II. Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish
6.
|
Xalqaro bozorlarda tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) joriy etilishiga ko‘maklashish.
|
Doimiy ravishda
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi
|
7.
|
Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari mutaxassislari uchun qisqa muddatli, shu jumladan, masofaviy treninglar tashkil etish, o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish hamda joylarga yetkazilishini ta’minlash.
|
Doimiy ravishda
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar
|
8.
|
Yetakchi qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan munosabatlarning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy qilish.
Bunda:
yangi maqsadli eksport bozorlarida muzokaralar o‘tkazish va savdo kelishuvlarini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
xalqaro bozorlarda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari marketingi va tashish xarajatlarini kamaytirish;
mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini maqsadli eksport bozorlariga chiqarish uchun “Made in Uzbekistan” brendidan keng foydalanish imkoniyatlarini baholash;
milliy sifat tizimini takomillashtirish bo‘yicha batafsil reja ishlab chiqish.
|
Doimiy ravishda
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
9.
|
Eksport bozorlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish, eksportga tayyorgarlik, savdo rejimi va savdoni moliyalashtirish bo‘yicha maslahat xizmatlari faoliyatini rivojlantirish.
|
Doimiy ravishda
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
10.
|
Eksport salohiyati yuqori bo‘lgan organik mahsulotlarni nazarda tutgan holda ichki va xalqaro bozorlarga meva-sabzavotchilik hamda chorvachilik mahsulotlarining asosiy tarmoqlarini baholash natijalariga ko‘ra (dastlab ko‘p yillik ma’lumotlar va bozor tendensiyalari tahlili asosida eksport qilinuvchi asosiy 10 — 15 ta mahsulot turiga nisbatan) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish strategiyasini ishlab chiqish.
|
2021-yil IV chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
11.
|
Mavjud infratuzilmani tahlil qilish asosida oziq-ovqat xavfsizligi hamda sifatini nazorat qilish tizimini tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish.
|
2021-yil I chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi
|
12.
|
Qishloq joylarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, shuningdek, ichki bozorlarni modernizatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishni maqsadli qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish.
|
2021-yil III chorak
|
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
13.
|
Hududlarning xususiyatlari hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo to‘plangan joylarni hisobga olgan holda rivojlanishni cheklovchi omillarni batafsil baholash asosida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish.
|
2021-yil II chorak
|
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi
|
14.
|
Barcha tarmoqlarda klasterlarni rivojlantirish va rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni aniqlash maqsadida paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini baholash.
|
2021-yil IV chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ
|
15.
|
Muhim eksport bozorlari va ustuvor mahsulotlarga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat bozori monitoringini yuritish tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish.
Bunda qarorlar qabul qilishda ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchi korxonalarga ko‘maklashish maqsadida m�hsulotlar narxlari to‘g‘risidagi axborotlarni muntazam ravishda nashr qilib borish nazarda tutiladi.
|
2021-yil II chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
|
16.
|
Qo‘shimcha qiymat zanjirlarini shakllantirishga qaratilgan qishloq joylardagi startap-tashabbuslar hamda ishlab chiqaruvchilar birlashmalarni qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar va imtiyozli kreditlarni taqdim etishni nazarda tutuvchi kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va diversifikatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun tajriba sinov tariqasida investitsion dasturlarni amalga oshirish.
|
2021-yil I chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
|
17.
|
Ikkilamchi ijara va ijara huquqini berish imkoniyatlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga o‘zgartirish kir�tish.
|
2022-yil I chorak
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
18.
|
Xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish orqali genetik modifikatsiyalangan ekinlar va o‘simliklar navlarini sinash uchun maxsus laboratoriya tashkil qilish.
|
2022-yil IV chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
|
19.
|
Agrologistika markazlari tarmoqlari bazasida yagona savdo tizimini (auksion va birja savdolari asosida) joriy etishda ko‘maklashish.
|
2022-yil I chorak
|
Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
20.
|
Urug‘chilik va meva-sabzavotchilik bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot institutlarining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash.
|
2022-yil IV chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
21.
|
Xarajatlarni minimallashtirish va texnik to‘siqlarni bartaraf etish, mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash maqsadida savdo infratuzilmasi, agrologistika markazlari, oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalari, sanitariya va fitosanitariya tizimi, zarur uskunalar hamda inventarlar uchun investitsiyalarni jalb qilishni yanada rag‘batlantirish.
|
2025-yil IV chorak
|
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi
|
|