Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   139

101 
 
bakteriyalarniki  200  martadan  ko‘p.  Nafas  olish  protsessiga  havodagi  O
2
  va  H
2
O  larning 
miqdoriga bog‘liq. 
  Harorat  10°ga  ko‘tarilsa  o‘simliklarning  nafas  olishi  2  marta  kuchayadi.  Ammo  bu 
kuchayishi 40°-50°gacha boradi. 50° darajadan yuqorida nafas olish protsessi susayadi. Ba’zi 
o‘simliklar qishda nafas olishni davom ettiradi. Masalan: lishayniklar 10°da ham nafas oladi. 
Daraxtlarning kurtaklari hamda archa va qaragayning ignasimon barglari 20°-25°da ham nafas 
olishni davom ettiradi. Urug‘lar quruqlikda juda sust nafas oladi. CHunki uning tarkibida 10-
15% H
2
O  bor. Una boshlagan urug‘larda nafas olish 10.000 marta kuchayadi.Una boshlagan 
urug‘larda 30% H
2
O bor. Nafas olish o‘simliklarning  yoshiga ham  bog‘liq. Nafas olish  yosh 
organda  tez,  qari  organda  sustroq  bo‘ladi.  Ba’zi  o‘simliklar  masalan,  ba’zi  bakteriya  va 
zamburug‘lar  O
2
  siz  ham  yashay  oladi.  O
2
  bilan  yashovchi  o‘simliklar  aerob  o‘simliklar  
deyiladi.  Kislorodsiz  yashovchilarni  anaerob  o‘simliklar    deyiladi.  O
2
  bilan  nafas  olishi 
oksidaza  fermenti,  kislorodsiz  nafas  olish  esa  zimaza  fermenti  ta’sirida  bo‘ladi.  YA’ni  aerob 
o‘simliklar  oksidaza  fermenti  ishtirokida,  anaerob  o‘simliklar    zimaza  fermenti  ishtirokida 
nafas oladi. 
  Aerob O
2
 bilan nafas olishning reaktsiyasi: 
S
b
 N
12
 O
b
  +6O
2
 —oksidaza→ SO
2
 + 6 N
2
 O + 674 kkal. 
  Anaerob O
2
siz nafas olish reaktsiyasi: 
S
b
 N 12 O
b
  —zimaza→2SO
2
 + 2S
2
 N
5
 ON + 25 kkal. 
  O
2
  bilan   nafas   olishda   oziqli   modda  to‘liq   parchalanadi. SHuning uchun ham 1g 
molekula shakar hosil bo‘lishida ketgan energiyaning hammasi ajralib chiqadi. 
  O
2
  siz  nafas  olishda  oziqli  modda  qisman  parchalanadi.  SHakar  etil  spirtiga  aylanadi. 
SHuning uchun energiya qisman (25 kkal) ajraladi. Energiya spirt tarkibida qoladi. 
  Assimilyatsion  va  dissimilyatsion  protsessining  qarama-qarshiligi  quyidagilardan 
iborat: 
  1.Assimilyatsiyada  o‘simliklar  CO
2
yutib,  O
2
ni  chik,aradi.  Dissimilyatsiyada  usimliklar 
O
2
ni  yutib, CO
2
ni chiqaradi. 2.Assimilyatsiyada oddiy   anorganik   moddalardan   murakkab 
organik moddalar tuziladi. 
  Dissimilyatsiyada    esa  murakkab          organik    moddalar    anorganik  moddalarga 
parchalanadi.  
  3.Assimilyatsiya  natijasida  organizm  og‘irlashadi.  Dissimilyatsiya  natijasida  organizm 
engillashadi.  
  4.Assimilyatsiya  faqat  xlorofill  bor  hujayralarda  bo‘ladi.  Dissimilyatsiya  protsessi 
hamma tirik hujayralarda bo‘ladi. 5.Assimilyatsiya faqat quyosh bor vaqtda, dissimilyatsiya esa 
hamma vaqtda bo‘lib turadi. 
  6.Assimilyatsiyada energiya to‘planadi. Dissimlyatsiyada energiya sarflanadi.  
  Bu  qarama-qarshi  protsesslar  har  bir  organizmda  bo‘lib  turadi.  Ularning  birligi  ham  
bor.  Birligi    shundan    iboratki,  tirik  organizmning    yashashi,  o‘sishi,  taraqqiy  etishidir.  Bu  2 
protsess to‘xtasa, organizm halok bo‘ladi. 
 
TRANSPIRATSIYA (Suv bug‘latish)  
 
O‘simliklar  suvni  erdan  juda  ko‘p  miqdorda  oladi.  Ammo  olingan  suvlarning  99,8%ini 
havoga bug‘latib chiqaradi. Faqat 0,2% o‘simlik hujayrasida qoladi. 
O‘simliklar  tezda  ayniqsa  tun  vaqtida  suvni  ko‘p  bug‘latadi.  Buning  natijasida 
o‘simliklarning harorati 1°-4°-6° pasayadi. Natijada o‘simliklar o‘zini issiqdan saqlab qoladi. 
Bir tup suli hayoti davomida 6,8 kg suv parlatadi. 
  Jo‘xori 150kg, kungaboqar 200 kg, 1 ga erdagi suli 3.200000 kg (3200 tonna) suv parlatadi.
15
  
                                                             
1.
 
15
 Рейвн П., Эверт Р., Айкхорн С. Современная ботаника. Т. 1-2. – М.: «Мир», 
1990. 
 


102 
 
   
 
O‘simliklarni ko‘payishi. O‘sishi va uning qonuniyatlari. 
 
1.O‘simliklarni ko‘payishi.  
2.O‘simliklarni vegetativ ko‘payishi. 
3.Tabiiy vegetativ ko‘payish.  
4.Ildizpoya, tuganak poya, piyozboshi va boshqalar - maxsus 
organlar orqali ko‘payish. 
5.Su’niy vegetativ ko‘payish - qalamcha qilish, payvandlash. 
Michurin ishlari.  
6.Jinssiz ko‘payish va uning xarakteristikasi.  
7.Jinsli  ko‘payish. Gameta va zigota. Izogamiya. Geterogamiya. Oogamiya.  
8.Jinssiz va jinsli ko‘payishning gallanishi.  
9.O‘simliklarni  o‘sishi.  Ichki  va  tashqi  faktorlarni  ta’siri.  O‘stiruvchi  moddalar.  O‘stiruvchi 
harakatlar.  
-geotropizm 
-fototropizm 
-magnitotropizm. 
O‘simliklarni ko‘payishi. 
O‘simliklar jinsli, jinssiz  va vegetativ yo‘llar bilan ko‘payadi. 
Vegetativ ko‘payish ikkiga bo‘linadi: 
1.Tabiiy vegetativ ko‘payish (ildiz poya, tuganak poya, piyozcha) 
2.Sun’iy vegetativ ko‘payish  (qalamcha, parxesh, payvandlash). 
  O‘simliklarni  ko‘payishini    CH.Davrin      tekshirgan,  keyinchalik  N.I.Vavilov      tomonidan 
o‘rganilgan.  O‘simliklarni ko‘payishi     uzoq,  evolyutsion yo‘lni bosib o‘tgan va natijada 
maxsus ko‘paytiruvchi organlar paydo bo‘lgan. 
Ildizpoya yordamida ko‘payshi.  
-Banan, bambuk, shakarqamish, iris, reven, landish, yalpiz, sparja va boshqalar. Bo‘yimodaron, 
dala qirqbo‘g‘imini ildizpoyasi  10-15sm, saxamil grechixasiniki 150-300sm. 
Tuganak poya orqali ko‘paiyishi.  
Kelib chiqishiga ko‘ra tugunak  
1)tuganak poya (kartoshka, begoniya, siklamen ernok) va  
2)ildiz tuganagi (georgina ildiz tuganagi) bo‘ladi.  
Tuganak poyada ko‘zchalari bo‘ladi. Ildiz tuganagida zapas oziqa moddalar bo‘ladi. Vegetativ 
ko‘payishda ildiz tuganagini ildiz bo‘yinchasida kurtaklar hosil qilib ko‘payadi. 
Piyozboshi bilan ko‘payish. 
Piyozboshi - poya metamorfozidir. 
-lola 
-liliya 
-sarimsoq piyoz 
-narsiss 
Sudralib o‘suvchi poya orqali ko‘payish.  
-qulupnay  
-barvinok(vinka)  
-malina  
-ejevika. 
Maxsus organlarsiz vegetativ kupayish.  
-qalamcha  
-parxesh 
Parxesh qilib ko‘paytirish. 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə