Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   139

92 
 
4.
 
Panjasimon 
murakkab 
barg 
Masalan: 
nasha, 
kashtanning 
bargi 
Barg plastinkasining tomirlanishi har xil bo‘ladi. Bir pallali o‘simliklarning bargi parallel yoki 
yoysimon  tomirlangan  bo‘ladi.  Moy  landishining  bargi  yoysimon,  bug‘doy,  jo‘xori,  arpaning 
bargi  parallel  tomirlangan  bo‘ladi.  Ikki  pallali  o‘simliklarning  bargi  to‘rsimon  tomirlangan 
bo‘ladi. To‘rsimon tomirlanish 3 xil bo‘ladi: 
1.
 
PATSIMON TOMIRLANISH 
2.
 
BARMOQSIMON (Panjasimon) 
3.
 
YULDUZSIMON 
 
TURINI O‘ZGARTIRGAN BARGLAR 
Evolyutsiya jaryonida ko‘pchilik yuksak o‘simliklar vegetativ organlarida bo‘lgani singari barg 
ham o‘z tashqi ko‘rinishini o‘zgartirib boshqa fiziologik funksiyani bajaradigan bo‘lgan.  
 
 
Oddiy barglrarning turlari: 
A-panjasimon o‘yilgan; B-patsimon o‘yilgan; V- panjasimon bo‘lingan; G- patsimon 
bo‘lingan; D- panjasimon qirqilgan; e- patsimon qirqilgan. 


93 
 
 
Murakkab barglar: 
1,2,3-uch bargchali murakkab barglar; 4,5,6-toq patsimon murakkab barglar; 7-juft patsimon 
murakkab barglar; 8,9,11-pajasimon murakkab barglar; 10-yon bargli jingalakli patsimon 
murakkab barg. 
 
Barglarning joylanishi: 
A-navbatlashib; B-qarama-qarshi;  


94 
 
Halqasimon joylashish: V-oleandra, G-chaqamiq, D-kristovnik. 
Barg  metomorfoziga  tikanaklar,  mo‘ylovlar,  zahira  oziq  modda  to‘plovchi  barglar, 
tangacha  barglar  va  hashoratxo‘r  o‘simlik  barglari  misol  bo‘ladi.  Ko‘pchilik  hashoratxo‘r 
o‘simliklarda barg bandi barg plastinkasi vazifasini bajaradi. Bunga fillodiya deyiladi. Kaktus, 
astragal,  qushqo‘nmas  o‘simliklarida  barg  plastinkasi  tikanaklarga  aylanadi.  Mosh,  no‘xot, 
qovoq,  yovvoyi  no‘xot  o‘simliklarida barg plastinkasi  o‘ziga xos mo‘ylovlar hosil  qiladi.  Oq 
akatsiyada kovil, qarag‘ayda yon barglar tikanlar hosil qiladi. Hashoratxo‘r o‘simliklarda bezli 
to‘qimalar  bo‘lib,  ulardan  ishlab  chiqarilgan  sekretlar  hashoratlarni  jalb  qilish  va  parchalash 
xususiyatiga  ega.  Hashoratxo‘r  o‘simliklarni  450  dan  ortiq  turi  mavjud  bo‘lib,  ular 
rossiyankalilar,  puzirchatkalilar,  nepentesoviklar  oilasiga  mansubdir.  Ba’zi  o‘simliklarning 
bargi  asosiy  vazifadan  tashqari  qo‘shimcha  vazifalarni  ham  bajaradi.  Masalan, 
kurtaklarning    tashqi    tomonidagi  qobiqsimon        barglar  meristemani  tashqi  sharoitdan 
saqlab  turadi.  Piyozning  tashqi  tomonidagi  quruq  barglar  ichki  tomonidagi  qismlarini  qurib 
qolishidan saqlaydi. Makkajo‘xorining so‘tasini o‘rab olgan barglar ham jo‘xori donini quyosh 
ta’sirida qurib qolish, chirish va kurtlarning eb ketilishidan saqlaydi.
13
 
Ba’zi o‘simliklarning barglari qisman yoki butunlay tikonga aylangan bo‘ladi. Masalan: 
qushqo‘nmas, qo‘ytikan deb atalgan o‘simliklarning barglari qisman tikanga aylangan bo‘ladi. 
Kaktus  va  barbaris  o‘simliklarining  barglari  esa  butunlay  tikanga  aylangan.  Demak,  tikanlar 
o‘simliklarni himoya qiladi. Agava va aloe o‘simliklarning barglarida suv zapaslari to‘planadi. 
Ba’zi  bir  o‘simliklarning  barglari  gajakka  aylangan.  Bu  gajakka  aylangan  barglar  yordamida 
o‘simlik  biror  narsaga  osilib  yoki  chirmashib  o‘sad.  Masalan,  mosh,  loviya,      no‘xat.   
Avstraliyada      o‘suvchi      Avstraliya      akatsiyasining  barg  bandi  yaxshi  taraqqiy  etib,  barg 
plastinkasiga  aylangan  bo‘ladi.  Bunday  barglarni  fillodiya  deb  ataladi.  Plastinkaga  aylangan 
barg  bandida  fotosintez  protsessi  bo‘ladi.  Demak,  barg  bandining  plastinkasiga  aylanishi 
fotosintez  protsessiga  bo‘lgan  talabdan  dei  hisoblanadi.  Ba’zi  bir  o‘simliklarda  oqsil  modda 
etishmaganligi  sababli  barg  hashorat  tutadigan  qopqonga  aylanadi.  Bunday  o‘simliklarga: 
rosyanka,  muxolovka,  puzirchatka,  kuvshinkalar  kiradi.  O‘simlik  gul  kosachasi,  otalik  va 
onaliklari  qiyofasini  o‘zgartirgan  barg  ekanligini  nemis  shoiri  va  tabiatshunosi  Gyote 
aniqlagan.  Ba’zi  bir  o‘simliklarning  barglari  yordamida  vegetativ  ko‘payishi  mumkin. 
Masalan:  begoniya  va  fikus.  Ba’zi  bir  o‘simliklarning  barglari  ildiz  vazifasini  ham  bajaradi. 
Masalan:  suv  qirqqulog‘i  -  salviniya  Salviniya  natans.  Bu  o‘simliklarda  2  xil  barg:  suvning 
yuzasidagi  va  suvning  ichkarisidagi  barg  bor.  Suvning  ichkarisidagi  barg  ildiz  vazifasini 
bajaradi.  Barg  juda  ham  o‘zgaruvchan  organ.  Bargning  o‘zgarishi  o‘simlikning  yashash 
sharoitiga  bog‘liq.  Ba’zan  bir  tup  o‘simlikning  o‘zida  ham  har  xil  barglar  uchraydi. 
O‘simlikning  pastki,  o‘rtasidagi,  yuqoridagi  barglari  farqlanadi.  Odatda  o‘rta  barglar 
o‘simliklar uchun tipik barg bo‘lib hisoblanadi. 
 
BARG ANATOMIYASI 
 
Bargning ichki tuzilishi 3 xil bo‘ladi: 
1.
 
DORZOVENTRAL 
2.
 
IZOLOTERIAL 
3.
 
RADIAL 
Dorzoventral  bargning  yuqori  tomoni  pastki  tomonga  o‘xshash  bo‘lmaydi.  CHunki 
yuqori  tomonda  qoziqsimon  to‘qimalar,  pastki  tomonda  esa  bulutsimon  to‘qimalar 
joylashgan.  
                                                             
1.
 
13
 
Pharmaceutikal  Botany,  a  Text-Books  for  students  of  pharmacy  and  science.  Published  by 
forgotten books, 2013. – 
 


95 
 
Izoloterial  bargning  yuqori  tomoni  pastki  tomoniga  o‘xshash  bo‘ladi.  Bargning  yuqorisida 
ham pastki tomonida ham qoziqsimon to‘qimalar joylashgan. 
Radial       bargning       tuzilishi       novdaga 
o‘xshash  bo‘ladi.  Bargning  ichki 
tuzilishi  o‘simlikning  yashash sharoitiga ham bog‘likdir.  
Issiq  sharoitda  yashaydigan  o‘simliklarni  kserofit  o‘simliklar  deyiladi.  O‘rta        iqlimda    
yashaydigan    o‘simliklarni mezofit deyiladi.  
Suv  va  nam  sharoitda  yashaydigan  o‘simliklarni  gidrofit  deyiladi.  O‘simliklarning 
bargi epidermis bilan qoplangan. Ba’zi o‘simliklarning bargi ko‘p yillik bo‘lsa ham, (archa, 
qarag‘ay) epidermis bilan qoplangan. Epidermisning ustida kutikula qavati yoki mum izlari 
bo‘ladi.  Kserofit  sharoitda  yashaydigan  o‘simliklarning  bargining  epidermisida  kutikula 
qavat qalin, epidermis bir necha qavat bo‘ladi. Bu o‘simliklarda qoziqsimon to‘qima yaxshi 
taraqqiy etgan. Mezofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda epidermis bir qavat, qoziqsimon 
to‘qima  ham  bargning  yuqori  tomonidan  odatda  bir  qavat  joylashgan  bo‘ladi.  Ba’zan  ikki 
qavat  ham  bo‘lishi  mumkin.  Gidrofit  sharoitda  yashaydigan  o‘simliklarda  qoziqsimon 
to‘qima bo‘lmaydi. Kserofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda og‘izchalar faqat bargning 
pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi. Mezofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda og‘izchalar 
bargning  asosan  pastki  tomonida,  qisman  yuqori  tomonda  joylashgan  bo‘ladi.  Gidrofit 
sharoitda  yashaydigan  o‘simliklarda  esa  og‘izchalar  bargning  yuqori  va  pastki  tomonida  
joylashgan  bo‘ladi. 
Barg plastinkasi 2 qismdan iborat: 
1.
 
Bargning yumshoq qismi- mezofill 
2.
 
Bargning tomir o‘tgan qismi 
Bargning yumshoq qismi mezofillda qoziqsimon va bulutsimon to‘qimalar joylashgan. 
Odatda  qoziqsimon  to‘qimaning  ichkari  tomonida  bulutsimon  to‘qima  joylashgan. 
Qoziqsimon  to‘qima  zich  joylashgan  bo‘ladi.  Bulutsimon  to‘qimaning  hujayralari  orasida 
bo‘shliq  bo‘ladi.  Bargning  mezofill  qismida  ba’zi  hujayralarda  kristallar  to‘planadi. 
Ba’zilarning  hujayrasida  suv  zapaslari  to‘planadi.  Ba’zan  mezofillda  toshsimon  hujayra 
sklereid uchraydi. Masalan: choyning bargida. Ba’zan o‘simliklarning mezofilida oshlovchi 
dubil moddalar, efir moylari va boshqa moddalarni ishlab chiqaradigan hujayralari uchraydi. 
Masalan: lavr, evkalipta, magnoliya va boshqalar. Qoziqsimon va bulutsimon to‘qimalarni - 
assimilyatsion  to‘qima  deb  ham  yuritiladi.CHunki  ularning  hujayrasida  fotosintez  protsessi 
bo‘lib  turadi.  Bulutsimon  to‘qima  siyrak  joylashganligi  uchun  hujayralar  oralaridan  havo 
o‘tib  turadi.  Natijada  barg  shamollatib  turiladi.  SHuning  uchun  bu  to‘qimani  ventelyatsion 
to‘qima  deb  ham  yuritiladi.  Bargning  tomir  o‘tgan  qismida  mexanik  to‘qima  kollenxima, 
asosiy  to‘qima,  hamda  o‘tkazuvchi  to‘qima  bog‘lamlari  joylashgan.  O‘tkazuvchi  to‘qima 
bog‘lamlarining  soni  1  dan  7  tagacha  boradi.  O‘tkazuvchi  to‘qima  bog‘lamida  kambiy 
bo‘lmaydi.  YA’ni  o‘tkazuvchi  to‘qima  bog‘lami  yopiq  bo‘ladi.  O‘tkazuvchi  to‘qima 
bog‘lami  kolloteral  tipda  tuzilgan.  Bargning  poyadan  farqi    shundaki  unda  floema 
kollenximaning  pastki  tomoniga  joylashgan  bo‘ladi,.  Bargning  yumshoq  qismiga  qattiqlik 
beruvchi moddalarni idioblast deyiladi. 
 
DORZOVENTRAL BARG TUZILISHI 
 
Dorzoventral bargda yuqori tomonida ustunsimon, pastki tomonida bulutsimon yoki 
g‘ovaksimon  to‘qimalar  joylashgaq\n  bo‘ladi.  CHo‘ziq  barg  sathiga  nisbatan 
perpendikulyar    joylashgan  hujayralar  ustunsimon  parenxima  deb  atalib,  ba’zi 
o‘simliklarda  bir  qator  (g‘o‘za  bargi),  ba’zilarida  2—3  qator  (sambitgulda)  bo‘lib 
joylanadi.  Turli  shakldagi  hujayralardan  iborat  to‘qima  bulutsimon  yoki  g‘ovak  to‘qima 
deb ataladi. 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə