H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
112
Jami 120 kg/ga fosfor har ikkala o‘simlik tomonidan iste’mol qilingan.
Foydalanilmay qolgan fosfor o‘g‘iti 30 kg/ga dan iborat. Tuproq tarkibiga
qaytarilgan fosfor balansida: g‘o‘zaning qoldig‘i (bargi, ildizlari) bilan 15
kg/ga, bedaning ildizlari orqali tuproqqa 5 kg/ga, go‘ng bilan 19 kg/ga
qaytarilgan. Tuproq tarkibidan esa fosforning 82 kg/ga paxta hosili bilan,
chorvachilik mahsulotlari bilan 0,2 kg/ga, go‘ng tarkibida isroflanish 8
kg/ga, jami 90,2 kg/ga sarf etilgan. Yillik jarayonda tuproq tarkibidagi 60
kg/ga fosfor qolib, karbonatli birikmalar bilan reaksiyaga kirishib, o‘simlik
ololmaydigan moddalar holatiga o‘tib ketgan.
Dostları ilə paylaş: