Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika



Yüklə 32,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü32,04 Kb.
#164576
1   2   3
Boburjon

 


3
 
Kompyuterning ma’lumotlarni elektron ko`rinishda tasvirlash qurilmasi monitor 
(monitor - kuzatish, nazorat) deb ataladi. Kompyuterda bo`layotgan jarayonlarni 
monitor orqali kuzatish mumkin. Monitorning tasvirlar ko`rsatiladigan qismi, ya’ni 
ekrani displey (display - tasvirlamoq) deb ataladi. Hozirgi paytda alohida korpusda 
yig`ilgan tasvirlash qurilmalari kompyuter monitori, kompyuter bilan birga 
joylangan tasvirlash qurilmalari (masalan, noutbuk, planshet hamda telefonlarda) 
displey deb atalmoqda.
Displey to`g`ri to`rtburchak ko`rinishida bo`lib, uning tomonlari nisbati odatda 
16 ga 9 kabi bo`ladi. Bundan tashqari, displey tomonlari nisbati 16 ga 10, 4 ga 3, 5 
ga 4 kabi bo`lishi ham mumkin. So`nggi paytda 21 ga 9 nisbatdagi displeylar ishlab 
chiqarila boshlandi. 16x9 va 16x10 nisbatli displeylar keng, 21x9 nisbatlilari o`ta 
keng, 5x4 nisbatlilari kvadrat displeylar deb ataladi. Piksellar soni bo`yicha 
displeylardan keng tarqalganlari va ularning nomlari quyida keltirilgan:
320x240 CGA (Color Graphic Adapter - rangli grafik qurilma);
640x480 VGA (Video Graphic Adapter - video grafik qurilma);
800x600 SVGA (Super VGA); 1024x768 XVGA (extended VGA - 
kengaytirilgan VGA);
1280x720 HD (High Definition - yuqori aniqlik);
1280x800 HD+ (HD dan ko`proq);
1366x768 WXVGA (Wide XVGA - keng XVGA);
1440x900 HD++ (HD dan yanada ko`proq);
1600x900 HD+++ (HD dan yanada ko`proq);
1920x1080 FHD (Full HD - to`liq HD);
2560x1440 QHD (Quadra HD - to`rtlangan HD); 


4
3840x2160 4K (4 kilo - to`rt ming ustun) yoki UHD (Ultra HD - o`ta HD).
Displey ekrani satrlarga va ustunlarga ajratib chiqilgan bo`lib, har bir qator va 
ustun kesishgan joyda 
piksel
deb ataluvchi juda kichik tasvir bo`laklari joylashgan. 
Piksellarning har biri alohida manzilga ega va mustaqil boshqarilishi mumkin. Har 
12 bir piksel uchun xotirada bir baytdan to`rt baytgacha joy ajratilishi mumkin. 
Demak, har bir piksel 256 tadan 4 milliardgacha bo`lgan ranglardan birida bo`lishi 
mumkin. Ekrandagi har bir pikselning o`zi uchga bo`linadi. Ulardan biri 
qizil

ikkinchisi 
yashil
, uchinchisi 
ko`k 
rangda porlaydi. Bu ranglar asosiy ranglar deb 
ataladi va turli nisbatda qo`shilib, tabiatda uchraydigan ranglarning deyarli 
barchasini yarata oladi.
Kompyuter grafikasi faoliyatning shunday turiki, unda kompyuter va maxsus 
yaratilgan dasturlardan foydalanib, tasvirlar yaratiladi, mavjudlari raqamli 
ko`rinishga o`tkaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi va qulay ko`rinishda tasvirlanadi. 
Kompyuter grafikasi o`tgan asrning 70-80-yillaridan boshlab ommaviylasha 
boshladi. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi shu qadar rivojlanganki, uning 
ehtiyojlarini qondirish kompyuter texnikasining jadal rivojlanishining asosiy 
sabablaridan biri bo`lib qolmoqda.
Kompyuter grafikasi ilm-fanga, tijoratga, san`at va sportga ham tegishli bo`lib, 
barcha sohalarda keng qo`llaniladi. Kompyuter grafikasi bo`yicha har yili ko`plab 
konferensiyalar o`tkaziladi, ilmiy jumallar va o`quv qo`llanmalar chop etiladi
dissertatsiyalar himoya qilinadi. Har yili bir necha yuz milliard dollarlik kompyuter 
grafikasi mahsulotlari ishlab chiqariladi va sotiladi. San`at durdonalari yaratiladi. 
Kompyuter grafikasi asosida yaratilgan elektron o`yinlar bo`yicha jahon 
birinchiliklari o`tkaziladi va ularda millionlab qatnashchilar ishtirok etadilar.
Kompyuter grafikasi nimaning tasviri yaratilishiga qarab quyidagi sinflarga 
ajratiladi: 
1) statsionar (o`zgarmas) yoki oddiy grafika;
2) kompyuter animatsiyasi;


5
3) multimedia.

Yüklə 32,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə