Toshkent moliya instituti. Mustaqil ish


Davlat byudjeti daromadlarining



Yüklə 28,38 Kb.
səhifə3/6
tarix24.12.2022
ölçüsü28,38 Kb.
#97803
1   2   3   4   5   6
Moliya fanidan Mustaqil ish, Khomidov Sarvar

Davlat byudjeti daromadlarining davlat byudjeti kategoriya-larining ko’rinishlaridan biri sifatida ajratilishi ularning umumiy iqtisodiy asoslari va xarakterli belgilarini yaxshiroq tushunishga imkon yaratadi. Davlat byudjeti daromadlari davlatning sub’yektlar (xo’jaliklar va aholi) bilan o’zaro munosabatlarining aniq chegaralangan, aniq-langan qismini ifoda etadi. Bu munosabatlar xilma-xil bo’lishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish (byudjet) munosabatlarining alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Davlat byudjeti daromadlari o’zlarining iqtisodiy tabiatiga ko’ra ob’yektiv bo’lib, ular davlatning sub’yektlar (xo’jaliklar va aholi) bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning ob’yektiv zarurligi davlatning o’ziga xos funksiyalarga ega bo’lgan mavjudligi bilan belgilanadi.
Davlat byudjeti fondlari o’zining miqdoriga ko’ra ko’p sonlidir. Ular davlat byudjetining barcha bo’g’inlarida va bo’linma-larida yaratiladi. Shu bilan birgalikda, tashkil etilgan har bir yirik davlat byudjeti fondlari nisbatan tor doiralarga mo’ljallangan boshqa fondlarga bo’linadi. Masalan, “Iqtisodiyot xarajatlari” fondi alohida tar-moqlar fondi, ular esa, o’z navbatida, yana bir necha fondlarga bo’linishi mumkin. Bularning hammasi davlat byudjetining asosi sifatida umumdavlat pul fondi turli maqsadlarga mo’ljallanganligi, ma’muriy hududlarga tegishliligi va o’zgaruvchanligi bilan xarakterlanadigan ko’p sonli fondlar konglomeratidan iboratdir, degan xulosa chiqarishga asos bo’la oladi. Bu fond ko’p sonli taqsimlash kanallari orqali bir tomondan, xarajat qilinib, ikkinchi tomondan esa, to’ldirilib boriladi.
Davlat byudjetining xarajatlari, xuddi uning daromad-lari singari, ikkiyoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa – sub’yekt-larning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag’lar bo’lib, ularning daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo’ljallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ik-kiyoqlama xarakter davlat byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining oraliq bosqichi ekan-ligidan dalolat beradi. Bu yerda davlat byudjeti fondlarining egasi – davlat va pul mablag’larini oluvchilar – sub’yektlar o’rtasida yangi taqsimlash munosabatlari paydo bo’ladi. Bu bosqichda (birinchisidan farqli o’laroq) davlat va aholi o’rtasida bevosita taqsimlash munosabatlari vujudga kelmaydi. Chunki bu bosqichda iste’mol maqsadlari uchun ajra-tilgan barcha davlat byudjeti resurslari tegishli sub’yektlarning fondlarini (masalan, ijtimoiy soha xodimlarining ish haqi fondi, ijtimoiy iste’mol fondlari va boshqalar) shakl-lantirishga yo’naltiriladi.

Yüklə 28,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə