Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə10/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

I-bob yuzasidan xulosalar
Hozirgi vaqtda o‘smirlarning ijtimoiy yolg‘izligi muammosi dunyo miqyosida ko‘pchilikni tashvishga solayotgan dolzarb mavzulardan biridir. Jahon amaliyotiga ko‘ra, so‘ngi yillarda shaxsdagi yakkalanish, yolg‘izlanish hissining oshib borishi jamiyatda salbiy jarayon sifatida kuzatilmoqda. Bugungi kunga kelib 300 milliondan ortiq insonlar depressiv holatdan aziyat chekishlari natijada 15-29 yoshlilar ichida har yili 800 000 kishi o‘z joniga qasd qilish holati qayd etiladi.
Ushbu muammolarni har bir mamlakatning milliy davlat dasturlari darajasida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lib, 2010-2016 yillarga kelib o‘z milliy siyosatini JSSTning “Sog‘liq-2020” dasturiga mos holda yuritayotgan davlatlar soni 58 foizdan 92 foizgacha etdi19, - deb xabar beradi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti.
Bugungi kun psixologiya fanida o‘smirlarda kechadigan yolg‘izlik hissi muammosi profilaktikasi va korreksiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy psixologik tadqiqotlarda yolg‘izlikning kelib chiqishi, yolg‘izlik haqidagi nazariyalar, zamonaviy yondashuvlar, ijtimoiy-psixologik determinantlar o‘rganilgan. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan o‘z joniga qasd qilishning asosiy sabablaridan biri sifatida aynan yolg‘izlik, hech kimga kerak emaslik hissi, begonalashuv, hayot mazmunini yo‘qotish kabilar o‘rganib kelinmoqda.
Mustaqil respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyati yoshlarning barkamol shaxs bo‘lib shakllanishi bilan chambarchas bog‘liq holda tasavvur etilib, bunga erishish uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratish davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishi qilib belgilangan. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash”, “YOsh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab- quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish”20 kabi muhim vazifalarning belgilangani fikrimizning dalilidir.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə