Turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti



Yüklə 46,24 Kb.
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü46,24 Kb.
#155906
1   2   3   4   5
Turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti-fayllar.org

2. Xizmatlar tasnifi. Tasniflashtirish har bir turdagi xizmatning o‘ziga xos qirralarini tushinish, ushbu industriyani boshqarish xususiyatlarini tushinish imkoniyatlarini beradi. Bu esa xizmatlarning segmentlashtirishga optimal yondoshishga yordam beradi. U xizmatlar sohasi ishlovchilarini avvallari bozorda taqdim etilmagan xizmatlarning yangi turlarini qidirishga undaydi va ularning sifatini oshirish indikatori hisoblanadi. Mehnat taqsimoti tamoyillariga mos ravishda ehtiyojlarning va funksiyalarning diversifikatsiyalanishi xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat turlarining ko‘payishiga olib keldi. Ularni aniqlash qiyin ish 8 hisoblanadi: xizmatlar turli qatorli kategoriyadan iborat, unda barcha narsalar aralashdir va bu tovarni berishni ko‘zda tutmaydi, xizmatlarni ko‘rsatuvchi va xaridor o‘rtasidagi aloqalarning iqtisodiy tavsifi dolzarb hisoblanadi. XX asr 80 chi yillaridagi xizmatlar sohasi tarkibining talqinlari (1-chizma). 1-chizma. XX asr 80 - yillaridagi xizmatlar sohasi tarkibining talqinlari. Xizmatlarning umumiy tarkibida odatda maishiy xizmatlar ajralib turgan va ular o‘z navbatida ikkiga bo‘lingan. Ularning bir qismi ikki tomonlama tavsifga ega bo‘lgan. YA’ni bir tomondan xizmatlar tavsifida va ikkinchi tomondan moddiy ne’matlar ishlab chiqaradi. Masalan moddiy ne’matlarni kiyim, oyoq kiyimini ta’mirlash va tozalash korxonalari yaratishadilar, xususan ular faoliyati maishiy xizmatlarga kirsa ham. Xizmatlarning ikkinchi guruhi xususiy xizmatlar guruhiga kiritilgan. Ularga hammomlar, kir yuvish xonalari, foto sur’at xonalari kiradi. 1987 yildan mamlakat statistika organlari milliy schyotlarning xalqaro tizimiga o‘tishni boshladi. Xizmatlarni tasniflashtirish yondoshishiga o‘zgartirish kiritish zaruriyati vujudga keldi. Asosiysi shundan iboratki, endilikda xizmatlar sohasi strukturasi bozor pozitsiyasida ko‘riladigan bo‘ldi. Xizmatlar uch turga chegaralandi: bozorli, nobozor va bilvosita o‘lchanadigan moliyaviy vositachilik xizmatlari. (2- chizma). Bozor xizmatlari tarkibiga, bozorda iqtisodiy ahamiyatli baholar bo‘yicha sotiladigan xizmatlar qo‘shiladi. Ular jumlasiga transport va savdo xizmatlari, pullik madaniyat, sog‘liqni saqlash, maishiy xizmatlar, moliya, kredit, sug‘urta, axborot – hisoblash kabi xizmat ko‘rsatishlar kiradi. Xizmatlar sohasi O‘ziga xos xizmatlar:
1.Boshqaruv;
2.Mudofa;
3.Ijtimoiy tartibni saqlash;
4.Fan.
Shaxsiy xizmatlar: 1.Ta’lim; 2.Sog‘liqni saqlash; 3.Madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish. Nobozor umuman jamiyatga yoki alohida uy xo‘jaliklariga ko‘rsatiladigan xizmatlar kiradi. xizmatlari tarkibiga Ular bepulligi yoki iqtisodiy past baholar bilan farqlanadi. Bunday xizmatlar davlat budjeti, Bozor tizimida xizmatlarni ishlab chiqarish strukturasi. 2-chizma. Bozor tizimida xizmatlarni ishlab chiqarish strukturasi. nobudjet fondlari yoki notijorat va ijtimoiy tashkilotlar budjetidan to‘lanadi. Moliya vositachilik bilvosita o‘lchanadigan xizmatlar odatda shartli ravishda tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanadi va o‘rtadagi iste’molga qo‘shiladi. Xizmatlarning qiziqarli talqinini Lovelok taklif etdi. Uning tasnifida asosiy bo‘lib, xizmatlar kimga yo‘naltirilgan va ularni anglash (his qilish) mumkinligidir (3-chizma). Xizmatlarning asosiy klasslari Xizmatlar sohasi 1. Inson ta’nasiga yo‘naltirilgan xis qilinadigan harakatlar Sog‘liqni saqlash, yo‘lovchi transporti, go‘zallik salonlari va sartoroshxonalar, sport inshoatlari, restoranlar va kafelar 2. Tovarlar va boshqa fizik obyektlarga yo‘naltirilgan his qiladigan harakatlar Yuk transporti, asbob uskunani ta’mirlash va saqlash, qo‘riqlash, tozalikni va tartibni saqlash, kir yuvish xonalari, kimyoviy tozalash, veterinariya xizmatlari 3. Inson ongiga yo‘naltirilgan his qilib bo‘lmaydigan harakatlar Ta’lim, radio va televideniye, axborot xizmatlari, teatrlar, muzeylar 4. His qilib bo‘lmaydigan aktivlar bilan his qilib bo‘lmaydigan harakatlar Banklar, yuridik va maslahat xizmatlari, sug‘urtalash, qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiyalar XIZMATLAR Bozor Bilvosita o‘lchanadigan Nobozor 3-chizma. Xizmatlarning his qilish darajasi bo‘yicha chegaralanishi Keltirilgan tasniflashtirish nomoddiy ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Masalan, xizmatlar iste’molchi bilan aloqa darajasi, qonuniy va meyoriy aktlar bilan tartibga solish darajasi, mehnat talabchanligi, iste’molchilar segmentlari bo‘yicha (ishchan, shaxsiy xizmatlar va hokazolar) tasniflashtiriladi. Nisbatan yaqin muddat mobaynida fanda xizmatlar sohasi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatida qatnashishi yoki qatnashmasligi tamoyiliga ko‘ra bo‘lish kirib keldi. Bunday bo‘lishning ahamiyati shundan iboratki, xizmatlar sohasining struktura yaxlitligi to‘g‘risida tasavvur shakllanadi. U bozor xo‘jalik yuritish sharoitlariga mos keladi. Moddiy tavsifdagi xizmatlar bevosita ishlab chiqarish strukturasiga qo‘shiladi. Ular alohida har bir korxonaning ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratadi. Odatda ishlab chiqarish xizmatlariga ta’mirlash-xizmat ko‘rsatish faoliyati, texnik, transport – ombor, muxandis – maslahat xizmatlari kiradi. Texnik xizmatlar tarkibida ikki asosiy guruhni ajratish mumkin: birinchisi – maslahat xizmatlari. Ularga buyurtmachiga texnik hujjatlashtirish, tadqiqotlar natijalari, qurilish uchun dastlabki ma’lumotlar, smetalar va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruhga injiniring tipidagi xizmatlar kiradi. Xizmatlar tarmoqlarini moddiy ishlab chiqarishga kiritish shartlari - natijalarni olishda qatnashish yoki ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalari faoliyatida qatnashishi hisoblanadi. Unda tovar ayrboshlashi asosidagi xizmatlarni sotish amalga oshiriladi. Xizmatlar tarmoqlarini bunday ajratishning me’zoni ularning yaratilgan tovardagi hissasi hisoblanadi. Tabiyki xizmatlarning tovar mahsulotini yaratuvchi xizmatlarning ushbu tarmoqlari yalpi milliy mahsulot va milliy daromadni yaratishda bevosita ishtirok etadilar. Ammo uzoq yillar mobaynidagi hisoblash metodikasi ushbu haqiqatni aks ettirmagan. Tovar xizmatlari va aholiga pullik xizmatlarning bir qismi yalpi milliy mahsulot yaratuvchi moddiy ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tarkibida inobatga olinmagan. Daromadning to‘liq hisobi olinmagan. Bu takror ishlab chiqarish jarayonini, yaratilgan ne’matlar hajmini buzib ko‘rsatgan. Natijada xizmatlarning alohida tarmoqlari rivojlanishiga imkon bermagan. Milliy hisoblar tizimiga o‘tish ushbu kamchilikni yo‘qotdi, lekin hozircha to‘liq emas. Nomoddiy ishlab chiqarish ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga bevosita aloqador xizmat tarmoqlarini birlashtiradi. Bu ularning birinchi tavsifli xususiyati; ikkinchi xususiyat – bu bepul, ayrim holatlarda o‘z tannarxidan ancha past narxlarda mahsulotlarni sotishdir. Nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari tarkibiga ma’rifat, ta’lim, madaniyat, san’at va sport, sog‘liqni saqlash va boshqalar kiradi. Ushbu sohadagi ishlab chiqarish munosabatlari ijtimoiy, iste’mol tavsifiga ega bo‘ladi. Nomoddiy ishlab chiqarish sohasidagi xizmatlar tarmoqlari yuqori malakali ishchi kuchini shakllantirish bilan bir qatorda ularni o‘qitish mo‘ljalni olishadilar. Chunki bozor xo‘jalik yuritish sharoitida ishchi kuchi tovar xususiyatlariga ega bo‘ladi va doimiy ravishda mehnat bozorini to‘ldiradi. Ushbu xizmatlar jamiyat a’zosi sifatida alohida shaxsning ehtiyojini qondiradi. Shu sababli ularni alohida shaxslarga (shaxsiy va yakka tartibdagi) yoki shaxslar guruhlariga (jamoa) va umum ijtimoiylarga bo‘lish mumkin. Nomoddiy ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlari ishchi kuchini shakllantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Ularga ta’lim va sog‘liqni saqlash kiradi. Avvalgidek bepul xizmatlar yoki past narxlardagi haq to‘lash amaliyotini bozor munosabatlari sharoitida ustuvor deb bo‘lmaydi. Chunki davlat budjetidan dotatsiyalashtirish yo‘qolib bormoqda.

Yüklə 46,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə