248
Ikki pallali o‘simliklarning poyasi birlamchi yo‘g‘onlashgach, prokambiyning bir qismidan
kambiy hosil bo‘ladi, natijada ularda ikkilamchi yo‘g‘onlashish boshlanadi. Epiderma ostida
kollenxima va po‘stloq parenximasi bo‘lib, po‘stloqda ba’zan sklerenxima ham kuzatiladi.
Poyaning o‘rtasiga yaqin joylashgan parenxima hujayralarida ochiq kollateral o‘tkazuvchi
bog‘lam aylana bo‘ylab, bir sathda joylashadi.
2. Darsning vazifasi:
O‘tli o‘simliklar poyasidagi to‘g‘imalarning joylanishi, ularning vazifasi, bir va ikki
pallali o‘simlik poyalarining ichki tuzilishidagi farqlarni o‘rganish.
TEZKOR SO‘ROV UCHUN SAVOLLAR
1. O‘tli o‘simliklarning poyasida qanday qoplovchi to‘g‘imalar mavjud
2. O‘tli o‘simliklar poyasida hosil qiluvchi to‘g‘ima turlari va vazifalari
3. Bir pallali o‘simliklar o‘tkazuvchi to‘g‘ima bog‘lamlarining ikki pallalilarnikidan farqi
4. Bir pallali o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi
5. Ikki pallali o‘simliklar poyasining birlamchi tuzilishi
6. Ikki pallali o‘simliklar poyasining ikkilamchi tuzilishi
Blits o‘yin
Guruh
bahosi
Guruh
xatosi
To‘g‘ri
javob
YAkka
xato
YAkka
baho
Guruh
ichidan
chetlatish
Ikki pallali o‘tli o‘simlik
poyalarining ichki tuzilishi
1. Kollenxima asosan epi-
dermis ostida, skleren-xima esa
poyaning marka-ziga yaqinroq
halqasimon yoki bo‘lak-bo‘lak
bo‘lib joylashadi.
2. Birlamchi po‘soq asosan
xlorofill donachalari bo‘lgan
parenxima
to‘g‘imalardan
tashkil topgan.
3. Endodermaga yaqin turgan
peretsikldan bosh-lab, markaziy
silindr boshlanadi.
4. Uning tarkibiga mexa-nik
to‘g‘ima – kollenxima va
sklerenximalar kiradi.
5. Ikki pallali o‘simlik-larda
poya – epidermis birlamchi
po‘stloq, marka-ziy silindrga
bo‘linadi.
6.
Birlamchi
po‘stloqning
markazga
yaqin
qismi
endoderma deb ataladi.
7.
O‘tkazuvchi
bog‘lamlar
249
ochiq kollateral tipda bo‘ladi.
8. Peretsikldan markazga harab
floema va ksilema orasida
kambiy bo‘lgan o‘tkazuvchi
bog‘lamlar joylashgan.
9.
Peretsikldan
ko‘pchilik
o‘simliklarda qo‘shimcha ildiz
va kurtak hamda ikkilamchi
meristema hosil bo‘ladi.
Bumerang metodi
1 – guruhga beriladigan vazifa
1. Poyaning ichki tuzilishida meristema hujayralarining vazifasi
2. O‘tli o‘simliklar poyasida qanday qoplovchi to‘g‘imalar mavjud
2 – guruhga beriladigan vazifa
1. Bir pallali o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi
2. Bir pallali o‘simliklar o‘tkazuvchi to‘g‘ima bog‘lamlarining ikki pallalilarnikidan farqi
3 – guruhga beriladigan vazifa
1. Ikki pallali o‘simliklar poyasining birlamchi tuzilishi
2. Ikki pallali o‘simliklar poyasining bir pallali o‘simliklar poyasining anatomik tuzilishidagi
farqi
4 – guruhga beriladigan vazifa
1. Ikki pallali o‘tli o‘simliklar poyasining ikkilamchi tuzilishi
2. Poyaning ichki tuzilishida, yo‘g‘onlashishida kambiy hujayralarining vazifasi
6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar
1 – tajriba: - Makkajo‘xori poyasidan ko‘ndalang kesik tayyorlab, unga safranin eritmasidan
tomiziladi. Bunda kollateral bog‘lamni, ya’ni ksilemaning bir tomonida
floema joylashgan bo‘lib, yopiq bog‘lam ekanligi kuzatiladi. Bir pallali
o‘simlikda o‘tkazuvchi to‘qma bog‘lamlari tartibsiz joylashgan bo‘ladi.
2 – tajriba: - Ikki pallali o‘simlikni poyasi, oshqovoqdan ko‘ndalang kesik tayyorlab, unga
safranin reaktividan tomizib, mikroskopda ko‘riladi va o‘tkazuvchi to‘g‘ima
bog‘lamlari bikollateral tipda tuzilganligi aniqlanadi. Bunda ksilemaning har
ikki tomonida floema joylashgan bo‘lib, kambiy borligi uchun ochiq
bog‘lamligi kuzatiladi. Ikki pallali o‘simliklarni o‘tkazuvchi to‘g‘ima
bog‘lamlari tartibli joylashganini ko‘riladi.
3 – tajriba: - Ikki pallali o‘simlikni poyasidan kesik tayyorlab, floema va ksilema bog‘lam
shaklida bo‘lmay, balki tutash, ya’ni aylana shaklida joylashganini ko‘rish.
Topshiriq: - Bir va ikki pallali o‘tli o‘simlik poyalarida to‘g‘imalarning joylanishini rasmini
chizib, qismlarini yozing. Bog‘lamsiz poya tuzilishining rasmini chizib,
nomini yozing.
250
Laboratoriya mashg‘ulot – 12
Mavzu: “Yog‘ochli o‘simliklar poyasining anatomik tuzilishi”
1. Darsning maqsadi:
Yog‘ochli o‘simliklar poyasi 3 qismga bo‘linadi: po‘stloq, yog‘ochlik va o‘zak.
Daraxtlar poyasining ustki tomoni periderma bilan qoplangan. Daraxtning po‘stloq qismi
ikkiga bo‘linadi: birlamchi po‘stloq unga peridermadan ikkilamchi floemagacha bo‘lgan
to‘g‘imalar kiradi. Bu to‘g‘imalar - kollenxima, oziq moddalar to‘plovchi asosiy to‘g‘imalar,
peretsikl qoldig‘i va birlamchi floemadan iborat. Ikkilamchi po‘stloqqa ikkilamchi floema
elementlari va o‘zak nur hujayrasi kiradi. Po‘stloq bilan yog‘ochlikni kambiy chegaralab
turadi.
Yog‘ochlik qismida o‘tkazuvchi to‘g‘ima har xil naycha va traxeidlardan iborat. YOg‘ochlik
parenximasida oziqli moddalar to‘planadi. O‘zak nur hujayralari poyada radius bo‘ylab
joylashgani uchun, radial nurlar deb ham ataladi.
Daraxtli o‘simliklarning eniga yo‘g‘onlashuvi kambiy faoliyatiga bog‘liq. O‘zak qismi
poyaning markazida joylashgan bo‘lib, uning hujayralari har xil moddalar - oshlovchi
moddalar ta’sirida qoramtir, sariq, qo‘ng‘ir tusga kiradi.
2. Darsning vazifasi:
Daraxtli o‘simliklar poyasidagi to‘g‘imalarning joylanishini, vazifalarini, poyalarning
eniga yo‘g‘onlashuvi kambiy faoliyatini o‘rganish.
TEZKOR SO‘ROV UCHUN SAVOLLAR
1. Ikkilamchi qoplovchi to‘g‘ima – periderma va uning tuzilishi
2. Daraxtsimon o‘simliklar poyasining ichki tuzilishidagi qismlari
3. Birlamchi po‘stloqdagi to‘g‘imalar va ularning vazifasi
4. Ikkilamchi po‘stloqdagi to‘g‘imalar va ularning vazifasi
5. Ikilamchi yog‘ochlikdagi to‘g‘imalar va ularning tuzilishi
6. O‘simlik poyasining yo‘g‘onlashuvida kambiy faoliyati
7. Yillik halqaning hosil bo‘lishi
8. YOg‘ochlik yarosi tarkibi va vazifasi
9. Nina bargli o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi
5. Metod - Vertushka
№ YOg‘ochli
o‘simliklar
poyasidagi
hujayra-
lar
Peri-
derma
Bir-
lamchi
po‘stloq
Ikki-
lamchi
po‘stloq
Ikki-
lamchi
yog‘ochli
k
Birlamchi
yog‘ochlik
O‘zak
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Epiderma qoldiqlari
Kollenxima
Sklerenxima – lib-
riform
O‘zak nur hujayra-
lari (birlamchi)
Yog‘ochlik yadrosi
Birlamchi floema
Yirik suv naychalari
Radial nurlar
Dostları ilə paylaş: |