Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 167,19 Kb.
səhifə10/21
tarix10.04.2023
ölçüsü167,19 Kb.
#104855
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
qwertyui (3)

I bob bo’yicha xulosa
Tilshunoslikda frazeologiya sohasi uzoq tarixga ega bo’lmagan sohalardan biri hisoblanadi. Alohida bo’lim sifatida ajralib chiqquniga qadar uzoq yillar mobaynida leksikologiyaning tarkibida o’rganilib kelingan. Bugungi kunga qadar frazeologiya sohasi bo’yicha ko’pgina tadqiqotlar qilinganligiga qaramasdan, hali hali ochilmagan ko’pgina qirralarga ega. Jumladan biri frazeologik birliklarni nutqda tayyor bo’lmagan boshqa birliklardan farqlab ajrata olish bo’lsa, yana biri frazeologiyaning bahsli muammolaridan biri uni tor va keng ma’noda tushunishdir. Tor ma’noda faqat idioma, fraza, gap strukturasiga ega bo’lmagan ko’chma ma’nodagi birliklarni kiritishsa, keng ma’noda esa maqollar, matallar, xalq og’zaki ijodiga oid nutqqa tayyor holda kirib kelgan barqaror birikmalarni ham kiritishadi.
- Frazeologiyani keng ma’noda tushunish masalasi hanuz bahsli, munozarali bo’lib kelmoqda. Frazeologik birliklarning asosiy vazifalari yoki masalalari:
- frazeologik tarkibning izchilligini aniqlash va shu munosabat bilan frazeologizmning belgi(lik) xususiyatini oʻrganish;
- frazeologizmlar omonimiyasi, sinonimiyasi, antonimiyasi, polisemiyasi va variantdorligini tavsiflash;
- frazeologizmlar tarkibida qoʻllanuvchi soʻzlar va ularga xos maʼnolarning oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash;
- frazeologizmlarning soʻz turkumlari bilan oʻzaro munosabatlarini oydinlashtirish;
- ularning sintaktik rolini aniqlash.
Frazeologik birliklar tarkibida soʻzlarning yangi maʼnolari hosil boʻlishini oʻrganish va boshqa frazeologik birliklarni ajratish prinsiplarini, ularni oʻrganish, tasniflash va lugʻatlarda tavsiflash metodlarini ishlab chiqadi . Struktursemantik tasnif prinsipi asosiy hisoblanadi.
Frazeologiya sohasi o’zining bir qancha taraqqiyot bosqichlariga ega. U yigirmanchi asrning ikkinchi yarmiga kelib tilshunoslar e’tiborini qozongan. Uni alohida tilshunoslik bo‘limi sifatida dastlab rus tilshunoslari E.D. Polivanov va B. A. Larrin lar tadqiq etgan bo‘lsa, keyinchlik V.V. Vinogradov, A.V. Kunin, Smirnitskiy kabi tilshunoslar undagi turli ichki muammolarni yoritish bilan shug‘ullanishgan. Umuman olganda, frazeologiya sohasining ilk tadqiqotchisi fransuz-shvetsar olimi Sharl Balli hisoblanadi. Frazeologiyaning alohida fan sifatida rivojlanisini tarixiy jihatdan uch bosqichga bo‘lish mumkin:
-XVIII asrning o’rtalaridan XX asrning 30-yillarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi, bu davr frazeologik tadqiqotlarning yo’lga qo’yilishi M.N.Lomonosov, A.A.Potebnya, F.F.Fortunatov, A.A. Shaxmatovlarning ilmiy faoliyati bilan bog’liq;
-XX asrning 30-50-yillari E.D. Polivanov, V.V.Vinogradov, S.I.Abakumov, G.K. Damilov, A.I Yefimov, A Y. Rojanskiy kabi tilshunooslar ijod qilgan davr;
-XX asrning 60-yillaridan boshlab hozirgi kungacha davom etadi. Bu davr frazeologik tadqiqotlarda turli metodlarni qo’llanilishi, frazeologiya sohasining tez sur’atlar bilan rivojlanishi va ko’plab frazeologiya mutaxasislarini yetishib chiqishi bilan xarakterlanadi.
Hozirgi zamon tilshunosligi nuqtai nazaridan frazeologiya alohida fan sifatida tan olingan bo‘lsada u bevosita leksikologiya, grammatika, stilistika, fonetika, til tarixi, falsafa fanlari tarixi, mantiq hamda mamlakatshunoslik fanlari bilan aloqadorlikda rivojlanib bormoqda.
Biz ushbu bobda frazeologiyaning bahsli muammolaridan biri bo’lgan uni keng ma’noda tushunish muammosiga to’xtaldik. Biz frazeologik birliklarning o’rganilishi va tasnifini, lingvomadaniy hususiyatlarini, frazeologik birliklarning tilga xos boshqa birliklardan farqini o’rgandik.

Yüklə 167,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə