Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash ishi fakulteti 123-b guruh talabasi Guli Raxmonqulovaning Anatomiya fanidan bajargan topshirig’i



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#134510
1   2   3   4
Bosh suyaklari anatomiyasi

Ensa suyagi
Ensa suyagi, os occipitale (ras. 52); juft emas, bosh suyagining orqa pastki sohasini tashkil etadi. Uning tashqi yuzasi qavariq, ichkisi miya yuzasi esa botiq bo’ladi. Uning pastki old qismida katta (ensa) teshigi, foramen magnum, joylashgan bo’lib kalla bo’shlig’ini umurtqa kanali bilan bog’laydi. Bu teshik atrofida chuqur bo’lmagan ensa sinusi egatchasi, sulcus sinus occipitalis, joylashadi. Embrional rivojlanish asosiga ko’ra unda kata ensa teshigini o’rab turuvchi to’rt qism farqlanadi: bazal qisim – katta ensa teshigining oldida, juft bo’lgan lateral qisimlar – katta ensa teshigining yonboshida, va ensaning tangasimon qismi – katta teshigning orqa tomonida joylashgan.
Bazal qisim, pars basilaris, kalta, yo’g’on, to’rtburchak shaklida bo’lib; uning orqa qirg’og’i erkin, silliq va sal o’tkirlashgan qismi katta ensa teshigini oldindan chegaralab turadi. Oldingi qirg’ogi yo’g’onlashgan, g‘adir-budur ko’rinishda bo;lib tog’ay orqali ponasimon suyak tanasi bilan brikib ponasimon-ensa sinxondrozi, synchondrosis sphtnooccipitalis, ni hosil qiladi.
Tepa suyagi
Tepa suyagi, os parietale, (ras.56-58), juft, kalla gumbazining yuqorigi va yon qismini tashkil etadi. U to’rtbuchak, tashqi tomonga bo’rtgan plastinka shaklida bo’lib unda ikki yuza farqlanadi: tashqi va ichki – hamda to’rt qirrasi: yuqorigi, pastki, oldingi va orqa – farqlanadi.

Tashqi yuza, facies externa, silliq va bo’rtgan. Suyakning ko’priq bo’rtgan qismi – tepa do’mbog’I, tuber parietale, deb ataladi. Tepa do’mbog’ining pasida gorizontal holatda yoysimon g’adir-budur bo’lgan yuqorigi tepa chizig’I, linea tempotalis superior, joylashgan bo’lib bu chiziq peshona suyagidagi shu nomli chiziqning davomi bo’lib u tepa suyagining butun yuzasi bo’ylab o’tib, uning orqa, pastki burchagida tugaydi. Bu chiziqdan pastda, tepa suyagining pastki qirrasiga paralel ravishda boshqa ko’proq rivojlandan chiziq – pastki tepa chizig’I, linea temporalis inferior, (birinchi chiziqga tepa fatsiyasi, facia temporalis, ikkinchisiga esa – tepa muskuli, m. temporalis, brikadi) joylashgan.




Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə