Toshkent moliya instituti



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə3/214
tarix31.12.2021
ölçüsü1,65 Mb.
#81443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214
UMKA

Mazkur fan talabalarga muloqot va uning turlari, biznesda samarali muloqot tashkil qilish yo’llari, matnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar,ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.

“O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”fani iqtisodiy nazariya va iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda iqtisod tili va uslubi, iqtisodiy terminologiya va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini iqtisod sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak iqtisodchilar iqtisod tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim. Bakalavrlar o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston iqtisodini yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-qudratini namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak iqtisodchilar davlat tili – o‘zbek tilini mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart. Shuning uchun, dasturda iqtisodiy til bilimlariga alohida urg‘u berildi.



Mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, bakalavr iqtisod tili bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z sohasiga oid so‘zlarni va hujjatlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishni ko‘zda tutadi.



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə