Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kechki Geografiya oʻqitish metodikasi


-Rasm Olmaliq metalurgiya kombinatining aksiyadorlik jamiyati



Yüklə 270,82 Kb.
səhifə9/29
tarix13.12.2023
ölçüsü270,82 Kb.
#149113
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
3-Rasm Olmaliq metalurgiya kombinatining aksiyadorlik jamiyati
“Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” investitsion loyihasini amalga oshirish uchun yangi kon transport uskunalarining kelishi, shuningdek, “Yoshlik I” konida kon kapital qazib olish, kon ochish ishlari hajmining oshishi munosabati bilan hamda kon ishlarini sifatli boshqarishni ta'minlash uchun konda 2021 yil 13 avgust kuni “Shimoliy-g‘arbiy Baliqti” va “Barakali” karyerlari tashkil etildi.
O‘tgan davrda “Shimoliy-g‘arbiy Baliqti” kar'yerida 1,6 mln m3, “Barakali” karyerida 2,6 mln m3 kon kapital qazib olish ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari, G‘arbiy yo‘nalishda maydalash uzatish qurilmasi(MUQ) uchastkasini hamda 2022 yilda qurib bitirilishi rejalashtirilgan vertikal tartibdagi g‘arbiy Siklik oqim texnologiyasi(SOT) ruda kompleksining kapital transheyasi va konveyer yo‘llarini tayyorlash uchun kon ishlari olib borilmoqda (688, 665, 650, 635, 625m gorizontlarida). Bugungi kunda SOT ruda va konveyer yo‘llari maydonchasini tayyorlashda 5 dona EKG – 20K ekskavatorlari va 4 dona burg‘ulash uskunalari jalb qilinib, 12,0 mln. m3 umumiy hajmdan, 9,6 mln. m3 hajmdan ortiq qazib olish ishlari bajarildi.
Janubiy yo‘nalishda MUQ uchastkasini hamda 2022-yilda qurib bitirilishi rejalashtirilgan vertikal tartibdagi janubiy Siklik oqim texnologiyasi bo‘sh tog‘ jinsi kompleksining kapital transheyasi va konveyer yo‘llarini tayyorlash uchun kon ishlari olib borilib, 7,3 mln. m3 umumiy hajmdan, 3,4 mln. m3 hajmdan ortiq qazib olish ishlari bajarildi(770, 755, 740, 725, 710, 695, 680m gorizontlarida).
Konveyer trassasini qurilish ishlarini jadallashtirish uchun 3 dona ekskavator va 3 dona burg‘ulash uskunasi jalb etilgan.
SOT bo‘sh tog‘ jinsi kompleksining loyihalash ishlarini bosh loyihachi “Giprosvetmet” AJ amalga oshirayapti. Hozirda qurilish ishlari bo‘yicha potensial pudratchilarni tanlash jarayoni olib borilmoqda.
“TP-8” podstansiyasi bo‘yicha tuproq qazish ishlari 703,7 mln. so‘mga bajarildi. Podstansiyalar va YuKEUL-110 kV trassalarining qurilish maydonchalari tanlovi dalolatnomalari tuzildi.
“TP-9” podstansiyasi bo‘yicha podstansiyalar va YuKEUL-110 kV trassalarining qurilish maydonchalari tanlovi dalolatnomalari tuzildi.
“TP-10” podstansiyasida podstansiyalar va YuKEUL-110 kV trassalarining qurilish maydonchalari variantlarini tanlovi ko‘rib chiqilmoqda.
2022-yilda yana bir qator ishlar bajarilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, TP-8 va TP-9 podstansiyalarni loyihalash va qurilish ishlarini, Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi ob'ektidagi mavjud, loyihalash va rekonstruksiya qilish lozim bo‘lgan temir yo‘llarni loyihalash ishlarini, Portlovchi materiallar zavodi ob'yekti va infratuzilmalari bo‘yicha loyihalash ishlarini jadallashtirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, SOT ruda va janubiy SOT-2 yakuniy konturini ishchi hujjat bilan birgalikda taqdim etilishi, texnik iqtisodiy asosga ko‘ra, qo‘shimcha avtosamosvalni harid qilish belgilangan.
“Yoshlik-1” koni hududi 11 ming gektarni tashkil etib, zaxirasi esa yiliga 65 million tonna ma'dan qazib olish quvvatiga ega. Bu konda oltin, mis, kumush, molibden, selen kabi 13 turdagi qimmatli va nodir metallar bor.

Yüklə 270,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə