Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Frazeologik birliklarning lingvomadaniy hususiyatlari



Yüklə 167,19 Kb.
səhifə6/21
tarix10.04.2023
ölçüsü167,19 Kb.
#104855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
qwertyui (3)

1.2 Frazeologik birliklarning lingvomadaniy hususiyatlari
O’tgan arning 90-yillarida o’z rivojlanish yo’liga kirgan linguokulturologiya bugunga kelib zamonaviy tilshunoslikning eng dolzarb yo’nalishlardan biriga aylandi. Linguokulturologiya til va madaniyat, til va xalq mentaliteti, milliy o’ziga xosligining o’zaro munosabati hamda o’zaro ta’sirini tadqiq etadi, ilmiy asoslaydi. Bu jihatdan u madaniat hamda til haqidagi fan bilan o’zaro bog’lanadi. Lingvokulturologiya til birliklarining milliy-madaniy ma’nosi (semmantika)ni, ma’no mazmuni va ottenkalarini, til va madaniyat munosabatlarini, milliy madaniyatning tilde ifoda etilishi muammolarini ilmiy va amaliy o’rganadi.
Har qanday voqelikni qiyoslash qiyoslanayotgan voqelik yoki narsa hodisaning integral yoki differensial belgilarni aniqlashtirish imkonini yaratadi. Тilshunoslikda F. de Sossyur tomonidan tilning integral vа differensial belgilari farqlandi. Bu ilmiy yo’nalish оppozitsiya, transformatsiya, komponent tahlil kabi qator tilni ilmiy vа аmaliy o’rganish metodlarining аsoslarini tаshkil etadi. Хаlqlar o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniyatlararo munosabatlarni shakllantirish аsnosidа boshqa tillargа murojat etish vа o’rganish kuchaymoqdа. Boshqa tillarni o’rganish esa o’shа хаlqning madaniyatini o’rganish, yani, his qilish imkonini beradi. Shu manoda ohirgi paytlardа tilning madaniyat bilаn o’zarо munosabatini o’rganish favqulotdа dolzarb mаsalagа aylandi. Shu аsnoda tilshunoslikdа linguokulturologiya deb аtaluvchi maxsus yo’nalish, tadqiqot obyekti paydo bo’ldi.
Nemis tilshunosi V. fon Gumboldt til va madaniyat munosabatlarini Ilk bor o’z asarlarida ifoda etdi: “Inson tili unga predmet haqida Ma’lumotni qay tarzda yetkazsa, shu bilan ishlayudi. Har qanday til shaxs mansub bo‘lgan xalqni, uning tarzini ifoda etadi”.9
Ilmiy tadqiqotlarda lingvokulturema termini qo‘llanila boshlandi. Lingvokulturemalar (yazikovoe znachenie-nominativ ma'no, predmetlik ma'nosi)dan tashqari, milliy-madaniy (tildan tashqaridagi madaniy ma'no) kabi segmentlarni o‘z ichiga oladi. So‘z (belgi-ma'no) til birligi sifatida lingvokulturemaning tarkibiy qismi hisoblanadi. So‘z tildagi narsa-hodisalarni ifodalasa, lingvokul'turema predmet mazmunini ifodalaydi.
Lingvokul'turema tildagi ifodasiga ko‘ra so‘z, gap, atama, so‘z birikmasi bilan ifodalanishi mumkin. Lingvokulturema til birligiga nisbatan murakkab hodisadir. U o‘zida tilning ifodasini, tasavvuri bilan birga tildan tashqaridagi muhitni (vaziyat, reallik), mavjudlikni ifoda etadi.
Ona tili yoki boshqa chet tilini yaxshi biladigan har qanday shaxsning nutqida madaniy (kul'turniy areal) ma'no ishtirok etadi. Madaniy ma'nosiz u yoki bu matnning mohiyatiga kira olmaymiz, u haqidagi mazmunni idrok eta olmaymiz. Matn mazmunidagi madaniy fenomenni tushunib yeta olmaymiz. U yoki bu millatga xos bo‘lgan o‘ziga xoslikni tasavvur etish uchun milliy mentallikni anglash bilimi zarur. Lingvokulturema o‘ziga xoslangan nominativ ma'noni ifoda etishi bilan birga madaniy-ma'rifiy, milliy mentallik assosiativ tasavvurlarni anglab yetish imkoniyatini yaratadi. Keyingi yillarda tilning frazeologik tizimini semantik-pragmatik, lingvokul'turologik, kognitiv ilmiy nuqtai nazardan o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda.
Frazeologik birliklar aynan madaniyat haqidagi axborotni, milliy mentallikni ifodalaydigan til birligidir. Frazeologik ma'noning madaniy ma'no komponenti baho munosabatni anglatishi bilan birga u yoki bu millatning milliy mentaliteti, etnokulturasi to‘g‘risida ma'lumot beradi. Umuman, frazeologizmlar u yoki bu xalqning hayot tarzi, madaniyati, ma'rifati, milliy mentalitetining yorqin ifodasidir. Frazeologik birliklar u yoki bu xalqning madaniyati haqida ma'lumot beruvchi manba hamda milliy-madaniy lingvokul'turemani ifoda etuvchi yorqin til birligidir. Frazeologik birliklarning birlamchi ma'nolari deyarli yo‘qoladi yoki interpretasiya ya'ni, talqin qilinadi. Shu ma'noda frazeologizmlar ikkilamchi til hodisasi deb qaraladi. Ayrim olimlar frazeologizmlarni semantik hodisa deb qaraydi. Shunga qaramasdan frazeologizmlarning so‘z – komponentlari o‘z ma'nolarini saqlashi va lingvomadaniy ma'no foni saqlangan holda anglashiladi. Albatta frazeologizmlarning shakllanishi va ma'no kasb etishida ekstralingvistik omillar, jumladan tarix, milliy qadriyatlar, milliy-ma'naviy meroslar, urf-odatlar, hududning o‘ziga xosligi, voqeliklar, tarixiy jarayonlar va hakozolar muhim omillar bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, “do‘ppisini osmonga otmoq”, “tuyaning dumi yerga tekkanda”, “oshig‘i olchi bo‘ldi” kabi frazeologizmlar ma'no strukturasida signifikativ ma'nodan ko‘ra denotativ ma'no yuqori bo‘ladi. Ularning mazmun mohiyati til vakillari tomonidan milliy-madaniy qadriyatlaridan kelib chiqib, ularga xos bo‘lgan milliy qadriyatlar tizimi asosida shakllantiriladi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, tilshunoslikning zamonaviy rivojlanish bosqichida frazeologizmlarning milliy-madaniy o‘ziga xosligi, xalqning madaniyatini va qadriyatlarini ifoda etish jihatlarini o‘rganish maqsadga muvofiq. Ko‘plab tilshunoslar tomonidan tan olinganidek, tilning frazeologik boyligi har qanday xalqning milliy- madaniy o‘zligini va uning namoyon etilishida muhim rol o‘ynaydi, vosita bo‘lib xizmat qiladi, chunki uning mazmun mohiyatida, uning tarkibidagi birliklarda milliy-madaniy tarz aks etib turadi, namoyon bo‘ladi. Shu ma'noda frazeologik tizimning milliy-madaniy o‘ziga xosligi masalalari hozirgi davrda ko‘plab tilshunoslarning tadqiq mavzusiga aylandi.
Samarqandlik frazeologik tilshunos L.I.Royzenzon “frazeologiya insonning til faoliyatidagi eng o‘zligini ifodalovchi, murakkab va komplikativ voqelikdir” deb ta'rif beradi. V.N.Teliya esa “tilning frazeologik tarkibi-oynadir. Unda milliy-madaniy umumiylik o‘z aksini topadi, milliy o‘zlikni anglash namoyon bo‘ladi. Aynan frazeologizmlar til vakillariga olamni idrok qilishga va anglashga undaydi”.
Shuningdek, tilshunos V.A.Maslova “frazeologik birliklar o‘z ma'no strukturasida xalq madaniyati rivojlanishining uzoq yillik arayonini ifoda etadi, madaniy stereotiplar, etalonlar, arxetiplarni avloddan avlodga yetkazadi, muhrlaydi” deb yozib qoldiradi. Shu ma'noda, frazeologizmlarni tadqiq etish jarayonida:

  1. frazeologizmlarning umumiy ma'nolari yoki ularning komponentlari ma'nolari tarkibidagi milliy madaniyat tushunchalari tadqiq etilishi maqsadga muvofiq;

  2. milliy-madaniy axborot frazeologik birliklarning ma'no tarkibida saqlanadi, mavjud bo‘ladi, ularning olam haqidagi obrazlarini ifoda etadi hamda frazeologik birliklarga milliy-madaniy kolorit bag‘ishlaydi;

  3. frazeologizmlarning milliy-madaniy jarayonini o‘rganish asnosida madaniy-milliy konnotativ hususiyatlarni tadqiq etish maqsadga muvofiq.

Tilshunoslikda muqobilsiz (bezekvivalent) leksika termini va uning mohiyati lingvokul'turologiyada keng qo‘llanilmoqda. Muqobilsiz eksika mazmun-mohiyatini tilning boshqa leksik tushunchalar bilan qiyoslab bo‘lmaydi va ularni boshqa tilga aynan tarjima qilib ham bo‘lmaydi. Muqobilsiz leksika mazmunida milliy reallik yotadi. Bunday leksemalarning mazmun-mohiyatida boshqa etnoslar madaniyatida mavjud bo‘lmagan, faqat muayyan millat madaniyatiga xos bo‘lganmilliy predmetlar, urf-odatlar, milliy kiyimlar, milliy tuzum, milliy taomlar, milliy an'analarning nomlari, mazmun-mohiyati aks etadi. Masalan: ingliz tilidagi knocker - eshik bolg‘achasi - dvernoy molotok so‘zi Buyuk Britaniyaning hayot an'anasi, yashash tarzining bir elementini ifoda etadi. O‘zbek va rus milliy madaniyati, yashash tarzida esa bunday voqelik mavjud emas va bu voqelikning o‘zbekcha va ruscha muqobili ham uchramaydi. Bunday so‘zlar sirasini moqobilsiz leksika deb ataymiz.
Frazeologizmlarning o‘ziga xos shakllanish jarayonlari ularni oddiy so‘z birikmalaridan farqlaydi. Frazeologizmlarning shakllanishi lisoniy va nolisoniy omillar bilan ham bog‘liqdir. Frazeologizmlarning paydo bo‘lishi va shakllanishi, birinchidan, tarixiy jarayonlar, ijtimoiy muhit, ijtimoiy-siyosiy hayot, siyosiy-ma'naviy qarashlar, ikkinchidan lisoniy, ya'ni, tilning grammatik qonun-qoidalari kabi omillar bilan uzviy aloqadordir. Shakllanish davrida frazeologizmlar ham leksika kabi tilning ichki qonuniyatlariga fonetik, leksik-semantik, grammatik talablarga bo‘ysundiriladi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining frazeologik tarkibi tarixiy- etimologik jihatdan turli yo‘llar bilan shakllangan. Shuning uchun ham frazeologik manbalar to‘g‘risida so‘z yuritilganda, ularning, birinchidan, o‘zbek voqeligi asosida shakllangan, ikkinchidan, qarindosh va noqarindosh tillardan o‘zlashtirish va kal'kalash yo‘li bilan kirib kelgan frazeologizmlar farqlanishini ta'kidlash lozim.
O‘zbek voqeligi asosida shakllangan frazeologizmlar ilmiy adabiyotlarda milliy xarakterli frazeologizmlar atamasi bilan yuritiladi.10 Bunday frazeologizmlar o‘zbek turmushidagi hayotiy voqelik va shu voqelikdan kelib chiquvchi obrazlardan iboratligi bilan xarakterlanadi. Frazeologizmlarning ko‘pchiligi asrlar davomida o‘zbek xalqining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy, madaniy hayoti, hayotiy kuzatishlari, jug‘rofiy joylashishi, o‘ziga xos tushunchalari asosida yuzaga keladi. Masalan, tilimizdagi "do‘ppisini osmonga otmoq" (juda xursand bo‘lmoq, quvonmoq) frazeologizmi o‘zbek xalqining milliy urf-odati bilan bog‘liq holda shakllangan. Ma'lumki, do‘ppi o‘zbek xalqining milliy bosh kiyimi xisoblanadi. Shu milliylik asosida "do‘ppisini osmonga otmoq" frazeologizmi paydo bo‘lgan. Kishi quvonganda, biron ijobiy voqea-hodisadan, xabardan xursand bo‘lganda beixtiyor do‘ppisini osmonga otish holatlari uchraydi. Shunday xursandchilik va quvonish ottenkasini obrazli ifodalash ehtiyoji asosida ushbu ibora paydo bo‘lgan. Do‘ppi leksemasi ishtirokida "do‘ppisini yerga qo‘yib o‘ylamoq", "do‘ppining tagida odam bor", "do‘ppisini yarimta qilib", "do‘ppisi tor kelmoq", "do‘ppisi chakkada", "do‘ppisi chambarak" kabi qator frazeologizmlar ham shakllangan. "Frazeologizm til birligi sifatida murakkabligi, uning ma'nan yaxlitligi bilan alohida shakllangan shakli o‘rtasidagi ziddiyat, nomoslik, iboradagi dolzarb va etimologik ma'nolar nomuvofiqligi ularni nutq jarayonida qo‘llanishini qiyinlashtiradi"11. Demak, frazeologizmlarning shakllanishi i turli yo‘llar bilan amalga oshadi. Til egalari u yoki bu harakat va holatni i ifodalash maqsadida kishilar xarakteriga o‘xshash narsalarni ko‘chirish asosida obrazli iboralarni shakllantiradilar. Tilmizdagi "itdan (bir) suyak qarz (bo‘lib yashamoq)", "kambag‘alni tuyaning ustida (ham) it qopadi” frazeologizmlari ham davrning, hayotning mahsulidir.
O‘tgan asrning 80-90 yillarida davr ruhi bilan “nomeri o‘tmaydi”, “kun tartibiga qo‘ymoq”, “oshkoralik darvozasini qiya ochmoq”, “yulduzbozlikka chek qo‘ymoq”, “sirtimiz butun, ichimiz tutun” kabi qator frazeologizmlar shakllandi. Shuning uchun ham frazeologizmlarning yuzaga kelishi uchun birinchi asos milliy mentalitet, turmush tarzi, ijtimoiy−tarixiy davr, hayotiy tajribalardir.
Frazelogizmlar o‘zbek tilshunosligida lingvokul'turologiya va kognitiv lingvistika kabi zamonaviy lingvistika yo‘nalishida tadqiq etilmagan. Frazeologizmlar psixologik, kognitiv–semantik va lingvokul'turologik jihatlarni namoyon etgan ko‘p qirrali va ko‘p qatlamli mental tuzilmadir.
Frazeologizmlar mohiyatida ijtimoiy yoki sub'ektiv tarzda anglanuvchi, inson hayotining muhim moddiy, aqliy, ruhiy tomonini aks ettiruvchi, tarixiy ildizlariga ega bo‘lgan xalqning hayotiy tajribasini aks ettiradigan mazmun turadi. Frazeologizmlar obrazli, emosional-ekspressiv xususiyatga ega til birligidir. Frazelogizmlar xalqning ma'naviy-marifiy, ijtimoiy-iqtisodiy, turmush tarzi hamda o‘ziga xosligini yorqin ifoda etadi. Frazeologizmlar shakllanishi va qo‘llanishi mexanizmlarini tadqiq etish til vakillarining verbal fikrlash xususiyatlarini aniqlaydi, chunki, aynan frazeologizmlarda insonning narsa-hodisalarni anglash va insonning emosional, his-hayajon manzarasi ifoda etadi.
Shunga ko‘ra, frazeologik birliklarni kompleks, konseptual-kognitiv va lingvokul'turologik tahlil etish, frazeologik birliklarning lingvokul'turologik mohiyatini, frazeologik birliklarning milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlash masalalarini kompleks tadqiq etish lozim. Bu tadqiqotlar kompleks metodika, jumladan: frazeologizmlar tarkibidagi komponent leksemaning semantik strukturasidagi lingvomadaniy ma'nosini aniqlashga qaratilgan komponent tahlil metodi, ularning izomorf va allomorf belgilarni aniqlashga qaratilgan qiyosiy –aniqlashga qaratilgan kross-madaniy (kul'tur) tahlil metodlaridan foydalanilgan holda amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Yüklə 167,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə