avstraliyada o`suvchi Macroramia Hopei ning poyasi  shuncha keladi.  
 
Bennetitlar 
Bennetitlar  tashqi  ko`rinishidan  sagovniklarga    o`hshab  yura  davrida  rivojlangan,  yer 
yuzini  qoplab  so`ng  yuqori  bo`r  davrida  butunlay  yo`qolib  ketgan  o`simliklardir.    
Bennetitlarlarning  ichki  tuzilishi  urug`li  qirqquloqlilar  bilan  sagovniklarning  ichki  tuzilishiga 
juda  yaqin.  Ularning    poyalarida  kambiylarini,  lub  va  ancha  qalin  po`stloq,  birlamchi, 
ikkilamchi  yog`ochlik xalqalarni xosil qiladi.  
    
Bennetitlarni  g`uddasi  o`zidan  oldingi  sinf  o`simliklarning  g`uddasidan    ikki  jinsliligi 
bilan  farq  qiladi.  G`uddaning  tashqi  tomonidagi  ko`plab  mikrosporongiylarda  mikrosporalar  
yetilsa, g`uddaning markazidagi juda qisqargan makrosporofitda bitta urug` kurtak rivojlanadi. 
Sporofitlar tashqi tomondan  po`stlog`I to`q kulrang va silliq bo`lib, keginchalik xar tomonga 
yoyilib ketadigan piramida shox- shabasini hosil qiladi.  
Gingko  barglari  juda  g`alati:  ular  odatda  ikki  bo`lakga  bo`lingan  uch  burchak 
plastinkadan iborat bo`lib, uzun bandga aylanadi, ba`zan  plastinkasi yaxlit bo`ladi.  
Gingko-2  uyli  o`simlikdir:  uning  mikro-va  makrosporangiylari  har  xil  individda  hosil 
bo`ladi.  
 
 
IGNA BARGLILAR 
Bu  sinifga    6  ta  oyila,  40  avlod,  450  tur  kiradi.  Ular  hozirgi  zamon  iqlimiga  ham 
moslashgan.    Igna  barglilar  sinfiga    daraxtlar,  qisman  butalar  kiradi.  Bu  sinfga  kiruvchi 
o`simliklardan  yer  yuzida  ko`p  tarqalganlilari:  Sosna-Qarag`ay,  Archa,  pixta  kiparis, 
majavelnik  va  boshqalar.  Ignabarglilarning  bargi  qattiq,  ensiz,  igna  simon,  ba`zan  tangacha 
simon  bo`lib,  Yosh  shoxchalarda  spiral  yoki  qarama  qarshi  joylashgan.  Igna  barglilarning 
barglarining ko`pchiligi igna simon bo`lgani uchun ularga shunday nom berilgan. Igna barglilar 
asosan monopodial,  qisman simpodial tipda  shoxlanadi.  Masalan: Mamont daraxti simpodial 
shoxlangan  bo`ladi.  Bu  daraxt  yer  yuzida  uchraydigan  daraxtlarning  eng    kattasidir.  Uning 
bo`yi 150 m, eni 40 m bo`lib, u uzoq yil yashaydi. 


134 
 
   
Igna  bargli  o`simliklarning  ildizida    ildiz  qini  bo`lmaydi.  Ildiz  qini  o`rnida  ektotrof 
mikorizlar bo`ladi. Igna barglilar jinssiz va jinsli yo`lda ko`payadi. Igna barglilarga  vakil qilib 
oddiy qarag`ayni olamiz.  
Oddiy  qarag`ay    1  uyli,    doim  yashil  2  jinsli  o`simlik  bo`lib,  yer    yuzida  juda    ko`p 
tarqalgan.  Qarag`ay  daraxtining  bo`yi  40-50  m  bo`lib,  u    500  y-  gacha  yashaydi. 
Qarag`aydaraxtining  poyasida  va  bargida  smola  yo`llari    bo`lib,  unda  smola  ishlanib  chiqadi.  
Shuning  uchun  ham  poyasini  binokorlikda  ko`p  ishlatiladi.  Qarag`ay    poyasi  uzoq 
muddatgacha  chirimaydi.  Qarag`ayning    otalik  va  onalik  gullari    g`uddalarda  joylashgan 
bo`ladi.  Bu    g`uddalarda    turini  o`zgartirgan  barglardan  tashkil  topgan.  Otalik  guli-
mikrosporalistik, onalik  guli esa makrosporalistik deb ataladi. Otalik  gulining pastki tomonida  
changdon    /mikrosporangiyalar/  taraqqiy  etadi.  Mokrosporangiya  hujayralarining    reduksion 
bo`linishinatijasida  mikrosporalar,  ya`ni  changlar  hosil  bo`ladi.    Chang  2    qavat  po`st  bilan 
qoplangan. 
1.
 
Ekzina –tashqi qavati 
2.
 
Intina – ichki qavati. 
Qarag`ayni    o`zi    sporofit,  chang,  urug`  kurtak  arhegoniya-gametofit,  chang  bilan  tuxum 
xujayra  qo`shilib  ya`ni    gametofit  bilan  gametofit  qo`shilib  diploid  jinssiz  ganloid  nasil  xosil 
bo`ladi. 
    Ekzina  bilan  intina  orasida  bo`shliq  bo`lib,  u    yer  havo  bilan  to`lgan,  shuning  uchun    xam 
qarag`ay change havoda uzoq muddat tura oladi. Changda 2 xil yadro bo`ladi: 
     1.Anteridial yadro 
     2.Vegetativ yadro. 
Onalik g`uddasi  2 hil turni o`zgartirgan barglardan tashkil tobgan,  1- xili g`uddaning  tashqi 
tomonida  bo`lib, qoplag`ichlik  vazifasini bajaradi.  Buni  “korushaya cheshuya” deyiladi.  Bu-
barg  urug`I  hosil  qilmaydi.  2    xil  bargi  urug`  beruvchi  bargsemennaya  cheshuya  deyiladi.  
Urug` beruvchi bargni pastki tomonida  2 ta urug` kurtagi, ya`ni makrosporangiya joylashgan. 
Urug` kurtagi quyidagi qisimlardan  tashkil tobgan.  
1.Urug` kurtagining bandi-funikulus. 
2.Urug` kurtagining qoplog`ch to`qimasi- integument 
3.Urug` kurtagining asosiy to`qimasi-nusellus 
4.Chang yo`li-mikropille. 
Urug`  kurt agi ning  m arkazi da  bol a  qopchig`i ,  endosperma    hamda    2  t a 
arhegoni ya - 
 
korpuskul a 
jo yl ashgan. 
Qarag`a y 
shamol 
yordamida 
changlanuvchi  o`s im likga kiradi.  Qarag`a y  changchi sham ol yordam ida onalik  
g`uddasi ga    kelib  t ushadi.  Onali k  g`uddasidagi  urug`  kurtagi ning    asosi y  
to`qimasi- nuts ellus ga  chang kiri b, 1  yi l dam  ol adi.  2  yili  una bos hla ydi .   
Changni ng  ant eredial  yadro`si    2    ga  bo`li nadi.    Nati jada  2  xil  yadro 
xosil bo`l adi:    
1.
 
Bazal   yadro  
2.
 
Generativ  yadro.                 
Changning  vegetativ  yadro`si  esa,  chang  trubkasiga  aylanib  ketadi.  Anteredial 
yadro`dan  xosil  bo`lgan  bazal  yadro  chang  trubkasining  o`sishiga  yordam  beradi.  Generativ 
yadro  bolinib,  2  ta  spermiya  hosil  qiladi.  Spermiyalarning  1    si  chang  trubkasi  orqali  siljib 
kirib,  arhegoniyalarning  1  tasini  otalantiradi.  2  chi  arhegoniya    otalanmasdan  qoladi.  
Otalangan  arhegoniyadan  embrion  vujudga  keladi.        Onalik  g`uddasi    otalanish  prosesidan 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə