|
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasisertifikatning asl nusxasi hamda o’zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilovaDasturi asosida ishlab chiqilgansertifikatning asl nusxasi hamda o’zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova
qilingan holda topshiriladi.
Sertifikat ariza topshirilgan kundan boshlab besh kun ichida ilgari berilgan sertifikat
raqami bilan qayta rasmiylashtiriladi. Ilgari berilgan sertifikat blankasi tegishli
auditorlarning jamoat birlashmasi tomonidan belgilangan tartibda yo’q qilinadi.
Yo’qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan sertifikat o’rniga sertifikat egasining arizasiga
ko’ra uning dublikati berilishi mumkin.
Sertifikat egasi sertifikati yo’qolganligini matbuotda e’lon qilishi va uning matbuotda
e’lon qilinganligini tasdiqlovchi axborotni tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga
taqdim etishi lozim. Sertifikat dublikatida uning avvalgi qayd etilgan raqami va ilgari
belgilangan amal qilish muddati yoziladi, yangi blankaning yuqori burchagida “Dublikat”
yozuvi ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Yaroqsiz holga kelgan sertifikat tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga yo’q qilish
uchun qaytarib berilishi kerak.
Sertifikatni qayta rasmiylashtirganlik hamda uning dublikatini berganlik uchun ariza
topshirilgan sanadagi eng kam ish haqining to’rtdan bir qismi miqdorida yig’im undiriladi.
Sertifikatning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
sertifikat egasining arizasiga muvofiq;
har yillik 20 soatli malaka oshirish kursini o’tamaganda;
sertifikat egasi tomonidan ichki audit xizmatidagi faoliyati mobaynida olingan
konfidentsial axborot xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining yozma ruxsatisiz uchinchi
shaxslarga taqdim etilganda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
sertifikatni ichki audit faoliyatida foydalanish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga
Dostları ilə paylaş: |
|
|