Toshkent moliya instituti «buxgalteriya hisobi, iqtisodiytahlil va audit»


Хo‘jalik operatsiyalari ta’sirida balansda sodir bo‘luvchi o‘zgarishlar



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/25
tarix11.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#86537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Korxona buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi

Хo‘jalik operatsiyalari ta’sirida balansda sodir bo‘luvchi o‘zgarishlar 

va ularning buxgalteriyadagi ahamiyati 

Yuqorida  qayd  etganimizdek  buxgalteriya  balansi  har  oyning  1-sanasiga 

tuziladi.  Har  bir  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt o‘z  faoliyatini  amalga  oshirish 

jarayonida 

ko‘plab  xo‘jalik  operatsiyalarini  sodir  etadi.  Bu  xo‘jalik 

operatsiyalarining har biri sodir bo‘lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari 

summalarini o‘zgartirib  yuboradi,  ammo  balans  tengligi  saqlanadi.  Xo‘jalik 

operatsiyalari balansga faqat to‘rt xil yo‘l bilan ta’sir etadi. 

1-

 

tur o‘zgarish. Shunday xo‘jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat 



aktiviga  ta’sir  etadi.  Bunda  balansning  aktivida  bir  modda  summasi  ko‘payib, 

ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy 

summasi o‘zgarmaydi. 

2-

 



tur o‘zgarish.  Shunday  xo‘jalik  operatsiyalari  sodir  bo‘ladiki,  ular 

balansning  faqat  passiviga  ta’sir  qilib,  passivda  bir  modda  summasi  ko‘payib, 

ikkinchi  modda  summasi  ayni  shu  summaga  kamayadi.  Bunda  ham  balansning 

umumiy summasi o‘zgarmaydi. 

3-

 

tur o‘zgarish.  Shunday  xo‘jalik  operatsiyalari  sodir  bo‘ladiki,  ular 



balansning  aktiviga  va  passiviga  ham  ta’sir  etib,  ular  summasini  ko‘paytirib 

yuboradi. 

4-

 

tur  o‘zgarish.  Shunday  xo‘jalik  operatsiyalari  sodir  bo‘ladiki,  ular 



balansning  aktiviga  ham  passiviga  ham  ta’sir  etib,  ular  summasini  kamaytirib 

yuboradi. Balansga ta’sir qiladigan bunday o‘zgarishlarni misollarda keltiramiz. 

Хo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda xo‘jalik mablag‘lari tarkibi va hajmi 

sodir  bo‘layotgan operatsiyalar ta’sirida  uzluksiz  o‘zgarib  turadi.  Bu  o‘zgarishlar 

balansga, albatta, ta’sir etadi. 

Ushbu  operatsiyalar  balansda  qanday  o‘zgarishlarni  yuzaga  keltirishini 

quyidagi misol orqali ko‘rib o‘tamiz. 

Faraz qilaylik, hisobot davrining boshiga xo‘jalik yurituvchi subyekt balansi 

quyidagicha bo‘lgan: 



15 

 

 




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə