Tsz: Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning


V. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish



Yüklə 446,41 Kb.
səhifə20/27
tarix28.11.2023
ölçüsü446,41 Kb.
#133900
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
PF-5853 23.10.2019

V. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish

42.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat bozoridagi o‘zgarishlar hamda tarmoqni isloh qilish va erishilgan n�tijalar bo‘yicha ma’lumotlarni, davlat xizmatlarini onlayn shaklida taqdim etuvchi veb-sahifa yaratish.

2021-yil IV chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

43.

Yosh mutaxassislar orasidan boshqaruv kadrlarini tayyorlash uchun stajirovka va stipendiyalar dasturini joriy etish, unda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, agrobiznes menejmenti va marketingi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilish hamda boshqa shu kabi ustuvor yo‘nalishlarda stipendiyalarni taqdim etish va xodimlar almashinuvining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini amalga oshirilishini nazarda tutish.

2021-yil IV chorak

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi

44.

Quyidagi yo‘nalishlarda davlat xizmatlarini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyalarini ishlab chiqish:
veterinariya, qishloq xo‘jaligi hayvonlarining �og‘lig‘ini saqlash va chorvachilikni rivojlantirish;
fitosanitar nazorat va o‘simliklarni himoya qilish xizmatlari;
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish xizmatlari;
qishloq xo‘jaligi va agrobiznes sohasida axborot xizmatlari hamda amaliy tadqiqotlar olib borish;
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini oziq-ovqat bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash;
qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga ko‘maklashish xizmatlari.

2021-yil IV chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi

45.

Tarmoqda muhim qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish sohasida xususiy sektor yordamida autsorsing amaliyotini joriy etish va samarali davlat-xususiy sheriklik modelini rivojlantirish.

2025-yil III chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi


Yüklə 446,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə