Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 181,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix12.06.2023
ölçüsü181,63 Kb.
#116837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
desertatsiya haqida

VIII ILMIY RAHBAR
Ilmiy rahbar mavzu tanlanishidan tortib, himoya jarayonining oxirigacha
bitiruvchiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, magistrlik dissertatsiyasi tayyorlanishining sifati,
saviyasiga muallif bilan barobar javob beruvchi ustozdir. Ilmiy rahbar, asosan, institut
ustoz-murabbiylari doirasidan tanlanadi. SHuningdek, ilmiy rahbar institutdan tashqari
ilmiy-tadqiqot institutlaridan, oliy o‘quv yurtlaridan, davlat boshqaruvi idoralaridan
ham taklif etilishi mumkin. Institut doirasidagi ikki o‘qituvchi yoki institut va institut
tashqarisidagi mutaxassislar birgalikda bir bitiruvchi magistrlik dissertatsiyasiga ham
rahbarlik qilishlari mumkin. Rahbarlarning birini nazariyotchilardan, ikkinchisini
amaliyotchilardan belgilasa ham bo‘ladi (konsultant).
«Magistratura haqida Nizom»da ilmiy rahbarlik to‘g‘risida shunday deyiladi:
6.7. Magistrlik dissertatsiyasining bajarilishi shu ta’lim muassasada ishlaydigan,
odatda, shu ixtisoslik bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasiga va mutaxassislik kafedra
bo‘yicha professor ilmiy unvoniga ega pedogog rahbarligida amalga oshiriladi.
Maslahatchi sifatida akademiya va tarmoq ilmiy-tadqiqot institut, konstruktorlik
byurolari hamda ishlab chiqarishdan yuqori malakali mutaxassis taklif qilinishi
mumkin.
Istisno tariqasida magistrlik ilmiy rahbari etib, oliy ta’lim muassasalari Ilmiy
Kengashi ruxsati bilan fan nomzodi, dotsent tayinlanishi mumkin.
Ilmiy rahbar bir yilda 5 nafargacha magistrantga rahbarlik qilish huquqiga ega.
Dissertatsiyaga ilmiy rahbarlarni kafedra mudiri har bir mavzu va mutaxassislik
bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning salohiyati va izlanish yo‘nalishiga mos ravishda
kafedradan, institut va institutdan tashqaridan mutaxassisni tavsiya etadi va bu masala
kafedra
yig‘ilishida
muhokama
qilinib,
tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan
ro‘yxat
magistraturaga beriladi, u yerda umumlashgan ro‘yxat va dissertatsiya mavzulari
institut Ilmiy Kengashiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. Ilmiy Kengashda
tasdiqlangan mavzular va ilmiy rahbarlar ro‘yxati bilan rektor buyruqlari asosida
qonunlashtiriladi.


12
Ilmiy rahbarlarning asosiy vazifalari:
-dissertatsiya mavzusini tanlash va belgilashda yordam berish;
-dissertatsiya ishi bo‘yicha talaba bilan haftalik uchrashuv vaqtlarini aniq
belgilash;
-dissertatsiya ishi rejalarini tuzishda yordam berish;
-talaba o‘quv rejasini bajarilishini nazorat qilib borish;
-talabaning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi bilan shug‘ullanish.
Talabaga ilmiy rahbarni biriktirish magistrlik dissertatsiyasi mavzulari va ilmiy
rahbarlarni tasdiqlash bo‘yicha buyruq loyihasini tayyorlovchi kafedra mudiri
tomonidan tavsiya etiladi. Dissertantning ilmiy rahbar bilan maslahatlashuvlari
avvaldan belgilangan kunlar va soatlar muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.
Maslahatlar vaqtida talaba tomonidan dissertatsiya ishi rejasining bajarilishi ko‘rib
chiqiladi va dissertatsiya ishining borishi muhokama qilinadi. Mazkur muhokamaning
natijalari uning vaqtini to‘g‘ri taqsimlash va dissertatsiyani tayyorlash hamda yozishni
tezlashtirishga yo‘naltirilishi kerak.
Ilmiy rahbar magistrantga dissertatsiyasi ish rejasini ishlab chiqishda ishtirok
etish bilan bir qatorda boshqa masalalarda ham yordam beradi, jumladan:
a)
mavzu
bo‘yicha
zarur
adabiyotlar, statistik
ma’lumotlar
va
boshqa
manbalardan foydalanishga doir tavsiyalar berish;
b) dissertatsiya mavzusi bo‘yicha muntazam suhbatlar va maslahatlar o‘tkazib
turish;
v) bajarilgan ish mazmunini qismlari bo‘yicha hamda yaxlitligicha baholash;
g) dissertatsiyani himoyaga taqdim etishga rozilik berish va boshqalar.
Xulosa qilib aytganda, ilmiy rahbar tadqiqotchiga doimo ilmiy va uslubiy yordam
ko‘rsatib turadi. Ishning nihoyasiga yetkazilishi ustidan muntazam nazorat olib boradi.
SHuningdek, ayrim hollarda ma’lum o‘zgartirishlar kiritadi, u yoki bu qarorni qabul
qilishi maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi hamda ishning yakuniga yetkazilganligi
to‘g‘risida xulosa beradi.
YUqoridagilardan tashqari ilmiy rahbar:
-dissertatsiya ishini bajarilishini doimiy nazorat va qismlar bo‘yicha talab qilish
hamda o‘z vaqtida o‘qib xulosalar berish;


13
-amaliyotdan oldin, uning davomida va keyin dissertatsiya ishiga ma’lumotlarni
jamlash, ularni qayta ishlash va umumlashtirishga yordam berish va nazorat qilib
borish;
-dissertatsiya ishining yozilishi, rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
dissertatsiya ishining dastlabki himoyalarga va DAK himoyasiga tayyorlashda yordam
berish;
-zaruriy hujjatlar va taqrizlar to‘plashda maslahatlar
berish;
-o‘z xulosa va takliflarini (taqrizlar orqali) berish;
-dissertatsiya ishlariga dastlabki himoyalarni o‘tkazishda qatnashish;
-dissertatsiya himoyasida qatnashish.

Yüklə 181,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə