Turk tili lahjalari



Yüklə 19,45 Kb.
tarix23.06.2023
ölçüsü19,45 Kb.
#118648

Mahmud Qoshg‘ariy - XI asrning o‘rta osiyolik filolog-olimi. 1072-1074 yillar arab tilida “Turk tili lahjalari”ni tuzgan. Mahmud Qoshg‘ariyning arab filologiyasi ilmiy uslublarini qo‘llab yozgan asari tilshunoslar, folklorchilar va adabiyotshunoslar uchun qadr-qimmatga ega. Bu - erta davr turk shevashunosligining yagona yodgorligidir.
Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al Qoshg‘ariy Qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davrida tug‘ilgan va qoraxoniy a’yonlarining oliy tabaqasidan kelib chiqqan. Uning otasi Bolasog‘un shahrini boshqargan. Oliy tabaqadan kelib chiqishi olimga o‘z davrining yirik siyosiy va madaniy markazi bo‘lmish Qashqarda ajoyib ta’lim olish imkonini berdi.
Bir qator turkiy tillar bilan birga, Mahmud Qoshg‘ariy arab va fors tillarini ham bilgan. Ehtimol, ta’limni Buxoro, Nishopur, Samarqand, Marv, Bog‘dodda davom ettirgan, u yerlarda olim uzoq vaqt yashagan, kitobi uchun zaruriy ma’lumotlar to‘plagan. U vaqtlar saljuqlarga tegishli Bog‘dodda bo‘lgan vaqti Qoshg‘ariyda kitobning g‘oyasi paydo bo‘ladi, unga ko‘ra, turkiy xalqlar hayotining ko‘p qirralari, fikrlashi, odatlari, jo‘g‘rofiy joylanishi va eng avvalo, tili ta’riflanishi joiz bo‘lgan.
Mahmud al Qoshg‘ariyning mashhur kitobi “Devoni lug‘at at-turk” turkiy ensiklopediya ko‘rinishidadir. Unda umumiy tarixiy-madaniy, etnografik va tilshunoslik ma’lumotlari to‘plangan va jamlangan. Al Qoshg‘ariyning “Devoni” - turkiy madaniyat yodgorligi bo‘lib, o‘zida axloqiy qadriyatlar va tarbiya tartiblarini, avvalgi ajdodlardan barcha merosni o‘zlashtirgan XI asrdagi turkiy xalqlarning o‘ziga xos dunyoqarashini jamlagan. Kitobda qadimiy zoroastr-shomoniylik dunyoqarashlari bilan birga, yangi mafkura - islom va so‘fiylik kabi tarmoqlari tasvirlangan.
Mahmud al Qoshg‘ariy mehnatining yagona nusхasi 1915 yil olim va kutubxonachi Ali Emir tomonidan Istambul bozorida ko‘chirma nusхa ko‘rinishida topilgan, hozirgi vaqtda Istambul Milliy kutubxonasida saqlanadi. Qo‘lyozmani Muhammad ibn Abu-Bakr ibn Abu-l-Fath as-Saviy ko‘chirgan.
“Devonu lug‘at at turk”ning birinchi noshiri turk olimi Rifat Bilge bo‘lib, u kitobni birinchi bo‘lib turk tiliga tarjima qilgan.
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘at at turk” asari o‘zbek tiliga professor Solih Mutallibi tomonidan tarjima qilingan va 1960-1963 yillar Toshkentda nashr etilgan.
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘at at turk” asari noyob hisoblanib, odatiy lug‘atga xos so‘zlar bilan bir qatorda, ko‘plab badiiy asarlar ham uchrab, folklorlikka oid qismlari asosiy timsolda gavdalanadi. Muallifning o‘zi shunday yozadi: “Mazkur kitobni men alifbo tartibida joyladim, maqol, saj, matal, she’r, rajaz va nasr parchalari bilan bezadim”.
“Turkiy shajaralar lug‘ati”da turkiy tilda so‘zlashuvchilar folklorining asosiy janrlari keltirilgan - marosimiy va lirik qo‘shiqlar, qahramonlik dostoni, tarixiy rivoyat va afsonalar. Shu bilan birga, unda anatomiya, tibbiyot, veterinariya, astronomiya, jo‘g‘rofiya, etnografiya va boshqalar haqida ma’lumotlar mavjud.
“Turkiy shajaralar lug‘ati” ikki qismdan iborat. Birinchi qismida Mahmud Qoshg‘ariy kitobning maqsadini ochib bergan, turkiy tilga so‘zlashuvchi qabila va urug‘lar haqida ma’lumotlar keltirgan.
Asarning ikkinchi qismida turkiy til shajarasining lug‘ati taqdim etilgan, hikmatli iboralar, og‘zaki xalq ijodining namunalari keltirilgan.
Quyida kitobidan keltirilgan parchalar orqali Qoshg‘ariyning nuqtai nazari haqida tasavvur hosil qilish mumkin.
“Kunlar vaqtni shoshirar, inson kuchini toliqtirar, dunyoni erlardan ayirar... Uning odati shu-da, barchaning qismati shu yerda. Agar dunyo mo‘ljalga olib, o‘qni otsa, tog‘ cho‘qqilari ajralib ketadi”.
“O‘g‘lim, senga yaxshilikka eltuvchi pand-nasihat merosimni qoldiraman. Yaxshi insonni uchratsang, unga ergash”.
“Tun-u, kun daydi kabi o‘tib ketadi. Uning yo‘lida kesishib qolsang, kuchdan ayirar”.
“Insonning mol-dunyosi - uning dushmanidir. Boylik to‘plab, suv oqimi to‘xtashini o‘yla, go‘yo xarsanglar pastga dumalab tushayotgani kabi. Barcha erlar buyumlarni deb adashdi. Boylikni ko‘rib, ular, go‘yo burgut o‘ljaga yopishgani kabi otiladilar. Ular mulkini yashirib, uni ishlatmay, xasisliklaridan yig‘lashar, oltinlarni to‘plashar. Mulklari sabab, Xudoni yodga olishmas, o‘g‘illarini, qarindoshlarini ular bo‘g‘arlar”.
“Yaxshilik qilishga shoshil, maqsadingga erishgach, g‘ururlanma”.
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni” (Lug‘ati) - fonetik va morfologik hodisalar va dialektik shakllarning xususiyati haqida tasavvur beruvchi erta davr turkiy dialektikasining yagona yodgorligidir. “Lug‘at” shuningdek, turkiy tilda so‘zlashuvchi O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Povolojya, Orol bo‘yi qabila va xalqlarining og‘zaki-she’riy ijodi haqidagi matlarni ham o‘z ichiga olgan.
Mahmud Qoshg‘ariyning arab filologiyasining ilmiy uslublaridan foydalangan holda yozilgan mehnati bugun ham tilshunoslar, folklorchilar va adabiyotshunoslar orasida, shubhasiz, qadr-qimmatga egadir.

Devonu Lug‘otit Turk, Mahmud Qoshg‘ariyning qalamiga mansub bolib, Bog’dodda 1072-1074- yillar mobaynida yozilgan Turkcha-Arabcha lugatdan iborat asardir. Turkiy tilining malum va mashhur eng qadimgi lugati bolib, Garbiy Osiyoning yozma Turkchasi haqida mavjud eng qamrovli va muhim til yodgorligidir. Qol yozma nushasi 638 sahifa va 9000 ga yaqin Turkcha soz va jumlaning tafsiloti bilan birga Arabcha va boshqa tillardagi izohlarini oz ichiga olgan. Shuningdek Turklarning tarihiga, geografik tarqalishiga, qavmlariga lahja (sheva)lariga va yashahs shart-sharoitalriga oid qisqacha kirish va matnlarni qamragan malumotlar mavjud. Eski (klasik) Arab leksikografiyasi (lugat ilmi)ning tamoyillariga kora tayyorlangan lugat, Mahmud Qoshg‘ariyning Turkiy qavmlar haqidagi batafsil malumotlari bilan birga, Arab filologiyasi (til bilimi) borasida ham asosli tahsil olganligini yaqqol namoyon qiladi.

Lugatnig mavjud yagona yozma nushasi 1266-yilda Shomda qaytadan nashr qilingan va 1915-yilda Istambulda Ali Amiri Afandi (1857-1923) tomonidan tasodifan topilgan. (Faqat oldingi asrlarda Antepli Ayniy va Kotib Chelebi ham Devondan bahs etganlar.) Ali Amiri yozmasi 1917-yilda Talat Posho (1874-1921) boshchiligoida Kilisli Rifat Bilganing (1873-1953) nazorati ostida chop etilgan bolib, butun dunyo Turkologlarining diqqat etiborini oziga jamlagan. 1928-yilda Turkolog Carl Brockelmann, tafsilotli izohlari bilan lugatni Nemischa tarjimasini nashrdan chiqargan. Besim Atalayning zamonaviy (modern) Turkcha tarjimasi 1940-yilda Turk Dil Kurumu (Turk Tili Jamiyati) tomonidan chop etilgan. Songgi yillarda Robert Dankoffning Devonu Lug‘otit Turk tarjiamsi, yangi malumotlar natijasida bazi muhim izohli ozgartirishlarga sabab bolgan. Mahmud Qoshg‘ariyning asarlarini kashfiyoti va nashr qilinishi Turk bilimi (Turkologiya) tarihida yangi bir yol ochgan favqulodda hodisa bolib hisoblanadi. Mahmud Qoshg‘ariyning Devonu Lug‘otit Turk Kitobi paytida yozilgan u zamonga nur sochuvchi boshqa bir kitobi yoqolgan.

Mahmud Qoshg‘ariy Devonu Lug‘otit Turk kitobiga yozishni shunday boshlaydi: Asragan, qoriqlagan Tangrining nomi bilan. “Ollohning, davlat quyoshini Turk burchlaridan tugdirganini va Turklarning diyori ustidagi samoning barcha doiralarini aylantirganini kordim. Olloh ularga Turk ismini berdi. Yer yuziga hokim qildi. Jahon imperiyasi Turk irqidan chiqdi. Dunyo millatlarining tizgini Turklarning qoliga berildi. Turklar Olloh tomonidan barcha qavmlardan ustun qilindi. Haqdan ayrilmagan Turklar, Olloh tomonidan haq uzra quvvatlantirildi. Turklar bilan birga bolgan qavmlar aziz boldi. Bunday qavmlar, Turklar tomonidan har qanday orzulariga yetdi. Turklar, oz himoyasidagi millatlarni, yomonlarni yovuzligidan himoya qildi. Jahon hokimi bolgan Turklarga hamma muhtoj, ularga dardini anglatish, shu tarzda har qanday istak va xoxishlariga erishish uchun Turkcha organishi kerak



Mahmud Kоshg’ariy o’zining “Devоnu lug’оt-it turk” (turkiy tillar lug’ati) asari bilan butun dunyo turkiy xalqlarinining bоy xalq tilini jamlab o’ziga xоs devоn tuzdi va bunga mazkur xalqlarning turli lahjalari, urf-оdatlariga оid qimmatli materillarni ham kiritib, o’ziga xоs qоmusiy asar yaratib berdi. Mazkur asar butun dunyo tilshunоs va turkshunоs оlimlarining e`tibоriga tushdi Jumladan, “Devоnu lug’оt-it turk”ni 1982 yilda AQSh Chikagо universiteti turkshunоslari Rоbert Denkоff va Jоn Kellilar ingliz tiliga tarjima qilishdi. Asarning har uchchala qismi uning turkcha nashridan amalga оshirildi. Bu xayrli ish tufayli оkean оrti xalqlari ham Mahmud Kоshg’ariy ijоdidan bahramand bo’lishdi. Hоzirda mazkur manbaa tufayli turkiy maqоl va hikmatlarni ingliz tiliga tarjima qilish masalasiga оid bоy tajriba yaratildiki, tarjimashunоslik fani оldiga bu juda qiziqarli va dоlzarb bir masalani qo’yadi
Yüklə 19,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə