Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


II BOB. RANG KOMPONENTLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY HUSUSIYATLARI



Yüklə 167,19 Kb.
səhifə11/21
tarix10.04.2023
ölçüsü167,19 Kb.
#104855
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
qwertyui (3)

II BOB. RANG KOMPONENTLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY HUSUSIYATLARI
2.1 Ingliz va o’zbek tillarda rang komponentli frazeologik birliklar
Hozirgi zamonda frazeologizmlarni lingvokulturologiyada o‘rganish dolzarb va munozarali masalalardan hisoblanadi. Frazeologizmlarning milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlash, farq qiluvchi, o‘xshash jihatlarini aniq va obyektiv yoritish maqsadida birinchi navbatda ularning kelib chiqishi tarixi, manbalarini ya’ni etimologiyasini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Frazeologizmlarning aksariyati ingliz tilida ham, o‘zbek tilida ham xalq tomonidan yaratilgan ularning mualliflari ma’lum emas, kelib chiqish manbalarini aniq ko‘rsatish ancha qiyin. A.V. Kunin “Ingliz tili frazeologizmlar aksariyatining mualliflari noma’lum bo‘lib, ular xalq tomonidan yaratilgan” degan fikrlari asoslidir. Madaniyatlarning o‘zaro ta’siri asosida paydo bo‘lgan frazeologizmlarni uchga bo‘lamiz: 1. Injil asosida yuzaga kelgan frazeologik birliklar. 2. Qadimgi afsonalar asosida shakllangan frazeologik birliklar. 3. Yevropa tillaridan o‘zlashgan frazeologik birliklar. Injil asosida kelib chiqish frazeologizmlarning semantik, lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlashda lug‘atlarni analiz qilish, lingvistik tahlil va statistik metodlari qo‘llaniladi. Din bu madaniyatning o‘zida namoyon qiluvchi bir namuna va inson tasavvurining muhim qismidir. Din frazeologizmning muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Xristian dinida bo‘lgan britaniyaliklarning muqaddas diniy kitobi Bibliya hisoblanadi. Shuning uchun ham ayrim iboralar qatorida joy nomlari hamda oziq-ovqat komponentli frazeologizmlar ham og‘zaki ham yozma nutqqa Bibliyadan olingan. Bibliya frazeologiyasi internatsional frazeologik fondning bir qismini tashkil qiladi va aksariyat Yevropa tillarida keng tarqalgan Bibliyadan olingan frazeologizmlar bibleizmlar deb ataladi. Bibliya frazeologizmlari quyidagi lug‘atlarda ko‘p uchraydi: 32 Oxford Dictionary of English Idioms, Longman Dictionary of English Language and Culture, Wordsworth Dictionary of Phrase and Fable. E.M. Soloduxo ishlarida ko‘p yillar frazeologiyasida yetarlicha keng qatlamda namoyon bo‘luvchi “frazeologik internatsionalizm”ni tahlil qilgan “frazeologik yaqinlashuv nazariyasi” Bibliya frazeologiyasiga qiziqish uyg‘otadi.
Frazeologik internatsionalizmning asosini nafaqat Rim va Grek mifologiyasi, butun shahar adabiyoti va tarixiy kiruvchi birliklar balki Bibliya tarkibidagi frazeologik birliklar ham tashkil qiladi. E.M. Soloduxo frazeologik internatsionalizm o‘zlashmalari manbasi va asosi tushunchalarining farqini kuzatadi va birinchi tushuncha ikkinchisiga qaraganda ancha keng ekanini ko‘rsatib beradi. Muqaddas diniy kitobdan kelib chiqqan so‘z va iboralar S. Stoffeldning “Studies in English, written and spoken” kitobida keng tahlil qilingan. Ushbu kitobning “Scriptual phrases and allusions in Modern” bobida muallif bibliya iboralari va ularning etimologiyasini o‘rganib, ilmiy tadqiq qilgan. G‘arb tilshunosligida bibleizmlarni o‘rganish L.P. Smit nomi bilan bog‘liq, u o‘zining “Ingliz tili frazeologiyasi” kitobida bibliya iborolariga bag‘ishlangan bo‘limida o‘rgangan. Muallif “Ingliz tilidagi bibliya oborotlari va iboralarning soni shunchalik ko‘pki, ularni yig‘ish va sanab chiqish juda oson vaznda emas” deb ta’kidlaydi. Shuningdek, L.P. Smit ingliz tili nafaqat birtalay bibliya so‘zlarini balki o‘zida qadimgi Yevrey va Yunon idiomalari so‘zma-so‘z tarjimasini namoyish qiladigan bibliya idiomatik iboralarini ham o‘z ichga oladi deb tasdiqlaydi. Shunday qilib, L.P. Smit, I. Xorazinskaya va V.A. Mendelyonlarning ta’rifidan ko‘rinib turibdiki, bibleizmlar so‘z emas, shubhasiz so‘z birikmalaridir. Madaniyatlarning o‘zaro ta’siri ostida yuzaga frazeologizmlardan biri injil asosida paydo bo‘lgan frazeologizmlardir. Ularning bir nechtasini tahlilga tortamiz. 1. “Bull of Bashan” gurillagan ovozli odam. Ushbu frazeologizmning paydo bo‘lishiga sabab Bashan Falastin davlatidagi bir viloyat bo‘lib, qadimda bu shahar o‘zining chorva mollari bilan mashhur bo‘lgan. Bull – ho‘kiz ma’nosidagi inglizcha so‘z. Basbon esa joy nomli demak, chorvachillikka asoslangan bu shahar nomi bilan “Bull of Bashan” frazeologizmi yuzaga kelgan. 2. “Balm in (yoki of) Gilead” – taskin, tasalli, ovunish kabi ma’nolarda ishlatiladigan frazeologizm. Injil kitobida yozilishicha, Gava shahri atroflarida o‘suvchi butta bo‘lib, undan olinadigan sharbat turli kasalliklarga davo bo‘lgan.Undan malham tayorlangan, shu malham bilan kasalliklar davolanilgan. Shu tariqa “Balm in Yilead” frazeologizmi paydo bo‘lgan. 3. “Sodom and Gomorrah” – buzuqlik, gunohga botgan joy, tartibsizlik, fahsh, axloqsizlik, ichkilikbozlik. Muqaddas kitob Injilda bu haqda shunday ma’lumotlar keltiriladi. Sodom va Gomarda yahudiylar shahri bo‘lib, shaharda yashaydigan aholi xudoga bo‘ysunmagan, o‘zboshimchalik qilib, buzuqlikka, axloqsizlikka mukkasidan ketishgan. Parvardigor ularni jazolashga ahd qilib, ularga olovli yomg‘ir va yer qimirlashini yuboradi. 33 Natijada bu ofatdan shaharlar vayron bo‘ladi. Shaharlardagi qirg‘inbarot urushlar o‘rnida hozirda O‘lik dengizini vujudga keltiradi. O‘lik dengizda esa hech qanday tirik jon yashay olmaydi. 4. “Plagues of Egypt” chidab bo‘lmaydigan juda yomon sharoit. Tarixdan ma’lumki, “Egypt” hozirgi Misr fir’avini yahudiylarni Misrga qirg‘inlariga ruxsat berilganligi sababli Olloh tomonidan ular jazolanib shu nom berilgan. Natijada yuqoridagi “plagues of Egypt” frazeologizmi tilga kirib kelgan. 5. “The tower of Babel”- Bobil minorasi, tillarning aralashishi. Babel –Bobil (hozirgi) Iroq davlatining yahudiy tilida aytilishi. Agar so‘zning kelib chiqishi chuqurroq tahlil qilinsa, ibora ingliz tiliga bevosita qadimiy tavrotning asl nusxasidan o‘zlashganligini ko‘rish mumkin. 6. “Lady of Babylon”- a) axloqsiz ayol, fohisha; b) Rim katolik cherkovi. Ushbu frazeologizmning ham asl ma’nosi fohishabozlikka borib taqaladi. Chunki tarixdan ma’lumki, Babylon (Bobil) fahsh va buzuqlik mamlakati bo‘lgan.
Xulosa qilinganda, Injil asosida yuzaga kelgan frazeologik birliklarda joy nomlari madaniyatlarning o‘zaro ta’siri asosida paydo bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Injil asosida yuzaga kelgan frazeologizmlardan tashqari qadimgi afsonalar asosida shakllangan frazeologizmlar mavjud. Ma’lumki, qadimgi afsonalar, asotirlar xalq tomonidan yaratilgan bo‘lib, ular o‘sha xalq madaniyatini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Qadimgi afsonalarga qaraganda, yunon xudolari muqaddas Olimp tog‘larida yashagan. Tog‘ning balandligi 3000 metr bo‘lib, tog‘ning asosiy qismi bulutlar bilan qoplangan. Yunon xudolari Olimp tog‘ida aqli, inoq, tinch-totuv va osoyishta yashaganliklari uchun barcha ijobiy fazilatlar Olimp tog‘I nomi bilan ishlatilgan. Shu boisdan tilda “Olimpian Calmness” – tinch-osoyishta frazeologizmi paydo bo‘lgan. Yunon afsonalarida yozilishicha, Parnas Yunonistonning tog‘li bir qismi bo‘lib, tog‘ning balandligi 2457 metr. U yerda yunon xudosi Appolon va muzalar istiqomat qilishgan. Parnas nomi bilan bog‘liq quyidagi frazeologizmlar mavjud. “Ascent Parnassus”, “join Parnassian” – shoir bo‘lmoq. Yunon afsonalariga ko‘ra san’at, adabiyot va fan ilohasi, ilhom parisi. Qadimgi yunon afsonalarida ta’kidlanishicha Gades – ruhlar yashaydigan joy. Aslida Gades qorong‘u, zimiston joy ma’nosida ishlatiladi. Ammo uning boshqa bir ma’nosi bo‘lib, u “hot as Hades” frazeologizmida Gades do‘zax ma’nosida ishlatiladi. Xuddi shunday Stins daryosi nomi bilan bog‘liq frazeologizmlar ham mavjud. “Cross the Stygian (Styx)” – o‘lmoq, dunyodan ko‘z yummoq, olamdan o‘tmoq, dorilbaqoga ketmoq, vafot etmoq. Afsonalarga ko‘ra Stins daryosi orqali o‘lgan insonlarning ruhlari o‘liklar dunyosiga o‘tishgan. Shunday qilib, afsonalar xalq tomonidan yaratilgan noyob asarlar bo‘lib, ularda ko‘plab frazeologizmlar ishlatilgan. Madaniyatlarning o‘zaro ta’siri ostida paydo bo‘lgan frazeologizmlarning aksariyati boshqa tillardan kirgan frazeologizmlardir. Joy nomlari bilan bog‘liq 34 frazeologizmlarning aksariyati ingliz tiliga asosan lotin va frantsuz tillaridan kirib kelgan. Masalan: (to build) castles in Spain- ushalmas orzular. (etimologik jihatdan frantsuzcha Chateaux en Espagne). Ushbu ibora ingliz tiliga frantsuzlarning “Chansons de Geste” nomli qahramonlik eposidan kirib kelgan. Yunonistonning Attika shahri qadimiy shaharlardan biri bo‘lib, shahar aholining ko‘pchiligi o‘zining o‘tkir zehni bilan boshqa shahar fuqarolaridan ajralib turishgan. Shunga asosan “Altic salt”  nozik qochirgish, o‘tkir zehn frazeologizmi paydo bo‘lgan. Shuni ta’kidlash kerakki, milliy va madaniy frazeologizmlarning aksariyati xalqning kundalik turmush tarzi, rasm-rusumlari va urf-odatlari bilan bog‘liq. Madaniyatlarning o‘zaro ta’siri asosida paydo bo‘lgan frazeologik birliklarning tahlili o‘zlashtirma iboralarning bir-biriga o‘xshashligini ko‘rsatadi. Yuqorida keltirilgan misollar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tarkibida joy nomlari qatnashgan frazeologizmlarning aksariyati ilmiy-madaniy sharoitda vujudga kelib, frazeologik qatlamni boyitadi.
Til sotsiolingvistik va kommunikativ voqelik sifatida baholandi. Bir qator yangi yoʼnalishlar, xususan, tilning struktur-funktsional qatlamlarini chuqur oʼrganishga oid nazariy paradigmalar vujudga kelib, dunyo tillarini qiyosiy, tipologik, chogʼishtirma oʼrganish boshlandi. Xalqlar oʼrtasidagi madaniy munosabatlarda til va tarjimalarning kommunikativ roli eʼtirof etildi. Binobarin, Oʼzbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlashda “chet tillar ... kabi talab yuqori boʼlgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda oʼrganish”19 muhim ahamiyat kasb etadi.
Globallashuv mamlakatlar oʼrtasidagi integratsion omillarni kuchaytirdi, shu tariqa sivilizatsiyalar tarixida noyob yodgorlikka aylangan yozma adabiy manbalarni xorijiy tillarga oʼgirish zarurati yuzaga chiqdi. XXI asrga kelib, mamlakatlararo madaniy aloqalarning rivoj topishi ingliz tilidan oʼzbek tiliga bevosita tarjima qilish muammolarini oʼrganishni dolzarb vazifaga aylantirdi.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan barcha fikr va mulohazalarni umumlashtirgan holda shuni aytish mumkinki, borliqni ko‘rib, idrok etib, so‘ng fikr yuritiladi va til birliklari orqali nutqda ifoda etiladi. Nutqni til elementlaridan to‘g‘ri foydalanib ifodalash nutq madaniyatining rivojiga olib keladi. Chunki nutq muloqotga oydinlik kirituvchi eng muhim vositalardan biridir. Predmetning inson ongida turlicha namoyon bo‘lishi nafaqat sinonimiyaga, balki fikrlar, nutqlarning xilma-xilligiga sabab bo‘ladi. Nutq paydo bo‘lib, ravonlanmaganida insoniyat bir-birini tushuna olmagan bo‘lar edi. Imo-ishoralar ham fikrni bayon etishdagi eng qadimiy vositalardan biridir, biroq u faqat kunning yorug‘ida ko‘rinadi xolos. Shu sababli nutq insoniyat hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.
L.I. Skvorsov nutq madaniyatini tashkil etuvchi vositalar, ya'ni adabiy til, nutqning to‘g‘riligi hamda uning vaziyatga bog‘liqligini nazarda tutgan holda nutq madaniyatining mukammal bo‘lishiga oid jihatlarni ta'kidlab o‘tgan. Maqola muallifi nutqning to‘g‘riligi tamoyilini alohida nutq madaniyatidan ajratgan holda ta'riflaydi. Biroq ushbu tamoyil nutq madaniyatining asosiy sifatlari tarzida keyinchalik amalga oshirilgan tadqiqotlarda aks ettirilgan. Bular jumlasiga B.N. Golovin, M.A. Vvedenskaya, L.G. Pavlova, P.P. Chervinskiylarning tadqiqotlari misol bo‘la oladi. Aslida nutqning to‘g‘riligi, aniqligi va boshqalar nutq normasining ko‘rinishlaridir.
XX asr oxirlarida til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarga bo‘lgan qiziqish lingvokul'turologiyaning antropologik tilshunoslikdan alohida ajralib mustaqil fan sifatida taraqqiy etishiga sabab bo‘ldi.
“Lingvokul'turologiya” tushunchasining paydo bo‘lishi V.N. Teliya frazeologiya maktabining tadqiqotlari va V.V. Vorob'ev, V.A. Maslovalarning asarlari bilan bog‘liq. Mazkur tadqiqotlar hamda shunga o‘xshash ko‘plab ilmiy izlanishlar lingvokul'turologiya yo‘nalishining alohida ilmiy yo‘nalish ekanligini tasdiqladi. Chunonchi, ushbu mavzu bilan bog‘liq qator qarashlar va nuqtai nazarlarni solishtirgan holda shunday fikrga keldik: “lingvomadaniyatshunoslik bu kompleks fan sohasi bo‘lib, uning maqsad va vazifalari madaniy dalillarni nafaqat tadqiq qilish balki ularni lisoniy vositalar orqali tasvirlab berish, tilda yashirin madaniy ma'lumotlarni o‘qib o‘rganish, shuningdek, madaniyatlararo aloqani maqsadli ta'minlash va yana boshqa millat vakilida madaniy malumot haqidagi to‘liq tasavvurga ega bo‘lishni ta'minlashdir.” Ya'ni, lingvokul'turologiyaning asosida tilda namoyon bo‘ladigan barcha madaniy qatlamlarni tadqiq etish yotadi.
Aynan lingvokul'turologiya antropologik tilshunoslikning izdosh yo‘nalishlaridan bo‘lib, tilda namoyon bo‘lgan inson fikrlash faoliyatining o‘ziga xosligini ochib berishga, til birliklarida yig‘ilgan madaniy ma'nolarni anglash va aniqlashtirishga, umumiy qilib aytganda, millatning lisoniy dunyoqarashini tashkil qilgan milliy maxsus kategoriyalarini belgilab berishga harakat qiladi.
So‘nggi paytlarda tilni madaniyat bilan o‘zaro aloqadorligi nuqtai nazaridan tadqiq qilish tilshunoslikda juda dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda lingvomadaniyatshunoslik yo‘nalishi madaniyat fenomenini inson va jamiyatning dunyoda mavjudligining o‘ziga xos shakllari sifatida o‘rganishga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga shuni ham aytib o‘tish joizki, falsafiy ahamiyatga ega faktlarni ilmiy tasniflash lozim bo‘ladi.
Lingvokul'turologik tadqiqotlar madaniyatni tushunishda uni jamiyat uchun foydali bo‘lgan ma'lumotlar bazasini aniqlashga yo‘naltirilgan semiotik tizim sifatida ko‘rsatib berdi.
Maslova lingvomadaniyatshunoslikka quyidagicha ta'rif beradi: “lingkul'turologiya bu tilshunoslik va madaniyatshunoslik birlashuvi asosida paydo bo‘lgan fan bo‘lib, tilda aks etgan va qorishib ketgan millat madaniyatini tadqiq etadi.”
Millat madaniyati nutqimizda til vositalari yoki lisoniy bo‘lmagan vositalar ya'ni paralingvistik vositalar orqali aks ettiriladi. Til vositalari orqali nutqimizda namoyon bo‘lgan milliy madaniy qatlamlarni keng o‘rganamiz va uni yanada chuqur anglab yetish imkoniga ega bo‘lamiz.
Til va madaniyat bog‘liqligi etnolingvistika, kul'turologiya, sosiolingvistika, sosiokul'turologiya va boshqa fan jabhalarida o‘rganilgan. Ammo har bir yo‘nalishning o‘z maqsad vazifalari bor va ular turli tomonga yo‘naltirilgan. Lingvomadaniyatshunoslik esa yuqorida nomlari qayd etilgan yo‘nalishlarning vazifalarini umumlashtirib olgan holda, til va madaniyatning o‘zaro aloqalarini, madaniyatning tilimizda qay tarzda namoyon bo‘lishini hamda muhim omillardan biri o‘laroq bir millat boshqa millat madaniyati haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish imkonini yaratadi.
Maslovaning fikricha lingvokul'turologiya quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan:
- lisoniy konseptlarni tashkil etishda madaniyatning o‘rni;
- lisoniy ishora ma'nosining qaysi qismida “madaniy ma'lumot” tasvirlangan;
- madaniy ma'lumotni tinglovchi va so‘zlovchi anglab yetadimi va ular qanday nutqiy strategiyaga ta'sir etadi kabi masalalar20.
Ko‘plab tadqiqotchi olimlarning lingvokul'turologiya masalasi muammosi bilan bog‘lik yakuniy fikrlariga ko‘ra lingvokul'turologiya ikki komponentni ya'ni til va madaniyatni birlashtiradi va ularning o‘zaro aloqasini o‘rganadi.
Kishilik jamiyati uyushmasining asosiy belgilari: umumiy til, umumiy hudud, madaniyat va ma'naviy taqlidning umumiyligi.
Xalqning asosiy belgilaridan biri bo‘lgan milliy til bir-biridan farq qiluvchi shevalarni o‘zaro yaqinlashtiruvchi, yetakchi va madaniy asos tili sifatida namoyon bo‘ladi.
Shevalar, milliy tillar urug‘chilik davridan boshlab son jihatdan ko‘payib borgan. Avval bir qabila ittifoqiga kirgan tillarda markazdan uzoqlashgan sari, shevaga xos farq orta borgan va oxir natijada bu farq yangi til paydo bo‘lishiga olib kelgan deyish mumkin. Yangidan – yangi sheva va tillarning paydo bo‘lishida ikki omil: vaqt va masofa hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Tilning shevadan farqi shuki, til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir. Shu sababdan til ko‘p funksiyali, hamma uchun umumiy aloqa vositasi, ya'ni invariant vositadir, sheva esa, vazifa nuqtai nazaridan chegaralangan bo‘lib, tilning bir variantini tashkil etadi.
Til yozma-adabiy til ko‘rinishida ham namoyon bo‘lishi mumkin, lekin uning barcha tillarni birlashtirish imkoniyati cheklangan bo‘ladi.
Jamiyatning muayyan tarixiy sharoitida xalqlar taraqqiy etib, millat sifatida namoyon bo‘ladi. Millatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun, shubha yo‘qki, mazkur jimiyatda iqtisodiy negiz juda katta rol o‘ynaydi.
Millatning asosiy belgilari: umumiy hudud, umumiy til, umumiy madaniyat va ma'naviy birlikdir. Shu belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan kishilar uyushmasini millat deyish mumkin. Bunday uyushmaning tilini, haqli ravishda, milliy til deb ataymiz.
Dunyo tilshunosligida tilning semantikasi, maʼlum tilda olamning lisoniy manzarasini shakllantirish vositalaridan biri sifatida rangni ifodalovchi leksikasning nominativ ahamiyati borasida muayyan tadqiqotlar olib borilgan. Biroq ranglarning turli til va madaniyatlarda nomlanishi, shuningdek, uning etnomadaniyat, olamning kontseptual manzarasi, mualliflarning alohida uslubida ularning roli va izohi muammolari hozirgi vaqtga qadar yetarlicha tadqiq etilmagan. Jumladan, olam lingvorangli manzarasining lingvistik mohiyati, bir-biriga bogʼliq boʼlmagan tillardagi materiallarda rang ifodalovchilarning struktur-semantik tipologiyasi va lingvomadaniy xususiyatlari, rang ifodalovchilarning ingliz, oʼzbek va rus tillaridagi materiallarda kontseptual maʼnosini bogʼlovchi kognitiv-diskursiv mexanizmlarni oʼrganish - tadqiqotchilarning eʼtiboridan chetda qolgan. Аntropotsentrik yondashuv doirasida mavzuning yangiligi va murakkabligi bois rang ifodalovchilarning kognitiv-kontseptual ahamiyati oʼrganilayotgan tillarda toʼla tadqiq etilmagan. Dissertatsiyada rang ifodalovchilarning aynan tuzilishi, semantik va lingvomadaniy xususiyatlari taqqosining lingvistik jihatlari tahlilga tortilgan. Shuningdek, tadqiqotda ingliz, oʼzbek va rus tillar materiallari, ularning kontseptual ahamiyatini bogʼlab turuvchi kognitiv-diskursiv mexanizmlar aniqlangan.
Mazkur dissertatsiya ranglar tavsifini ingliz, oʼzbek va rus tillari misolida qiyosiy-chogʼishtirma tadqiq qilish, shuningdek, ularning kognitiv maydoni va rangni anglatishini oʼrganishga bagʼishlangan. Bir necha asrlardan buyon rang hodisalari tarixi oʼrganiladi. Tadqiqotchilarning ushbu mavzuga boʼlgan qiziqishlari kechagi kun va hozirgi vaqtda ham qonuniyatlarga asoslangan. Zero, atrofimizdagi koʼplab hodisalar yorugʼlik va uning ranglari yordamida his qilinadi.
Yuz yillar davomida odamlar ranglar tabiatining fizik va fiziologik xususiyatlarini bilishga, ularning inson onggiga taʼsirini tushunishga hamda ranglar estetikasini oʼrganishga harakat qilishgan. Rang shakli va timsolining kognitiv ogʼzaki ifodasi masalasi kognitiv tilshunoslikning oʼrganish predmetiga aylandi. Ranglar ifodalovchi leksikasining kelib chiqishi, turli tizimli tillarda ranglar belgilari tizimining mavjudligi, ularga xos kognitiv-segmantik tuzilishning murakkabligi ushbu mavzuni koʼp bor tadqiq qilishni talab etadi. Ranglar ifodalovchisi – ranglarning hissiy timsolini ifodalovchi leksik birlik, – turli tillarda oʼrganiluvchi mavzuiy guruhlardan biri hisoblanadi. Rang ifodalovchi leksemalar tadqiqi turli: lingvistik, psixolingvistik, tarixiy, lingvomadaniy yoʼnalishlarda olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda rang terminlarini kognitiv-diskursiv va antropologik paradigmalar doirasida tadqiq etish dolzarb sanaladi. Ranglar belgisi rang haqida maʼlumotlarning tilda aks etishi hisoblanadi. Shunga koʼra, ularning tadqiqi inson ongida koʼrish idroki va ranglar davomiyligini tashkil etish xususiyatlari haqida tasavvur hosil qiladi. Bundan tashqari, rang moddiy va gʼoyaviy belgi hamda hodisalarni keng doirada ifodalay olishi, assotsiativ maʼnolarining boyligi bilan xarakterlanadi.
Inson atrofidagi olam rang bilan idrok etiladi. Bu fakt uning uchun muhim hisoblanadi. Koʼp asrlar davomida inson ongi ranglarning jismoniy va fiziologik tabiatiga kirib borish, uning odamlar shuuriga taʼsirini tushunish, rang estetikasini oʼrganishga uringan. Rang – xalqning madaniy tarixini, etnografiyasi, psixokulturasi va lingvomadaniyatini yorituvchi noyob hodisalardan biri bo’lib, lingvistikaning asosiy bo’limlaridan biri hisoblanadi.
Zamonaviy ilm-fanda rang kabi bunday hodisaga ko’plab yondashuvlar mavjud. Hozirgi kunda ranglar bilan bog’liq turli hil qarashlarga katta etibor qaratilmoqda. An'anaviy ravishda fanda spektrning etti rangi mavjud. Olimlardan biri T. Yang rang spektrlarini uchta ranga: qizil, sariq va ko’k, ranglarga ajratdi. G.L.Gelmgolts esa ranglarni to’rt turga ajratdi: qizil, ko’k, yashil, siyohrang va bu ranglarni ajratganda ularning orasida juda katta farq yo’qligini takitlaydi. Etnografiya, psixologiya, madaniyatshunoslik sohasidagi tadqiqotchilar va siyosatshunoslar turli xil ranglarning inson hayotida turli xil ijtimoiy ahamiyatga ega darajalari haqida gapirishadi.
Madaniyatshunoslarning fikriga ko’ra ranglar inson kelib chiqishi va tarixida doimo muhim ro’l egallagan.
Psixologlarning fikricha “tabiiy ranglar bizning fiziologiyamiz va psixologiyamizga chuqur tasir ko’rsatadi”. Shunday qilib taniqli psixolog M. Luscher to'rt asosiy rang ko'k, yashil, qizil va sariq ranglar inson psixologiyasining poydevori ya’ni mamnuniyat, umid qilish, va olg’a intilish, o’ziga ishonish va tasir korsatish kabi “inson psixologik asosi” ni tashkil etadi.
Rang hodisasi turli: fizika, psixologiya, tilshunoslik, tibbiyot, etnologiya, madaniyatshunoslik, falsafa, estetika va boshqa ilm sohalarida oʼrganish obʼekti hisoblangan. Bu koʼpjihatlilik “rang” tushunchasining murakkabligi, koʼp tomonlama ekanligini aks ettiradi. Bunday sharoitda rangning turli jihatlarini tadqiq qilish maqsadga muvofiq. Ranglarning psixologik jihatdan ahamiyatini aniqlash uchun turli tajribalar amalga oshirildi va asosiy ranglar tizimini yaratishga harakat qilindi. Yorugʼlik nazariyasi rivojlanishiga I.V. Gyote21 alohida hissa qoʼshgan. U mavjud rang spektrlarini 3 ta guruhga boʼlgan:
1) asosiy ranglar - sariq, koʼk, qizil, nazariy jihatdan qolgan barcha ranglar ulardan yaratilgan boʼlishi mumkin;
2) birinchi darajadagi tarkibiy ranglar - ikkita asosiy rangni qoʼshish natijasida hosil boʼlgan: yashil, zargʼaldoq (toʼq sariq), binafsha rang;
3) ikkinchi darajadagi tarkibiy ranglar, birinchi darajadagi tarkibiy ranglarni aralashtirish natijasida hosil boʼladi. Rang semantikasini oʼrganishda amerikalik tilshunos B. Berlin va P. Key22 tadqiqotlari asos boʼldi. 98 ta til materiallari zaminida ular 11 ta asosiy rangni ajratib koʼrsatishgan (basic colour terms black, white, red, yellow, green, blue, brown, purple, pink, orange, gray). Tadqiqot natijasida rang ifodalovchi sistemada ishtirok etuvchi u yoki bu rangga dahldor universaliyalar aniqlandi. B. Berlin va P. Keyning rang nomlarning universalligi va ularning paydo boʼlish ketma-ketligi haqidagi farazi rang ifodalanishi bilan bogʼliq yangi tadqiqot va gipotezalarning yuzaga kelishiga turtki berdi.
R.M. Frumkina23 va А.P. Vasilevichning24 psixolingvistikaga oid tadqiqotlarida rang nomlari semantikasi B. Berlin hamda P. Key usullariga hamohang tarzda olib borilgan.
Ushbu yoʼnalishga xos tadqiqotlarda tizimli-tarkibiy usullardan uzoqlashish va ranglar tavsifining semantik xususiyatlarini fenomenologik va eydetik idrok etish bosqichiga oʼtish kuzatiladi. Olam manzarasini anglashda ranglarning roli haqidagi psixologik tadqiqotlar bir qator amaliy izlanishlarning yuzaga kelishiga sabab boʼldi.
Ogʼzaki shaklga ega rang belgilari tilshunoslikning oʼrganish predmetiga aylandi. Bugungi kunda rang kategoriyasini oʼrganishning zamonaviy lingvistik paradigmalari integratsiyalashgan antropotsentrik yondashuvni talab qiladi. Rang ifodalovchi leksikaning qadimiyligi, aksariyat til tizimlarida rang tavsiflarining rivojlangan tizimi mavjudligi, ularga xos semantik tarkibning murakkabligi inson kognitiv faoliyatida rangning muhim roli boʼlganligini tasdiqlaydi.
Soʼnggi vaqtlarda lingvomadaniy paradigmalar yoʼnalishida rang ifodalovchi leksikani tadqiq qilish jadallashib bormoqda. Madaniyatning bir qismi sifatida rang murakkab gʼoyalar va turli sharhlar tizimiga ega boʼlib, madaniy qadriyatlarning timsoliga aylanmoqda. Ranglar dunyosi, har bir davrda olamni ranglar bilan koʼrish “ranglar madaniyati” bilan muvofiqlikda idrok etiladi. Shunday qilib, rang ifodalovchi “maʼnolari muayyan darajada maʼlum til guruhlarining tarixiy va madaniy tajribasi bilan aniqlangan” til va nutqning murakkab leksik birliklarini aks ettiradi va lingvomadaniy hodisa hisoblanadi.
Turli etnik guruh vakillarining ogʼzaki nutqida rang belgisi vazifalarining milliy xususiyatlari ularning mentaliteti va madaniy-tarixiy anʼanalari bilan bogʼliq. Turli xalqlarda ranglar haqidagi madaniy qarashlarning mos kelishi yoki mos kelmasligi, ayniqsa, tassavurlarda yorqin aks etadi.
Lingvomadaniyatda rang atrof-muhitning inson tomonidan idrok etilishida muhim kognitiv mezonlaridan biri, shuningdek, turli xalqlarning oʼzaro muloqotida “madaniy daltonizm”ni yengishga yordam bera oladigan bilimlarning madaniy kodi sifatida oʼrganiladi.
Tillarni chogʼishtirma aspektda tadqiq qilishda ranglar ifodalanishi oʼrganish muhim sanaladi. Turli tillarda rang nomlarini chogʼishtirish – milliy dunyoqarashning oʼziga xosligini aniqlashga imkon beradigan zamonaviy tadqiqotlarning eng faol yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi25.
Rang ifodalovchi leksikasning chogʼishtirma tadqiqotlarida asosiy eʼtibor olam lisoniy manzarasining shakllanishiga, idrok etish jarayonida rang leksikasining oʼrni va kontseptuallashuviga qaratiladi26.
Ekstralingvistik omillar bilan bogʼliq milliy gʼoyalar (etnos hayotining tarixiy-madaniy va tabiiy-iqlimiy xususiyatlari) olamning milliy lingvorangli manzarasini hosil qiluvchi milliy-oʼziga xos leksik shakllarda rang maydoni kontseptuallashuvining (anglash) tajribasini ifodalaydi. Ranglar maydoni kontseptuallashining oʼziga xosligi ranglar kontseptlarini oʼrganishga doir tadqiqotlarda anʼanaviy madaniyat bilan birga koʼrsatilgan27. Turli etnomadaniy jamiyat vakillari tomonidan dunyoning rangli koʼrinishi xususiyatlari tadqiqotchiga olamning etnik (milliy) rangli va lingvorangli manzarasi mavjudligi haqida soʼz yuritishga imkon beradi.
Oʼzbek tilidagi koʼk sifatining oʼziga xosligi – uning koʼp maʼnoliligi boʼlib, ham koʼk ham yashil maʼnosini anglatadi. Shuningdek, chogʼishtirilayotgan tillarda asosiy ranglarni ifodaliydigan asliy (tub) sifatlar guruhi xam mavjud. Ushbu tub (asliy) sifatlar rang tusini va narsa-predmetning cheklangan rang belgisini bildiradi, chunonchi, chegaralangan leksik birikma, denotati boʼyicha cheklangan rang nomlari shular jumlasidandir (masalan teri, soch, koʼz ranglari, hayvonlar mastikasi rangi va h.k.): ingliz tilida cerulean, perse, vermeil, crimson, scarlet, cerise, mauve, ficelle, florid, mulatto, tan, swarthy, blond, tawny, auburn, bay, sorrel, dun, roan; oʼzbek tilida qirmizi, asmar, oq-sariq, kulrang, zargʼaldoq, chipor, bugʼdoyrang, ola-bula, malla. Ushbu guruhda rang ifodalovchi sifatlar ham maʼno, ham ifoda jihatdan uch tilda toʼla ekvivalent hisoblanadi:

Yüklə 167,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə