Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   139

117 
 
 
Jinssiz  ko‘payish  zoospora  yoki  spora  yordamida  bo‘ladi.  Mas:  ko‘k  –  yashil 
suvo‘tlari  ,  qizil  suvo‘tlarning  jinssiz  ko‘payishi  esa  zoosporalar  yordamida  bo`ladi.  Jinssiz 
ko‘payishdagi  zoospora  va  sporalar  hujayralarning  reduktsion  bo‘lishi  natijasida  vujudga 
keladi. 
Jinsiy ko‘payishda 3 xil tip bor: 
  1.Izogamiya 
  2.Geterogamiya  
  3.Oogamiya 
Izogamiya  tipda  ko‘payishda  2  ta  morfologik  jihatdan  o‘xshash,  fiziologik  jihatidan 
bir–biriga o‘xshash bo‘lmagan GAMETAlar qo‘shilib ko‘payadi. GAMETA – jinsli hujayradir. 
Geterogamiya  tipda  ko‘payishda  morfologik  va  fiziologik  jihatdan  har  xil  bo‘lgan 
gametalar  qoshilib  ko‘payadi.  Bu  gametalarning  1  tasi  katta,  sust  xarakatchan  bo‘lib,  buni 
Makrogameta  deyiladi.  2–xili  kichik,  tez  xarakatchan  bo‘lib,  buni  Mikrogameta  deyiladi. 
Mikrogameta otalik gameta, makrogameta onalik gameta hisoblanadi. 
Oogamiya  tipda  ko‘payishda  otalik  va  onalik  jinsiy  organlari  paydo  bo‘ladi.  Otalik 
jinsiy  organini  Anteridiya  onalik  jinsiy    organini  Oogamiya    deyiladi.  Anterediyada 
spermatozoidlar  etishadi.  Oogamiyada  esa    tuxum    xujayra    rivojlanadi.    Anterediya 
spermatozoidlarni  suvga  ishlab    chiqaradi.  Oogamiya  xam  tuxum  hujayralarni  suvga  ishlab 
chiqaradi.  Spermatazoidlar  suvdagi  tuxum  hujayralar  bilan  qo‘shiladi.  Otalangan  tuxum  
hujayrani  Oospora    deyiladi.  Suvo‘tlarining  ko‘payishini  Tsenkovskiy,  Meer,  Kursanov    va 
boshqalar  tekshirganlar.
18
 
 
SUVO‘TLARINING AHAMIYATI 
 
Suvo‘tlari  suvning    havosinidan  tozalab,  bilan  boyitib    turadi.    Suvo‘tlari    suvda 
yashovchi    hayvonlar    uchun    ovqat  hisoblanadi.    Suvo‘tlarining    ba’zi    turlari    odamlar 
tomonidan    ham  iste`mol  qilinadi.  Mas:  Laminaria-dengiz  karami  nomi  bilan  mashxurdir. 
Laminarianing bargiga o‘xshash qismi 50 m  gacha boradi.   SHu  qismi  ovqatga  ishlatiladi.  
Laminariada    oqsil,  yog‘    va  uglevodlar  bor.    Suvo‘tlari    vitaminlarga  ham    boy    bo‘ladi. 
Yaponiya,  Xitoy  va  boshqa  mamlakatlarda  suvo‘tlari  bilan  er  o‘g‘itlanadi.  CHunki  uning 
tarkibida N, Br, C  va boshqa birikmalar  bo‘ladi.  Qizil suvo‘tlaridan “agar-agar” degan modda 
olinadi. Bu moddani mikrobiologiya praktikasida  bakteriyalarni rivojlantirishda va o‘stirishda  
ishlatiladi.  Oziq-ovqat  sanoatida  esa,  marmelad  tayyorlashda  ishlatiladi.  Ba’zi  qo‘ngir 
suvo‘tlaridan    sifatli    elim    olinadi.    Suvo‘tlaridan  olingan    Algin  preparati  engil  ich  
yumshatuvchi    ta’siriga    ega  (algenat  natriy).    Sariq  suvo‘tlarini    qoldiqlarini  “  trepel”  deb  
aytiladi.  Bu  modda  dinamit  tayyorlashda  va    binokorlikda    toshlarni  pardozlashda  ishlatiladi. 
Shuning uchun uzoq  vaqt  chirimaydi.  Ko‘k – yashil suvo‘tlarining  ba’zi turlari: Anavena va 
Stratanastoc  boshqalar  havodagi      ni yutish  hususiyatiga  ega.   Ular havodagi     ni yutib,  
erni  N li birikma  bilan  boyitadi.  Ko‘k-yashil  suvo‘tlari,  yashil  suvo‘tlari,  sariq suvo‘tlari  
dengizlarda  organik    cho‘kmalar  hosil    qiladi.  Bu  organik  cho‘kmalarni  Sapropel  deyiladi. 
Sapropel oziq modda va og‘it  sifatida katta axamiyatga egadir. Suvo‘tlarining ba’zi  birlarida  
Xlorella    deb    atalgan  antibiotik    dori  olinadi.    Xlorella  oshqozon  kasali,  singa,  buqoq, 
gipertomiya  kasalliklariga davo.     
                                
ZAMBURUG‘LAR-Fungi 
                                                             
1.
 
18
 
Mustafaev  S.M., Ahmedov O‘.A.  Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b. 
 


118 
 
 
Zamburug‘lar er  yuzida juda  ko‘p  
tarqalgan    o‘simlik    bo‘lib,  hozirgi    kunda 
100000  xil    turi  ma`lum.    Zamburug‘lar  
asosan    quruqlikda,  ba`zilari  esa  suvda 
yashaydi. Zamburug‘lar oziqlanishi jixatidan 
geteratrof    organizimdir.   
Geteratrof 
oziqlanish  o‘z  galida  ikkiga  bo‘linadi. 
1.
 
Parazit holda ovqatlanish  
2.
 
Saprofit holda ovqatlanish  
Parazit  holda    ovqatlanish  tirik  
organizm 
 
hisobiga, 
saprofit 
holda  
oziqlanish o‘lik  organizm  hisobiga  bo‘ladi.  
Zamburug‘larda 
xlorofill 
 
donachasi  
bo‘lmaydi.   SHuning  uchun  ham  o‘zlariga 
o‘zi 
 
ovqat 
tayyorlay 
 
olmaydi. 
Zamburug‘larning    tanasi    GIF  deb  ataladi. 
Giflar  bir  hujayrali  yoki  ko‘p    hujayrali  
tarmoqlangan  yoki tamoqlanmagan  bo‘ladi.  
Giflarning    eni  1-1,5  mm,  bo‘yi  esa  bir  necha    metrgacha    bo‘lishi    mumkin.  Giflar  
asosan  monopodial,  qisman  simpodial    o‘sadi.    Giflarning  hujayra    po‘sti  xitin    moddasidan  
tuzilgan. Hujayralari 1ta yadroli  yoki ko‘p   yadroli  bo‘ladi. Hujayrada oziqli modda sifatida 
glikogen  va  yog‘    tomchilari  to‘planadi.  Giflarni  yig‘indisi  mitseli  deb  yuritiladi.  
Zamburug‘larning tanasi yoki  mitseliyasi  ochiq yoki  yopiq  erda taraqqiy etadi. Ochiq erda 
taraqqiy  etsa,  ekzogen,  yopiq    joylarda  taraqqiy    etsa  endogen    deyiladi.    Zamburug‘larda 
qoplovchi, o‘tkazuvchi to‘qimalari  bo‘lmaydi.  Ularda  faqat  chiqaruvchi  to‘qima, ba’zilarida  
sutli    naylar    bo‘ladi.  Chiqaruvchi    to‘qimada  oshlovchi    modda-dubil    hamda    smolaga  
o‘xshash  modda  chiqarilib    turadi.  Sutli  naylarida  zaxarli    modda  alkaloidlar  va    boshqa  
moddalarni    uchratish  mumkin.    Zamburug‘lar  1  yillik,  2  yillik,  hamda  ko‘p    yillik  bo‘ladi. 
Zamburug‘larning  ko‘pchiliga  2 yillikdir.  
Zamburug‘lar    3    xil    yo‘lda  
ko‘payadi: 
1.VEGATATIV  
2.JINSSIZ 
3.JINSLI 
Vegetativ ko‘payishi Oidio kurtaklanib 
va  Xlomdosporalar    yordamida    bo‘ladi.  Ba’zi 
bir  zambrug‘larda  vegetativ  ko‘payishda  
kurtaklanib    ko‘payadi.    Bunga    achitqi  
zamburug‘ini misol  qilish  mumkin.  
Jinssiz    ko‘payish  sporalar  yoki 
zoosporalar    yordamida  bo‘ladi.    Suvda 
yashaydigan 
zamburug`lar 
zoospora 
tuzib 
ko‘payadi.  Quruqlikda    yashaydiganlari    esa 
spora    hosil    qilib    ko‘payadi.    Sporalari 
nihoyatda  
 
 
mayda,  quruq    va    ko‘p    miqdorida    tayyorlanadi.  Masalan:  SHAMPINION  deb  atalgan 
zamburug‘ ikki sutkada ikki mlrd spora hosil qiladi.  


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə