30
xujayralarda ikki sentriola bir-biriga perpendikulyar holda joylashadi va
diplosoma deb ataladi. Xujayra bo‘linish vaqtida diplosoma ajraladi va
ikki marta ko‘payib oladi (14-rasm).
Kiprikchalar
plazmolemma bilan qoplangan sitoplazma o‘siqcha
asosida sitoplazmada joylashgan bazal tanacha yotadi. Kiprikchalarning
uzunligi 5-10 mkm. Ular ichida o‘q ip aksolemma yotadi. Aksolemma
ham bazal tanacha ham mikronaychalardan tuzilgan, farq faqat
mikronaychalar sonida bo‘ladi; kiprikchalarda mikronaychalar formulasi
(9x2) +2 bazal tanachada esa, (9x3)+0 tashkil etadi. Kiprikchalar asosi
tubulin oqsilidan iborat. Kiprikchalar harakatlanganda ularning uzunligi
o‘zgarmaydi. Xivchinlar ham kiprikchalarga o‘xshab tuzilgan, faqat
ularning uzunligi ko‘proq, 100-200 mkmga yetadi.
Kiritmalar
sitoplazmada hujayralar metobolizmga bog‘liq bo‘lib,
yo‘qolib ketishi, paydo bo‘lishi mumkin. Kiritmalar turli
xil
bo‘ladi:
trofik,
sekretor,
pigment
va
ekskretor.
Trofik
kiritmalar oqsil, yog‘, uglevod
kiritmalar.
Xujayralarda–trofik
kiritmalar ko‘p
uchraydi, ular
oqsil,
uglevodlar,
yog‘lar
shaklida
bo‘ladi. Oqsil kiritmalari oddiy va
murakkab oqsillar holida bo‘ladi.
Bazida oqsil, uglevodlar, yog‘lar
bilan birikkan holda lipoproteidlar,
glikoproteidlar
shaklida
ko‘p
uchraydi. Uglevodlar ko‘pincha
glikogen
(masalan,
jigar
xujayralarida) shaklida bo‘ladi
15-rasm. Yog‘ kiritmasi
A – qora sudan bilan bo‘yalgan
B – TEM
Yog‘ kiritmalari dumaloq shaklda turli kattalikda bo‘lib, sintez
jarayonida hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: