Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə13/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

Birinchidan, «stress» tushunchasini aniqlashda terminologik chalkashlik va qarama-qarshilik mavjud bo’lib, stressning psixologik tahlilidanafaqat tashqi kuzatiladigan stress ta’sirlar va reaksiyalar, balki stress bilan bog’liq bir qancha psixologik jarayonlar, masalan, tahdidni baholash jarayoni kabilar ham hisobgaolinganda bu chalkashlik bartaraf etilishi mumkin.
Ikkinchidan, stress reaksiyasi faqat tahdid natijasida yuzagakeladigan himoya mexanizmlari sifatida tushunilishi mumkin. Tahdidga nisbatan reaksiyaning fiziologik va xulq-atvor tizimi shaxsning ichki psixologik tuzilishi bilan bog’liq bo’lib, sub’ekt u orqaligina bu tahdiddan qutula oladi. Stress reaksiyasining xususiyati shaxsning psixologik tuzilishi bilan shunday bog’langanki, bunda shaxsning o’ziga baho berishi va o’zini himoya qilish jarayoni tashqi ta’sir etuvchi vaziyatlar natijasidir.24
Stress bilan «xavotirlik», «zo’riqish» kabi boshqa bir qancha tushunchalar ham bog’liqdir. Ch. D. Spilbergerning ta’kidlashicha, individ o’ziga nisbatan xavf, tahdid, zarar keltiruvchi muayyan vaziyat yoki qo’zg’atuvchilarni idrok qilganida, unda xavotirlik hissi paydo bo’ladi. Xavotirlik holati vaqt o’tishi bilan stress bosqichiga o’tishi mumkin. Muallifning bu izohi bilan tashqi ta’sir (stress-omil) natijasi bo’lgan «stress» tushunchasi mos keladi. Bunda tashqi ta’sir sifatida shaxs tomonidan qattiq talab sifatida idrok qilinadigan va uning o’zini hurmat qilish, o’ziga baho berishiga tahdid soluvchi omillar tushuniladiki, bular turli intensivlikka mos ravishdagi emotsional reaksiyalar (xavotirlik holati)ni keltirib chiqaradi.
Adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, «stress» tushunchasi paydo bo’lgandan boshlab hozirgacha uning sabablari, determinatsiyasi, namoyon bo’lishi, bartaraf etish darajasini fundamental o’rganishga bog’liq turli o’zgarishlarga duch kelindi. «Stress» termini har doim ham o’z o’rnida ishlatilavermaydi, ba’zan uni ma’no jihatdan yaqinroq bo’lgan boshqa so’zlar bilan ham almashtirib yuborishadi, masalan, istalgan emotsional zo’riqishni stress deb atash holati tez-tez uchrab turadi.
Muammoning o’rganilishi va stress holatining namoyon bo’lish darajasining kengayishini hisobga olgan holda mantiqan shunday xulosaga kelish mumkinki, bu sohada aniqroq tushunchani joriy etish va shu yo’nalishda o’xshash tushunchalar o’rtasida aniq differensiatsiya o’rnatish lozim. Buni shunday asoslash mumkinki, hozirgi paytda yuqorida ta’kidlanganidek, «emotsional stress» deb ham qaraladigan «psixologik stress» tushunchasi bilan bir qatorda stressning bu turiga nisbatan «informatsion stress», «professional stress», «posttravmatik stress» va boshqaterminlar ko’p qo’llanilmoqda.25
Stressning namoyon bo’lishi, uning sog’liq va faoliyatga ta’sirini o’rganish shundan dalolat beradiki, har qanday odam o’z hayoti davomida bu holatni bir necha bor boshdan kechiradi. N. X. Rizvining ifodalashicha, « … stress hamma joyda mavjud, u hayotning soyasidir, kimgadir u yoqadi va u istagan natijagaerishish uchun undan foydalanadi, kimgadir esa yoqmaydi va uningorganizmi stressga lozim darajada ta’sir ko’rsatadi». Bundan tashqari, hayotiy voqea-hodisalarning cheki yo’qligi, insonning individual (o’ziga xos) xususiyatlari bilan bog’liq stress terminining noaniqligini yana bir bor ta’kidlash lozim.
G. Sele bu haqda shunday fikr bildiradi: «Stress nazariyasi, ilmiy konsepsiya sifatida ko’pgina yaxshi bilimlarni o’zidajamlagan va haligacha etarlicha aniq tushunchaga ega bo’linmagan shunday bir nazariyadir».26
Stress haqidagi nazariya dastlab 1936 yilda G. Sele tomonidan taqdim etilgan. O’z izlanishlari natijasini muallif faqat 1950 yildagina chop ettirgan. Uning stress haqidagi birmuncha to’liq va aniq fikrlari keyingiishlarida o’z aksini topgan. G. Sele nazariyasida stress fiziologik, kimyoviy va organik omillarga nisbatan bildiriladigan fiziologik reaksiya sifatidaqaraladi. Nazariyaning asosiy mazmunidan kelib chiqqan holda, to’rt xil holatni ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Barcha biologik organizmlar ichki balans holatini saqlashning tug’ma mexanizmlariga ega. Ichki mutanosiblikni saqlash gomeostazis jarayonini boshqaradi.
2. Stressorlar, ya’ni kuchli tashqi ta’sirlar ichki mutano-siblikning buzilishiga olib keladi. Organizm yoqimli yoki yoqim-sizligidan qat’i nazar, fiziologik qo’zg’alish uchun xos bo’lmagan har qanday stressorni sezadi yoki unga munosabat bildiradi.
3. Stressning rivojlanishi va unga moslashish bir nechtabosqichdan iborat. Bir bosqichdan ikkinchisiga o’tish organizmning rezistentligi, stressor ta’sirining intensivligi va uzoq vaqt ta’sir etishiga bog’liq.
4. Organizm stressning ogohlantiruvchi imkoni mavjud bo’lgan cheklangan moslashuv zaxiralariga ega, ularning tugashi yoki kamayib ketishi kasallik va o’limga olib keladi.
Tadqiqot natijalarini umumlashtirish asosida G. Sele umumiy moslashuv sindromi deb atalgan uch bosqichli jarayonni asoslab bergan. Xavotirlik bosqichi stressorning dastlabki ta’siridayoq paydo bo’ladi. Qisqa vaqt davomida organizmning rezistentlik darajasi pasayadi, somatik va vegetativ funksiyalar buziladi. SHundan so’ng, organizm zaxiralarni ishga soladi va himoya jarayonlarining o’zini o’zi boshqarish mexanizmi ishga tushadi. Agar himoya reaksiyalari samara bersa, xavotirlik yo’qoladi vaorganizm me’yoriy faolligiga qaytadi. Ko’plab stresslar ana shubosqichdayoq hal etiladi. Bunday qisqa muddatli stresslarni stressning keskin reaksiyalari deb atash mumkin. Xavotirlik bosqichi stressni jalb qiluvchi bosqich hisoblanib, u stressorning shaxsga ta’siri yuzaga kelishi bilanoq boshlanadi. Birinchi bosqichda stress omilining mavjudligi bir qator fiziologik o’zgarishlarga olib kelishini yuqorida ta’kidlagan edik. Bular: nafas olishning tezlashuvi, qon bosimining ko’tarilishi, tomir urishining tezlashuvi kabilar. Stressorning ta’siri, shuningdek psixik jarayonlarning faollashuviga ham sabab bo’ladi. SHaxsda hayajon kuchayadi, diqqat qo’zg’atuvchida markazlashadi, vaziyatni nazorat qilishga intilish kuchayadi, idrok hamda diqqatning ko’lami kengayadi, operativ xotiraning egiluvchanligi o’sadi. Tayyorgarlikning yuqori darajadagi ko’rinishida esa, tafakkurning originalligi, mahsuldorligi hamda ijodkorligi oshadi. Bu esa, o’z navbatida, qaror qabul qilish tezligini kuchaytiradi. Faoliyatni tashkil etish usullari ham yanada mos emas va samarali bo’lib boradi.
Rezistentlik (qarshilik ko’rsatish) bosqichi stresssorning davomiy ta’siri natijasida vujudga keladi va organizmni qo’llab-quvvatlovchi himoya reaksiyasini ishga tushiradi. Bunda funksional tizimdagi zo’riqishning tashqi namoyon bo’lishi asnosida moslashuv zaxiralarining muvozanatlashgan taqsimoti amalga oshadi. Qarshilik ko’rsatish bosqichida shaxsda ranjish, xafa bo’lish kabilar ikkinchi bosqichda boshlanadi. Bu bosqichda organizm «zaxira»dagi mavjud kuchini ishlatishni boshlaydi. Ammo, ma’lumki, insonning fiziologik va psixik imkoniyatlari cheklangan. Natijada stressorning ta’siri davom etaversa, unga qarshilik ko’rsatish uchun shaxsda kuch qolmaydi va psixika «orqaga chekinish»ni boshlaydi, ijobiy (mobillashgan) hissiyotlar salbiy (destruktiv)ga o’zgara boshlaydi.
Tugash bosqichi haddan ortiq kuchli va davomiy stressorning ta’siriga qarshi kurashuvchi organizmning himoyaviy moslashuv mexanizmlarining buzilishini ifodalaydi. Moslashuv zaxiralari, tabiiyki, sezilarli darajada kamayadi. Stressorlarning odamga doimiy ta’siri susaymasligi stressga qarshi tura olish imkoniyatlarining keskin pasayishiga olib keladi. Insonning zaxiralari tugaydi. Organizmning umumiy qarshiligi pasayadi va u faoliyatni tashkil etishda butunlay susayishi hamda psixikjarayonlarning ma’lum darajada buzilishiga olib keladi. Idrok, xotira, tafakkurning o’zgarishi kuzatilishi mumkin (masalan, «hech narsani ko’rmayapman», «ko’zlarim qorong’ilashyapti», shuningdek tafakkurdagi o’zgarishlar, xotiraning buzilishi kabilar kuzatiladi). Bu davrda xulqning asosan ikki xil ko’rinishi kuzatiladi. Birinchi vaziyatda xulqda butunlay tartibsizlik kuzatilib, impulsiv reaksiyalar ko’zga tashlanadi odam «o’zini qo’yarga joy topa olmay qoladi». Ikkinchi holatda, aksincha, xulqdagi faollik butunlay to’xtaydi, «reallikdan o’chish», qotib qolish kabi holatlar yuzaga keladi. Destruksiya davri faoliyat samaradorligi ko’rsatkichlarining pasayishi emas, balki uning umumiy buzilishi bilan tavsiflanadi. Hozirgacha olib borilgan tadqiqotlarda stress rivojlanishining birinchi bosqichi yaxshi o’rganilgan. Bu moslashuv zaxiralarini safarbar etish (xavotirlik) bosqichi bo’lib, unda atrofdagi yangi favqulodda talablarga organizmning moslashuvi kuzatiladi. Stress rivojlanishining ikkinchi va uchinchi bosqichlari, ya’ni moslashuv zaxiralarini barqaror taqsimlash va ularning tugashini o’rganish ustida unchalik ko’p tadqiqot olib borilmagan.
G. Selening qarashlari ta’sirida ko’pgina tadqiqotchilaraynan stress-omil natijasida vujudga keladigan fiziologik, biologik yoki morfologik o’zgarishlarga e’tibor qaratganlar. Shundan kelib chiqqan holda, stress ta’sirlarga nisbatanorganizm reaksiyasi bilan shaxsning ichki, psixologik omillari o’rtasidagi munosabat dinamikasi ikkinchi o’ringa o’tib kelmoqda.
Emotsional stressning rivojlanish vaqtida gormonal, metobolik, ierarxik o’tishlar chuqur o’rganilgan. Lekin stress-omillarfiziologik reaksiyasining dinamikasi asosida baho berishga bag’ishlangan tadqiqotlar etishmaydi. Buning ustiga insonda stressning rivojlanishida ijtimoiy psixologik omillarning salbiy ta’siri, stress reaksiyalarini boshqarish va stressni bartaraf etishda kognitiv jarayonlarning roli hisobga olinmaydi. Bu nazariya atrof-muhitdagi kimlar uchun zararli, lekinkimlar uchun zararsiz bo’lgan yoki «o’rta darajadagi noxush holatlar»ga nisbatan javob qaytaruvchi stressli effektlarni tahlil qilmaydi. 27
Turli mutaxassislar stressga turlicha yondashish kerakligini ta’kidlab o’tgan bo’lsalar ham, bizningcha bu masalaga ko’proq ijtimoiy jihatdan yondashish maqsadga muvofiqdir. Chunki bugungi kunda depressiya, agressiv xatti-harakatlar, havotirlanishlar kabi ruhiy holatlar aynan ijtimoiyligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga har qanday salbiy emotsiyalardan ba’zi holatlarda himoyalanishni ham inson bilishi kerak. Agada sodir etilayotgan ba’zi bir suitsidal xulqning ifodalanishi tahliliga e’tibor qaratsak aynan o’z- o’zini «tig’iz» paytda tuta bilmaslikdan ekanligini bilib olish qiyin emas. Mazkur takliflardan asosiy maqsad, stress holatini to’g’ri tushunish va undan himoyalanishdan iborat.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə