Turk hoqonligi va uning davlat boshqaruvi tizimi. Reja Turk xoqonligining tashkil topishi va boshqaruv tizimi



Yüklə 39,74 Kb.
səhifə1/3
tarix24.09.2023
ölçüsü39,74 Kb.
#123622
  1   2   3
Turk hoqonligi




Turk hoqonligi va uning davlat boshqaruvi tizimi.
Reja
1.Turk xoqonligining tashkil topishi va boshqaruv tizimi
2.Turk xoqonigining xalqaro aloqalari.
Turk xoqonligi – Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha oʻlkalarni oʻz ichiga olgan yirik saltanat (6—8-asrlar). Turk Xoqonligi (552—747) — Turkiylar tomonidan Yevrosiyoda yaratilgan ulkan imperiya. Ularga Ashina urugʻi boshchilik qilgan. Oʻzining eng ravnaq topgan davrida Oxota dengizidan Qrim yarimoroligacha, Sibirdan Hindistongacha boʻlgan yerlarni boshqargan.
Turk xoqonligiga doyr maʼlumotlar Urxun-Enasoy bitiktoshlari, xitoy yilnomalari, yunon (Vizantiya), arman, suryoniy, soʻgʻd, arab, fors, tibet, baqtriy manbalarida saqlanib qolgan.
6-asrning 2 yarmida Turk xoqonligi vujudga kelgunga qadar mintaqada 2 yirik davlat: Eftaliylar va Jujanlar davlati hukm surardi.
Turk xoqonligining asoschilari boʻlmish turkiy Ashina qabilasi esa bu paytda Oltoy toglarining jan. yon bagʻirlarida istiqomat qilar va Jujanlar davlatiga tobe edi.
Jujanlar qoʻl ostidagi ashina turklari kuchayib 545 y. tele qabilalarini, 551 y. esa jujanlarni yengadilar. Shu tariqa ogʻaini Bumin va Istami 552 y. Turk xoqonligiga asos soladilar. Bumin oʻzini xoqon deb eʼlon qiladi (qarang Bumin xoqon, Istami xoqon).
555 yilga kelib, Markaziy Osiyoning shim.sharqidagi qabilalar, Uzok, Sharqdagi kidan (qoraxitoy), tatabi, shivey kabi manchjur va moʻgʻul qabilalari, Yenisey boʻyidagi turkiy qabilalar ham Turk xoqonligi qoʻshinlari tomonidan tobe etilib, 555 yildayoq Sharqiy Turkistonning katta qismi Turk xoqonligi

O ’zbek davlatchiligi tarixida turkiy hoqonlik davlati katta va muhim o’rinni egallaydi. Turkiy hoqonlik xususidagi ma’lumotlar yetarli bo’lsada, biroq ularning ko’pchiligi bir-biriga zid bo’lib, to’liq ma’lumotlar bermaydi. Birinchi navbatda VII-VIII asrlarda to’plangan manbalar ancha qimmatlidir. Bular epigrafik yodgorliklar – O’rxun-Enasoy runik yozuvlari, Xitoyning «Tan xonadoni tarixi» VII-IX asrlar tarixiy manbasi, VI asr oxirida yashagan Vizantiyalik tarixchilar Menandr Protektori Feofan Vizantiyskiy, suriyalik tarixchi Ionna Efseykiylarning tarixiy asarlaridir. Shuningdek, arab tarixchilari Tabariy, Denovariy (IX-X asr) o’lkamiz fo`zololaridan Abu Rayhon Beruniy, Narshaxiy (X asr) va boshqalar asarlarida ham uchraydi. «Alpomish», «Go’ro’g’li», «Manas»kabi umumturkiy xalq dostonlarida, shuningdek, Maxmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib va boshqalar asarlarida turkiy madaniyat, adabiyot tarixi to’g’risida qimmatli ma’lumotlar berilgan. 1999 yili Alpomishning 1000 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanib, Termizda qaxramon Alpomishga mahobatli haykal ham o’rnatildi.


Xitoy va boshqa manbalarida, turkiylarning eramizning 92 yilida Oltoy va
Tuvaga tutash hududlarda turkiy qabilalar, chunonchi Ashin, Arg’u, O’g’iz, O’tto`z tatar, Qarluq Kitan, Tolis, Turk, Uyg’ur, Duba va boshqa qabilalar yashaganlar.
VI asr boshlarida Oltoyda siyosiy jarayonlar faollashdi. O’sha paytda hozirgi Mo’g’uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan Jo’jan xonligi hukmronlik qilardi.
Sharqiy Turkiston, Farg’ona, So’g’diyona, Xorazm Baqtriya, Shimoliy
H indiston va Sharqiy Eron hududlarida esa Eftalitlar hukmronlik qilardi. Xitoyning shimoliy qismida hukmronlik qiluvchi Vey sulolasi (386-558) xonadonlarining kelib chiqishi ham turkiy tilli xalqlarga borib taqaladi. Shundan qilib, VI asr boshlarida O`zoq sharqdan Kaspiy dengizigacha bo’lgan hududlarda hokimiyat tepasida turkiy sulolalar turgan.
VI asr boshlarida turkiy qavmlar orasida Ashin urug’idan Asan Va – Tuu 460-
545 yillarda boshqa urug’larni o’zlaricha bo’ysundiradilar va Oltoy turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar. Tuu o’g’li Bumin tele qabilasini ham bo’ysundiradi. Bumin Jo’jan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551 yilda Jo’jan xonligi qo’shinlarini yengib, ularni o’ziga bo’ysundiradi.
Bumin 551 yilda yangi davlat Turk xoqonligiga asos soldi. Uning poytaxti
Oltoydagi O’tukan shahri edi. Hoqonlik tez orada kuchaya borib dovrug’i ortib bordi. Ular Xitoyni ko’pgina hududlarini bosib oldi. Xitoy podshosi xoqonlikka har yili yo`z ming bo’lak ipak mato berib turishga majbur bo’lgan.
552 yili Buminxon vafot etgach, hokimiyatga uning o’g’li Mug’onxon (553-
572) o’tiradi. U 558 yili Jo’janlarga so’nggi bor qaqshatqich zarba berib, o’z hududini tinch okeanigacha bo’lgan hududlarda mustahkamladi. Uning amakisi Istami (unga «yabg’u» - bahodir unvonini bergan edi) bo’lsa, bu davrda hoqonlik hududini g’arbga tomon kengaytirib, Yettisuv, Qashqar, Ural, Volga bo’ylari va
boshqa hududlarni egallaydi
563-567 yillarda Istami Yabg’u qo’shinlari eftalitlarga ketma-met zarbalar berib, uning hududlari bo’lmish O’rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha yerlarni egallashga muvofiq bo’ldi.
Turk hoqonligi O’rta Osiyo yerlarini ishg’ol etgach, Eron chegaralariga
tutashdi. Eron bilan turk hoqonligi o’rtasida bir necha bor urushlar kelibchiqdi va
Eron shohi Xusrav I ni yengiadi. Eron turk hoqonligiga 400 ming Vizantiya tillosi hajmida tovon to’lashga majbur bo’ldi. Muhonxon Qora dengizgacha bo’lgan yerlarni egalladi.
Turk hoqonligi 568-569 yillarda o’sha davrning qudratli davlati – Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini yo’lga qo’yishga muhim hissa bo’ldi.
Turk hoqonligi boshqaruv tartiblari haqida shuni ta’kidlash kerakki, ular O’rta Osiyo hududlarida hukmronlik qilsada, biroq o’zlari bu hududlarga ko’chib kelmadilar. Ular Yettisuv va boshqa hududlardagi markaziy qarorgo’larni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib, ulardan olinadigan soliq-o’lponlar, to’lovlar bilan kifoyalanganlar. Bundan tashqari ko’rinadiki, Turk hoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy davlat to`zilmalari, ularning boshqaruv to`zilmalari saqlanib, ichki siyosat bobidagi mustaqil faoliyatlari davom etgan. Hoqonlik istisno hollardagina o’lkani ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashardi. Bu narsa ko’proq tashqi siyosat, xalqaro savdo-sotiq masalalari gadaxl etardi. Manbalarda ta’kidlanishicha, Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida bu davrda 9 ta mutaqil hokimlik-davlatlar Maymurg’, Kesh, Naxshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andixay shular jumlasidandir.
Ayniqsa, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Choch (Toshkent) hokimliklari
o’zlariga ancha mustaqil bo’lganlar. Biroq bu davlat hokimliklari o’rtasida o’zaro ziddiyatlar avj olib, xalqni turmushini og’ir ahvolga olib kelishga sabab bo’lgan.
585-586 yillarda Buxoroda zodogon dexqon va boy savdogarlarga qarshi qo’zg’olonlar ko’tarildi. Unga Obro’y boshchilik qildi. Hoqon qora cho’rin qo’shinlari qqo’zg’oloni bostirdi va qo’zg’olonchilarni qattiq jazolaydi.
Turk hoqonligining g’arbiy qismi bilan sharqiy qisimlari o’rtasida aloqalar
o`zilib bordiki –Arslon Tuba hoqon davrida 581 yilda turk hoqonligi ikki qisimga
– G’arb va Sharqiy Turk hoqonligiga bo’linib ketgan. G’arbiy xoqonlika – O’rta Osiyoning katta qismi, sharqiy qismi – Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Oltoy va hokozo.
Xitoyda Tan sulolasi (618-907 yil) hukumronligi davrida Turk hoqonligi Bilan
Xitoy o’rtasida o’z aro aloqalar, hamkorlik keng yo’lga qo’yildi. Masalan, 627-644
yillarda O’rta Osiyodan Xitoyga savokavolari 9 marta yuborilgan. VII-asrning 30 yillarida hoqonlik hududlarini kezgan sayoh Syuan Sin, Isiqko’l, Chu vodisi,Samarqand Buxoro kabi shaharlarni obod va aholi gavjum ekanligini qayd etgan. Tan sulolasi 659 yil Sharqiy Turk hoqonligini o’ziga bo’ysundiradi. Biroq
670 yilda tibetliklar bosh ko’tarishi bilan Sharqiy Turk hoqonligi o’zini tiklab
oladi.
Bu davirda O’rta Osiyo hududlarida turk hoqonligi ta’siri tobora zaiflashib boradi. Bunga mahali hokimliklar o’rtasidagi ichki zidiatlarning avj olishi yer –
mulk uchun o’zoro kurashlar sabab bo’ladi. Bu esa piravord oqibatda arablar istilosiga sabab bo’ldi.
Hoqonlik davrida Turon zaminda kechgan ijtimoiy – iqtisodiy hayotga nazar
tashlar ekanmiz, shu narsa ayon bo’ladiki, Turk hoqonligining sharqiy yerlaridan
farqli xolda, bu hududda aholining ijtimoiy – iqtisodiy hayot tarzi, madaniy darajasi nisbatan yuqori bo’gan. Gap shundaki, sharqiy ‘udutlarda yashagan ko’pchilik ko’chmanchi turklarda urug’ – ko’chmanchilik munosabatlari hamon kuchli saqdangan. Aholining ko’pchiligi budun yoki xadra budunlardeb atalgan. Uruq – qabilalarning nomdor vakillari(beklar) deb yuritilgan. Jamoani hoqon va zodogonlar kengshashi «Qurultoy» boshqargan. Katta patriarxal oila xo’jaliklarining boshliqlari» Kadxudolar» deb atalgan.Butun saltanat ustidan oliy hukumronlikni hoqon olib borgan. Bu lavozim meros bo’lgan. Biroq ota doimo o’z o’g’liga taxtni oqldira vermay, balki undan kattaroq turgan qarindoshlariga qoldirishi lozim bo’lgan.
Bundan tashqari, shunday hollar ham bo’ladiki, taxt sohibini «urug’ oqsoqollari» tayinlagan. Xonni taxtga o’tkazishda katta marosim orqali amalga oshiriladi. Bo’lajak xonni oq kigizga o’tkazib, quyosh yurishi bo’ylab 9 marotaba aylantirganlar. So’ng otga mingazib, bo’yniga ipak mato osganlar.
Hoqondan keyingi shaxs – Yabg’u-bahodir bosh vazir vazifisida bo’lgan. Taxt merosxo’ri – Tegin sha’zoda deb yuritilgan. Shod unvoni viloyat va tuman shahzodalariga berilgan. Tudun unvoni hukmdorning joylardagi nazoratchisi (noiblariga) berilgan. Kambag’al chorvador va dehqonlarni bo’dun yoki qora bo’dun deb ataganlar. So’g’d hukmdori – Ixshid unvoniga, Kesh hukmdori – Ixrid unvoniga (tobe hokimliklar degan ma’noni anglatadi).
O’rta Osiyo yerlarida bu davrda dehqonchilik va o`zumchilik sohalari yuksak rivojlangan. O’lkaning Farg’ona, Xorazm, Zarafshon vohalarida ko’plab suv
inshootlari bunyod etilgan. Farg’ona va So’g’dda aholining bir qismi tog’-kon ishlari bilan shug’ullangan. Bu yerlarda oltin, mis, temir eritish, ulardan kerakli asbob-anjomlar ishlash yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Hoqonlik davrida shaharlar hayoti ancha rivoj topgan. Shaharlarda
hunarmandchilikning keng tarmog’i gurkirab rivoj topgan. Buyuk ipak yo’li bu shaharlarni xalqaro savdoda faol ishtirok etishini ta’minlagan.
O’rta Osiyolik qo’li gul hunarmandlar, to’quvchilar, ko’pincha qurolsozlar,
ishlab chiqargan nafis xaridorgir buyumlar, asbob-anjomlar dunyoning turli nuqtalariga yuborilgan. Bu davrning o’ziga xos muhim o’zgarishlardan yana biri – O’rta Osiyo kulolchilik hunarining yuksak san’at darajasida rivojlanganligidir.
Bu davrda o’lkamizda moddiy va ma’naviy madaniyatning yangi-yangi
betimsol namunalari yaratildi. Turli olimlar, mutaxassislar ba’siga sabab bo’lgan turk-run, O’rxun-Enasoy yozuvi, Kultegin bitiklari, Bilga hoqon yodnomasi kabi noyob topilmalar turk yozma madaniyatining qadimiyligi va rang-barangligiga guvo’lik beradi. Turkiy yozuvning tarixi mil. avv. II-I asrlarga borib tutashishi ma’lum bo’ldi.
Turk xoqoni Mugʻon (553-572) Xitoyga 556-557 yillarda yurishlar qilib, bu yerdagi Gʻarbiy Vey (Toba) sulolasi oʻrnini egallagan Shim. Shim. Si (550—577) va Chjou (577—581) sulolalarini oʻz taʼsir doirasiga oladi.
Turk xoqonligi 565 y. eftaliylarga Naxshab sh. (hozirgi Qarshi sh. yaqinidagi Yerqoʻrgʻon xarobasi) atrofida ogʻir zarba beradi. Turk xoqonligi eftaliylarga qarashli Choch, Fargʻona, Ustrushona, Samarkand, Xorazm, Buxoro, Kesh va Nasafni qoʻlga kiritgan bir paytda xoqonlikning eftaliylarga qarshi ittifoqchisi Sosoniylar Eroni hukmdori Xusrav I Anushirvon esa Eftaliylar tarkibida boʻlgan Toxariston, Kobuliston, Zobuliston (Shim. Afgʻoniston) viloyatlarini egallaydi. Sosoniylar bilan bevosita qoʻshni boʻlib qolgan xoqonlikning Eronga yuborilgan elchilarining oʻldirilishi va sugʻdiy Maniax boshchiligida ipak tijoratini yoʻlga qoʻyish maqsadida yoʻllangan elchilarga Eron shohining qoʻpol munosabatda boʻlishi, hatto ular keltirgan ipak matolarni yoqishga buyurishi Turk xoqonligi va Sosoniylar oʻrtasidagi ittifoqqa raxna soladi. Turk xoqonligi Eron bilan orani uzib, Vizantiya imperiyasiga yaqinlashish, u bilan savdosotiq, asosan, ipak tijoratini rivojlantirish uchun unga 567 y. mazkur Maniax boshchiligida elchilik hayʼatini yuboradi. Shu paytdan boshlab ikki davlat oʻrtasida ittifoq vujudga keladi. Eron — Vizantiya oʻrtasida 571 y. jang boshlangach, gʻarbga yurishni davom ettirayotgan Istami shu yili Shim. Kavkazdagi Kuban daryosi havzasi va Ozarbayjonni qoʻlga kiritadi. Boshqa tarafdan esa 567 yildanoq Sosoniylarga qarshi Amudaryo yoʻnalishi boʻylab yurish uyushtira boshlagan Istami bu jabhada katta muvaffaqiyatlar qozonib, Toxaristonni olgach, Turk xoqonligining jan.gʻarbi~y chegarasi Amudaryo boʻlib qoladi. 6-asrning soʻnggi choragida Kobuliston (Kobul), Zobuliston va Xurosonning katta kismi xoqonlik tarkibiga oʻtadi. 572-581 yillarda Turk xoqonligini Taspar xoqon boshqardi.
5 76 yilda Turk xoqonligi bilan Vizantiya orasida ixtilof paydo boʻladi va xoqonlik shu yili Qrimdagi Bospor (Kerch)ni bosib oladi va 581 yilda Xersonesni qamal qiladi. Sharqiy Yevropada xoqonlik hududi bu paytga kelib Qora dengiz sohillari, sharqda Koreya boʻgʻozi, shimolida Ural togʻlari, Yenisey va Baykalboʻyi, janubida Afgʻoniston va Shimoliy Hindiston hududdarini oʻz ichiga olar edi.
Turk xoqonligi tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Aleksandr Bernshtam, Lev Gumilyov, Sergey Klyashtorniy, Dmitriy Savinov, Leonid Kyzlasov, Igor Kyzlasov, Olga Smirnova, Larisa Baratova, Nasimxon Rahmon, Shamsiddin Kamoliddinov).
Sharqiy va Gʻarbiy Turk xoqonliklari
580-yillarga kelib xoqonlikda ichki nizolar, taxt talashuvlar avj oladi. Bu ishga Xitoyning Suy sulolasi ham aralashadi. Shundan soʻng xoqonlik bir muddat Oltoy togʻlarining sharqidan to Uzoq Sharqqacha boʻlgan hududni, yaʼni Jan. Sibir, Urxun havzalari (Moʻgʻuliston), Shim. Xitoy hududlarini oʻz ichiga oluvchi Sharqiy Turk xoqonligi va Oltoy toglarining gʻarbidagi xoqonlikka qaram oʻlkalarni oʻz ichiga oluvchi markazi Yettisuv boʻlgan Gʻarbiy Turk xoqonligi ga boʻlinib ketadi.
Markazi Oʻtukan vodiysi (Moʻgʻuliston) boʻlgan Sharqiy Turk xoqonligi Shibi xoqon (609—619) davrida Xitoy (Suy) imperiyasiga qarshi jang olib boradi. U 615 yilda Xitoyga yurish qilib Yaymin (Ordos) viloyatida imperator Yandini qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qalʼadan 39 tasi Turk xoqonligi qoʻliga oʻtadi. 618 yilda Suy sulolasini agʻdarib, uning oʻrnini egallagan Tan sulolasining ishlariga ham Shibi xoqon aralashadi. U bu paytgacha sharkda kidan va shivey qabilalarini, Jan.Gʻarbda Tuguxun (Togon) davlati hamda Turfon oʻlkasini boʻysundirgach, Xuanxe daryosini kechib oʻtib, Xitoy hududiga kirgan vaqtda vafot etadi. TaxtgaElxoqon (xitoy manbalarida Xyelixan; 620—630) oʻtiradi va 10 yil davomida, asosan, Xitoy bilan kurash olib boradi. 2 marta, 624—626 yillarda poytaxt Chananni qurshab oladi. Uning oʻlimidan soʻng Sharqiy Turk xoqonligi 50 yilga yaqin Xitoyga karam boʻlib qoladi.
Oʻz davrida "Oʻn Oʻq xoqonligi" deb yuritilgan Gʻarbiy Turk xoqonligi Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576—603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, gʻarbda oʻz hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon (610— 618) davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shim.sharqiy viloyatlariga xujum uyushtirib, sosoniylar ustidan yirik gʻalabaga erishadi va Isfahon, Ray kabi shaharlarni qoʻlga kiritadi. Uning inisi Tun yabgʻu (Tunshexu; 618—630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda Turk xoqonligi ning chegarasi gʻarb va jan.gʻarbda, Jan.Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgaboʻyi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim. Hindiston va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz ichiga olardi. Uning shad unvonli oʻgʻli boshchiligidagi xoqonlik qoʻshinlari Vizantiya imperatori Irakliy bilan birgalikda 627—628 yillarda Jan. Kavkazga safar uyushtiradi va bu yerdagi sosoniylar qoʻshinini yengib, Tbilisi shahrini qoʻlga kiritadi. Tun yabgʻu gʻarbiy hududlarda xrkimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shimolidagi Mingbuloq (xitoycha Syantsyuan) mavzesiga koʻchiradi va boshqaruvda islohotlar oʻtkazib qaram oʻlkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar joʻnatadi.
630 yillarga kelib Gʻarbiy Turk xoqonligi ham bir muddat Xitoyga qaram boʻlib qoladi. Biroq tez orada oʻz qudratini tiklab oladi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, Elbilga Ishbara yabgʻu (630—641) ning qoʻl ostida Sharqiy Turkistondagi Kucha, Shanshan, Cherchen, Xarashar (Krrashahar) hokimliklari va Shi (Shosh), Shiʼ (Kesh), Xe (KushoniyaKattaqoʻrgʻon), My (Marv), Kan (Sugʻd) va Toxariston oʻlkalari boʻlgan. Xoqonlik Istamining beshinchi boʻgʻin avlodi boʻlmish Ulugʻ Ishbara (Xelu Shabolo; 651—657) xoqon hukmronligi davrida Xitoyga qarshi bir necha yil kurash olib boradi.
Qapagʻan xoqon (691—716) davrida xoqonlik mintaqadagi eng yirik davlatga aylanadi. U jiyanlari Qutlugʻ Eltarish xoqonning oʻgʻillari Bilga va Kultegin hamda Toʻnyuquq bilan birgalikda Xitoydagi Xuanxe daryosi gʻavzalari hamda Shandun oʻlkasiga yurish qilib, 23 ta shaharni qoʻlga kiritadi, 699 yilda jan.gʻarbga, sobiq Gʻarbiy Turk xoqonligi hokimiyatini qoʻlga kiritgan turgashlarga va Toxariston oʻlkasiga yurish qiladi. Qapagʻan xoqon 700 y. Tangut oʻlkasiga, 701 y. Xitoyning shimoli-gʻarbidagi "Oltu Chub Sugʻdaq" oʻlkasiga, 703 yilda basmillarga, 705— 706 yillarda bayirqularga, 709 yilda chik va azlarga, 710 yilda qirgʻizlar va turgashyaarta qarshi qoʻshin tortib ularni qaytadan oʻz tarkibiga qoʻshib oladi. Turk xoqonligi Movarounnahrga bostirib kirgan arab istilochilariga qarshi 710 yilda qoʻshin yuboradi va Sugʻd, Shosh, Fargʻona hokimlarining arablarga qarshi kurashida qatnashadi. Bilga xoqon (716— 734) hukmronligi davrida Turk xoqonligi mintaqaning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. 716 yilda Selenga daryosi havzasida istiqomat qiluvchi uygʻurlartg ., 1YI yilda oʻgʻuzlarga, 718 yilda qarluqlarta qarshi jang qilib, ularni xoqonlikka boʻysundiradi. Bu davrda xoqonlik hududlari sharqda Sirdaryoning sharqidan to gʻarbda Xingan togʻlari yonbagʻirlari (Manjuriya), Shandun oʻlkasi (Xitoyning shim.sharqi, Sariq dengizdagi Boxay koʻrfazigacha boʻlgan yerlar)ni, janubda Tibetning shimoli, Sharqiy Turkiston, Xitoyning shim. viloyatlaridan to shimolida Yenisey daryosi va Baykalboʻyini oʻz ichiga olganligi maʼlum boʻladi. 740-yillarga kelib Turk xoqonligi ham ichki, ham tashqi ziddiyatlarga duch keladi. Bilga xoqonning oʻgʻillari hukmronligi davrida xoqonlik zaiflashadi. 742—744 yillarda uygʻur, qarluq va basmil qabilalari birlashib, xoqonlikka hujum uyushtirishadi. 745 yilda ittifoqchilar Turk xoqonligining soʻnggi hukmdori Baymey xoqonni oʻldirishadi va xoqonlik taxti uygʻurlar qoʻliga oʻtadi.
Turk xoqonligini dunyoning eng yirik davlatlari qatoriga qoʻshishda xoqonlar Bumin (551-552), Mugʻon (553572), Taspar (572—581), Toʻnga Turon (588— 600), Shibi (609—619), Elxoqon (620—630), Qutlugʻ Eltarish (680— 691), Bekchoʻr Qapagʻan (691—716), Bilga (716—734) va bosh vazir Toʻnyuquq (680—726), shahzoda Kultegin (Koʻl Tegin) (684—731) hamda Oʻn Oʻq boshqaruvi hukmdorlari Istami yabgʻu (552576), Tardu (576603), Tun yabgʻu (618—630) kabilar muhim rol oʻynadilar. Ular davrida Turk xoqonligi tomonidan Xitoy, Sosoniylar Eroni, Vizantiya kabi dunyoning kuchli davlatlariga qarshi yurishlar uyushtiriladi.
Turk xoqonligining boshqaruvida 2 xil tizim mavjud edi: boʻysundirilgan baʼzi oʻlka va viloyatlarda mavjud mahalliy sulolalar saklanib qolgan va ular xoqonlikka oʻlpon toʻlab turganlar; tobe oʻlka va viloyatlarning ayrimlari boshqaruviga tayinlangan x^kmdor xonadonga mansub vakillar hokimiyati.
Bu paytda Sirdaryo va Amudaryo oraligʻi hamda tutash hududlar Turk xoqonligi tarkibida boʻlib, bu yerdagi Shoshda tudunlar, Fargʻonada ixshidlar, Ustrushonada afshinlar, Sugʻdda ixshidlar, Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmda afrigʻiylar, Toxaristonda yabgʻular hokimiyati mavjud edi. Ularning baʼzilarining kelib chiqishi Turk xoqonligi qukmdor sulolasiga mansub boʻlishgan. Jumladan, Shosh tudunlari, Toxariston yabgʻulari va h.k.
6-asr oʻrtalarida Oltoydagi turkiy qabilalar qoʻshni qabilalar bilan oʻzaro birlashib "mo`g`il davrigagacha bo`lgan eng qudratli davlat" - Buyuk Turk xoqonligiga asos solgan. Ikki aka-uka, Bumin va Istemi ulkan davlatni boshqarishgan. Bumin hoqonlikning sharqiy qismidagi oʻziga qaram yerlarni kengaytirgan bir paytda, uning ukasi Istemi davlatning gʻarbiy qismidagi Yettisuv va Sharqiy Turkistonning tutashgan hududlari qabilalarini oʻzaro birlashtirgan. Davlatning Gʻarb tomon kengayishi uning eftaliylar davlati yerlari bilan toʻqnashuviga sabab boʻlgan. 563-567 yillarda turkiylar eftaliylar davlatini tor-mor qilishgan va Amudaryo boʻyida Eron sosoniylari bilan toʻqnash kelishgan. Turkiylar va Eron eftaliylar qiyofasida umumiy dushmanga qarshi kurashgan paytda ular oʻzaro doʻstona munosabatda boʻlganlar va hatto, shahanshoh Xusrov Anushervan turkiy malikaga uylangan. Turkiylar eftaliylarni tor-mor keltirgandan soʻng esa, ular bilan Eron oʻrtasida oʻzaro mojaro yuzaga kelgan. Turkiylarning muhim savdo yoʻllariga egalik qilishga boʻlgan intilishlari Eron bilan munosabatlarning keskinlashuviga olib kelgan. Istemining savdo masalalari boʻyicha elchilarining Eronga tashrifi muvaffaqiyatsiz tugagan, ikkinchi va soʻnggi elchilik aʼzolari esa zaharlanganlar. Shundan soʻng turkiylar Vizantiya bilan ittifoqchilikda Eronga qarshi urush boshlashga qaror qilishadi. 568-569 yillarda Maniax boshchiligidagi Istanbulga birinchi elchilik tashrifi muvaffaqiyatli yakunlanadi.
Vizantiya bilan Eron oʻrtasidagi oʻzaro urush, ularning xoqonlikka nisbatan eʼtiborini chalgʻitgan holda, turkiylarning yarimkoʻchmanchi davlatining shiddatli darajada yuksalishiga imkoniyat yaratgan. Turkiylar ichki ixtiloflar oqibatida zaiflashgan Xitoyga bir necha marta muvaffaqiyatli yurishni amalga oshirib, shoyi matolaridan iborat katta yillik oʻlpon olishga erishgan. 588 yili turkiylar hukmdori Qora Churin Vizantiya va hazarlar bilan ittifoqchilikda Eronga hujum qiladi, biroq magʻlubiyatga uchraydi va sosoniylar sarkardasi Bahrom Chubin tomonidan oʻldiriladi. Bu magʻlubiyat hoqonlikning tanazzulga yuz tutishi va 6-asrning 80-yillarida sharqiy va gʻarbiy oʻlkalarga ajralib ketishiga sabab boʻladi. 7-asrning birinchi yarmida gʻarbiy xoqonlik hayotida yuksalish kuzatiladi. Uning chegaralari Inda sohillarigacha yetgan. Xitoy va Eron bilan savdo munosabatlari keng rivojlangan. Savdo karvonlari Marv-Chorjoʻy-Buxoro-Samarqand-Choch-Talas-Suyab yoʻnalishi boʻylab Sharqiy Turkiston vohalarigacha choʻzilgan. Butun yoʻl davomida karvonlar ularning jadal safarlariga imkon bergan sugʻd mulkiy hududlariga duch kelishgan. Taxminan, 630 yili turkiylarning yaqin qadargacha ittifoqchilari boʻlgan xitoylar ularni qaqshatqich magʻlubiyatga uchratadi. 7-asr oxirida gʻarbdan yangi qudratli dushman - Markaziy Osiyoni oʻz tasarrufiga boʻsindirgan arablar bosib kela boshladi. Gʻarb turkiy xoqonligi Yettisuv oʻlkasi turgeshlar tasarrufiga oʻtgandan soʻng 747 yili batamom parchalanib ketgan. Shunday qilib, Buyuk Turk xoqonligi oʻz davridagi toʻrt qudratli davlatlat (Xitoy,Eron,Viznatiya,Turk xoqonligi) va 5 buyuk madaniyatning (yunon,fors,xitoy,hind,turkiy) biri boʻlgan. Turk xoqonliging Eron va Xitoy bilan boʻlib oʻtgan toʻqnashuvlari natijasida Xitoy va Fors davlati ancha yillargacha turkiylarning asosiy dushmaniga aylanishgan.

Yüklə 39,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə