Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 181,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix12.06.2023
ölçüsü181,63 Kb.
#116837
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
desertatsiya haqida

XIII JADVALLAR
Dissertatsiya ishida ko‘p uchraydigan kamchiliklardan biri jadvallarning noto‘g‘ri
aks ettirilishi. Bu borada keltirilgan adabiyotlardan ham o‘rgansa bo‘ladi. Lekin jadval
qaysi ko‘rinishga ega bo‘lmasin, undagi tartibga rioya qilingan holda bo‘lishi shart.
Birinchi navbatda jadval tartib raqami yuqoridan chap tarafda qo‘yilib, keyin
uning nomi yoziladi. Jadvalning yuqori qismidagi katakchalar (yacheykalar) nomlari
bosh harf bilan, pastki katakchalarniki — kichik harflarda yoziladi.
Jadvalning ko‘rsatkichlarining har biri alohida bosh harf bilan yozilib, tartib raqami
ham ko‘rsatilishi mumkin. Ko‘rsatkichlarni ifodalovchi raqamlar jadval ustunlarida
birlik, o‘nlik, yuzliklar ketma-ketligida yozilishi talab etiladi. Albatta, jadval
ko‘rsatkichlari qaysi o‘lchamda (son, so‘m,..,) aks ettirilishi alohida qayd etiladi.
Har bir jadval bo‘yicha matnda (jadval matnning qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar)
jadvaldan oldin yoki keyin ko‘rsatkichlar va natijalari bo‘yicha xulosa yozilib borilishi
shart.
XIV DISSERTATSIYA ISHINI YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASIDA
HIMOYA QILISH
Magistrlik dissertatsiya ishlari himoyasini o‘tkazish bo‘yicha YAkuniy Davlat
Atesstatsiya Komissiyasi Oliy ta’lim vazirligi tasdiqlagan rais rahbarligida kamida 7
kishidan iborat bo‘ladi. Rais va a’zolarning 40-50% institutdan tashqaridagi vazirlik,
idoralar, korxonalar, ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish institutlari, soha
mutaxassislari va olimlaridan iborat bo‘lishi kerak.
Dissertatsiya ishlari mutaxassislik kafedralari majlislarida muhokamadan o‘tgan
bayonnomalari asosida himoyaga tavsiya etilgandan so‘ng, institut rektori buyrug‘i
bilan talabalarni YAkuniy Davlat Attestatsiyasiga qo‘yilishi belgilanadi.


17
Himoyaga qo‘yilgan dissertatsiya ishlari belgilangan hujjatlar, to‘plami bilan
(kafedra mudiri, ilmiy rahbar, konsultant va magistratura rahbari imzolari bilan)
dekanat tomonidan YAkuniy Davlat Attestatsiya Komissiyasiga taqdim etiladilar.
Himoya qilish institut rektori tomonidan tasdiqlantn jadval asosida amalga
oshiriladi.
Davlat
Atesstatsiya
Kommissisiyasi
o‘zining
har
bir
majlisini
«Sanoq
komissiyasini» saylash va shu kunning alohida bayonnomasini tuzish bilan belgilaydi.
Har bir majlisda 5-6 dissertatsiya ishi himoyasini o‘tkazish mo‘lljallanadi.
Himoya ochiq jamoa o‘rtasida o‘tkazilib, munozara xarakteriga ega bo‘ladi
Komissiya ishi ilmiy muloqot odobiga rioya qilingan holda o‘ta talabchanlik va qat’iyat
bilan o‘tkaziladi.
Dissertatsiya
himoyasida
talaba
ilmiy
rahbari,
maslahatchisi,opponentlari
qatnashishlari shart bo‘lib, ulardan tashqari boshqa hohlovchilar (kafedra a’zolari,
mutaxassislar, talabalar, ota-onalar va boshqalar) qatnashishlari mumkin.
DAK raisi navbatdagi himoya qilinadigan dissertatsiya ishi va unga taalluqli
hujjatlar bilan tanishtirilgandan so‘ng so‘z talaba ilmiy rahbari va maslahatchilarga
beriladi. Ulardan keyin dissertantning ma’ruzasi eshitiladi. Ma’ruzadan so‘ng unga
savollar beriladi va dissertant ularga javob beradi.
Savol-javoblar tugagandan so‘ng rasmiy opponentlar va xohlovchilarga so‘z
beriladi. Navbat yana magistrantga-opponentlar va so‘zga chiqqanlar savollariga javob
berish uchun beriladi.
Himoya dissertatsiya ishini muhokama qilish va ilmiy munozaralar bilan davom
ettiriladi va magistrant xohishiga ko‘ra uning yakunlovchi so‘zi bilan tugallanadi.
Himoya dissertatsiya ishini har bir DAK a’zosi tomonidan ballar asosida maxsus
baholash varaqasida aniq ovoz berishni amalga oshirish, sanoq komissiyasi ularni
umumlashtirish va komissiya sanoq natijalarini tasdiqlash va o‘z qarorini bayonnomada
aks ettirish bilan tugalanadi Qaror jamoa o‘rtasida e’lon qilinadi.
Davlat Attestatsiya Komissiyasining hamma hujjatlari va dissertatsiya ishi kotiba
tomonidan ro‘yxatga olinadi. DAK o‘z qarorini maxsus bayonnomada va talaba reyting
daftarchasida tasdiqlaydi (himoya qilingan ishlar bo‘yicha) Himoya qilinmagan yoki


18
himoyadan chetlatilgan yoki ovoz berishda kam ovoz olgan dissertatsiya ishlari
bo‘yicha Qaror faqat bayonnomada qayd qilinadi.
Himoyadan o‘tmagan, himoyadan chetlashtirilgan dissertatsiya ishlari «Himoya
qiliinmagan» deb hisoblanib, magistrlik darajasi berilmaydi va bunday ishlar kelgusi
yilda rektor buyrug‘i bilan himoyaga quyilishi mumkin (yangilangan holda).
Himoyadan o‘tmagan talabalarga o‘qigan fanlarning hajmi ko‘rsatilgan ilova va maxsus
guvohnoma beriladi.


19
1-ilova
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya
instituti rektori
______________________F.I.SH.
_____________guruh magistranti
____________________dan
Ariza
Sizdan_________________________________________________________________
_________________________________________________________________
(magistrlik dissertatsiyasi mavzusining to‘liq nomi)
mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini mening nomimga tasdiqlab berishingizni
so‘rayman.
Dissertatsiya_________________________________________________________
kafedrasi bo‘yicha_____________________________________________________
(moliya soliq tashkilotlari yoki iqtisodiy xo‘jalik sub’ekti nomlari)
______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
__________________________________materiallari asosida tayyorlanadi

Yüklə 181,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə