Toshkent kimyo-texnologiya instituti



Yüklə 154,11 Kb.
səhifə3/6
tarix25.12.2023
ölçüsü154,11 Kb.
#161005
1   2   3   4   5   6
bekbergen correct

Yoʻldosh neft gazlari, yoʻlakay neft gazlari — neft va gaz uglevodorodlaridan hosil boʻlgan mahsulotlar sifatida tabiatda doimo birga uchraydigan gazlar. Har qanday neft uyumida maʼlum bir miqdorda gaz miqdori mavjud va u qatlam sharoitida neftda erigan holatda boʻladi. Neft yer yuzasiga chiqqan paytda u bilan birgalikda chiqadi.
Qatlam neftidan ajraladigan va uning harakat yoʻlida burgʻi qudugʻi ogʻzidagi asboblardan to neftni yigʻuvchi punkt rezervuarlarigacha ajraladigan gazlarning umumiy miqdori potensial gaz omili deb ataladi. Gaz omili qatlamda neftda erigan gaz miqdorini ifodalaydi va uning qatlamdagi miqdori zaxira sifatida hisoblanadi. Qatlamdagi gaz omilining miqdori va eriganlik darajasi qatlamning toʻyinganlik bosimiga bogʻliq. Demak, qatlamdan olinayotgan neft yer yuziga chiqqach, gazsiz neft va neft gaziga ajraladi. Neft bilan chiqadigan Y. n. g .ning 1 t neftga toʻgʻri keladigan miqdori bir necha m3 dan bir necha yuz kubometrgacha borishi mumkin. Bu miqdor neftning fizik xossalariga, qatlamning joylashish sharoitlari va rejimiga, qatlam bosimi va temperaturasiga hatto yil fasliga ham bogʻliq holda metan, etan, propan, butan, pentan va geksan gazlaridan tashkil topgan boʻladi.
Neft xom ashyolarini qayta ishlashda har bir destruktiv jarayonlardan zavod gazlari hosil bo’ladi. Zavod gazlari uglevodorod tarkibiga ko’ra bir-biridan farqlanadi. Termik kreking gazlari tarkibida metan va boshqa miqdorda to’yinmagan uglevodorodlarga boy bo’ladi. Katalitik kreking gazlaridan butan va butilenlar miqdori ko’pligi bilan farqlanadi.
Tabiiy gazlar xam kimyo sanoati uchun o`ta muxim xomashyo bo’lib xisoblanadi. Xozirgi kunda sun’iy kauchuk, spirtlar, yuqori sifatli motor yoqilg’ilari, a’lo navli qurumlar, eritgichlar, sun’iy tolalar, polietilen, katron va boshqa o’nlab maxsulotlar olinmoqda.
Tabiiy gaz inson hayotining ko'plab sohalarida zarur bo'lgan haqiqiy xazinadir, masalan:

  • Gaz dvigatellari;

  • Quruqlikdagi transport uchun yoqilg'i;

  • Maishiy ehtiyojlar (isitish va pishirish);

  • Qurol ishlab chiqarish;

  • O'g'it ishlab chiqarish;

  • Inert muhitlarni yaratish;

  • Neft va tog'-kon sanoati;

  • Plastmassa ishlab chiqarish.

Umuman olganda hayotimizda kerak bo’ladigan har qanday mahsulotlarning ko’p qismini gazlar tashkil etadi.

Yüklə 154,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə