Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   139

90 
 
10.
 
Березовская    T.П.,  Дмитрук    С.E.,  Гришина      Е.И.,    Белоусов    M.В.    Основы 
фармацевтической ботаники. – Toмск:  Печатная мануфактура,  2004.-294 с. 
11.
 
Xolmatov    X.X.,    Ahmedov    O‘.  A.  Farmakognoziya.  1-2  qism.  –  T.:  “Ibn    Sino”  
nashiryoti, 2007.- 806 b. 
 
Ma’ruza - 6 
 
Barg morfologiyasi. Bargning anatomik tuzilishi. 
Ma’ruzaning maqsadi: 
Barg  vazifasi,  uning  qismlari.  Bargning  poyada  joylanishi.  Oddiy  va  murakkab  barglar, 
qiyofasini o‘zgartirgan barglar, bargning ichki tuzilishi to‘g‘risida tushuncha beriladi. 
 
Reja: 
1.
 
Barg vazifasi 
2.
 
Barg qismlari 
3.
 
Barg plastinkasining tuzilishi 
4.
 
Bargning poyaga joylanishi 
5.
 
Murakkab barglar 
6.
 
Barg metamorfozasi 
7.
 
Barg ichki tuzilishining xillari 
8.
 
Barg ichki tuzilishining o‘simlikning yashash sharoitiga bog‘liqligi 
9.
 
Dorzoventral barg anatomiyasi 
10.
 
Izoloterial barg anatomiyasi 
11.
 
Radial barg anatomiyasi 
 
Tayanch iboralar: Barg.  Barg  yuksak  o‘simliklarning  asosiy  vegetativ  organi.  Bargdagi 
muhim  biologik  jarayonlar:  fotosintez,  transpiratsiya  (suvni  bug‘latish).  To‘liq  va  to‘liqsiz 
barglar. Shakllangan barg qismi: barg plastinkasi, bandli va qo‘shimcha barg (yon bargcha). 
Oddiy va murakkab barglar va ularning xillari. Barg plastinkasining cheti, shakli, uchi, asosi 
va tomirlanishi. SHaklini o‘zgartirgan barglar. Barg metomorfozi.  
Vazifasiga 
qarab 
ichki tuzilishi: dorzoventral, izoloterial, radial barglar. Tashqi muhitga qarab barg tuzilishini 
moslanishi.   Barg  mezofili.  Ustunsimon  to‘qima  hujayralari.  Bulutsimon  g‘ovak  to‘qimalar. 
Motor hujayralar. hoshiyali parenxima hujayralari. Smola yo‘li. Epitilial qatlam. O‘tkazuvchi 
sistema.   
Barg tomir o‘tgan qismi: mexanik, asosiy, o‘tkazuvchi to‘qimalar.    
 
BARG  MORFOLOGIYASI- Folium
Barg  vegetativ  a’zo  sifatida  yuksak  o‘simliklar  uchun  xosdir.  Barg  vositasida 
o‘simliklarning tashqi muhit bilan munosabati amalga oshadi. Barg poyada joylashgan bo‘lib, 
uning o‘sish konusidagi merestema hujayralarining rivojlanishidan hosil bo‘ladi. Ular poyada 
o‘ziga xos navbat bilan joylashgan bo‘lib, uning eniga va bo‘yiga o‘sishi bargning asosini va 
barg  yaprog‘ini  hosil  qiladi.  Barg  birinchi  marotaba  urug‘  embrionidan  yoki  kurtakdan  o‘sib 
chiqadi.  Barg  pastki  tomoni  bilan  o‘sadi.  Ba’zi  o‘simliklarda  masalan  qirqquloqsimonlarda 
barg  uchi  bilan  o‘sadi.  Ko‘pchilik  o‘simliklar  bargi  bahorda  chiqib  kuzda  to‘kiladi.  Ba’zi 
o‘simliklarning bargi esa bir necha yil to‘kilmasdan turadi. Masalan: qarag‘ayning bargi 3 yil, 


91 
 
archaning  bargi  10  yil,  velvichiya  deb  atalgan  o‘simlikning  bargi  100  yil  to‘kilmasdan  tura 
oladi. 
Barg quyidagi funksiyalarni bajaradi.  
1. Fotosintez  
2. Gazlar almashinuvi  
3. Suv bug‘latish  
 
4. Zahira oziq moddalarni saqlash (karam, piyoz)  
5. Himoya vazifasi (tikanaklar)  
6.Vegetativ ko‘payishga, xizmat qiladi (yapon binafshasi, begoniya)  
Barg  quyidagi  qismlardan  tuzilgan  bo‘ladi  va  barg  bandi,  plastinkasi,  yon  bargcha  va 
barg  asosi.  Barg  asosi  bilan  novdaga  birlashib  turadi.  Barg  bandi  barg  asosi  va  yaprog‘ini 
orasida hosil bo‘ladi. Uning vazifasi bargni yorug‘likka qaratib, maxanik vazifani bajarishidir. 
U ayrim o‘simliklarda yaxshi rivojlangan bo‘lsa, ayrimlarida bo‘lmaydi, bunday barglar o‘troq 
barglar deyiladi. Bunday barglar g‘allagulli o‘simliklarda hosil bo‘lib, barg qinchasi, tilchasini 
hosil qilib bo‘g‘indan bo‘g‘ingacha masofada joylashadi. YOn bargchalar mayda bo‘lib, asosan 
2 tadan bo‘ladi.  
Vazifasi  kurtakni  himoya  qilishidir.  Ayrim  o‘simliklarda  ular  tushib  ketadi.  (qamish, 
olma, nok). Masalan: moshda, g‘o‘zada uch burchakli bo‘lsa, akatsiyada tikanaklarga aylanadi. 
Vegetatsiya davrida har bir o‘simlikda quyidagi toifadagi barglar hosil bo‘ladi.  
1.     Pastki yarusdagi barglarga kurtakdagi, ildizpoyadagi, piyoz boshlardagi barglar kiradi.  
2.     O‘rtayarusdagi barglar haqiqiy yashil barglar hisoblanadi.  
3.     YUqori yarusdagi barglarga. G‘unchani va to‘p gullarni o‘rab turuvchi barglar kiradi.  
Ba’zi  o‘simliklarning  bargi  bandsiz  bo‘ladi,  Masalan,  ko‘knorining  bargi.  Ba’zi 
o‘simliklarning  bargi  qinli.  Masalan:  g‘alladoshlarning  bargi,  soyabongullilarning  oilasiga 
kirgan o‘simliklar. 
Barg bandli ham bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklarning bargining tagida qo‘shimcha bargi ham  
bo‘ladi. Masalan: no‘xat, g‘o‘za barglari tagida. 
Agar  barg  plastinkasi  1  ta  bo‘lsa  oddiy  barg  deyiladi.  Barg  plastinkasi  butun  yoki 
qirqilgan  bo‘lishi  mumkin.  Agar  barg  plastinkasi  o‘rta  tomiriga  nisbatan  1/3  qismi  qirqilgan 
bo‘lsa,  bo‘lakli  barg  deyiladi.  masalan:  chinor,  anjir,  g‘o‘za,  terak,  dub  barglari.  Agar  barg 
plastinkasi bundan ham chuqqurroq qirqilgan bo‘lsa, ammo o‘rta tomirigacha etmagan bo‘lsa, 
kesik barg deyiladi. Masalan: qoqio‘t, jag‘-jag‘. 
Agar  barg  plastinkasi  o‘rta  tomirigacha  qirqilgan  bo‘lsa,  ajralgan  barg  deyiladi. 
Masalan: pomidor, kartoshka. 
Barg  plastinkasining  cheti  tekis  qirrali  yoki  tishsimon,  arrasimon  yoki  o‘yiqsimon 
bo‘lishi mumkin. 
Barg  plastinkasi  har  xil  shaklda:  ninasimon  (qarag‘ay),  chiziqsimon  (g‘alladoshlar), 
lantsetsimon (shaftoli, tol), yuraksimon (o‘rik), buyraksimon (tugmachagul), tuxumsimon (qora 
ituzum), o‘roqsimon (evkalipt), strelkasimon (pechakgul) va boshqa bo‘lishi mumkin. 
Barg  plastinkasi  xar  xil  kattalikda  bo‘ladi.  Masalan:  Gruziyada  o‘suvchi  Pterium  o‘simligi 
bargi nihoyat darajada katta bo‘ladi. Odam bemalol ko‘rpa qilib ustiga yopsa bo‘ladi.  
Barg poyaga xar xil ravishda o‘rnashadi. Ba’zi o‘simliklarning bargi poyada ketma-ket 
o‘rnashadi.  Masalan:  tol,  terak  barglari.  Barg  poyada  qarama-qarshi  o‘rnashgan.  Masalan: 
labsimongullilar  oilasiga  kiradigan  o‘simliklar  (yalpiz,  shalfey).  Ba’zi  o‘simliklarning  bargi 
poyada  halqasimon  ravishda  joylashgan.  Sambitgul  o‘simligining  bargi  3  tasi  bitta  joydan 
chiqqan bo‘ladi.  
Bargning  asosiy  bandi  bo‘lib,  shu  asosiy  bandga  bir  nechta  bargchalar  o‘zlarining 
bandchalari bilan joylashgan bo‘lsa, murakkab barg deyiladi. Murakkab barglar bir necha xil 
bo‘ladi: 
1.
 
3 plastinkali murakkab barg Masalan: qulupnay, bedaning bargi. 
2.
 
Toq patli murakkab barg. Masalan: na’matak, yong‘oq, akatsiya bargi kiradi. 
3.
 
Juft patli murakkab barg Masalan: no‘xatning bargi, sariq akatsiyaning bargi. 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə