Turkistonda 1917 yilgi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix29.03.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#103521
  1   2
009 O\'zbekiston tarixi O\'zbekistonda ilm fan 9mavzu 2kurs



Mavzu: 
O‘zbekistonda ilm-fan
.
O’zbekiston tarixi fani o’qituvchisi
Islamova S.


O’tilgan mavzuni takrorlash.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimining mustaqillik yillaridagi o‘zga-
rishlari qanday bo‘ldi?

2017-yil oliy ta’lim tizimida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?


Mustaqillikning dastlabki yillarida 
ilm-fan

Yuzaga kelgan yangi tarixiy shart-sharoit ilm-fan sohasini tub islohot qilishni 
taqozo etdi. Zero, dolzarb ilmiy-texnik muammolar hal qilinishi respublikaning 
rivojlanishini ta’minlar edi.

Avvalo, Prezidentning 1992-yil martdagi farmoni bilan ilmiy kadrlar 
tayyorlanishini tashkil etuvchi vakolatli organ – Oliy attestatsiya komissiyasi 
(OAK) tashkil etildi.

Prezidentning 1992-yil iyuldagi «Ilm-fanni davlat yo‘li bilan qo‘llab-
quvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmoni 
asosida respublika olimlari xorijiy mamlakatlarga tajriba oshirishga 
yuborilishi yo‘lga qo‘yildi. Ilmiy natijalarni ichki va tashqi bozorga olib chiqish 
bilan shug‘ullanuvchi Respublika ilmiy ishlanmalarni innovatsiya tijorat 
markazi Fanlar akademiyasi tarkibida tashkil etildi.



Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi.

O‘zbekiston fani va ta’limi integ- ratsiyasini ta’minlash borasida ham 
qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayon 2012-yilga qadar Fanlar 
akademiyasi tizimida ilmiy-o‘quv markaz- lari tashkil etilishi orqali 
amalga oshirildi. Jumladan, 2011-yili Fanlar akademiyasining Fizika-
texnika institutida «Qayta tiklanadigan energiya manbalari» ilmiy-
o‘quv markazi, 2012-yili Immunologiya institutida «Bio- tibbiyot» 
ilmiy-ta’lim innovatsion markazi ish boshladi.

2012-yildan esa, oliy ta’lim tizimida ilmiy sektor rivojini ta’minlash 
maqsadida Fanlar akademiyasning 5 ta ilmiy tadqiqot instituti, 4 ta 
min- taqaviy ilmiy markazlar ilmiy bo‘linma tarzida qayta tashkil etilib, 
yo‘nalishi va ixtisosliklariga ko‘ra ular tegishli oliy ta’lim 
muassasalariga o‘tkazildi.


Ilm-fandagi tub islohotlar

2016– 2017-yillar O‘zbekiston ilm-fanida tom ma’noda tub islohotlar davri 
bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-
de- kabr kuni ilk bor mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan 
uchrashdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ilm-fanga e’tibor 
yanada kuchayishi belgilandi. Prezidentning 2017-yil 17-fevraldagi «Fanlar 
akademiyasi faoliyati, ilmiy- tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va 
moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
qarori asosida 9 ta ilmiy- tadqiqot muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga 
qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akademiyasining 
fan yo‘nalishlari bo‘yicha 3 ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi, 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati 
yo‘lga qo‘yildi.




Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga oxirgi saylovlar 1995-yilda 
o‘tkazilgan edi. O‘tgan yillar mobaynida akademiklarning soni ikki 
martadan ko‘proqqa qisqardi va 2017-yilga kelib akademiyaning 
atigi 63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi 
Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 
tarixiy farmoni bilan 22 yillik uzoq tanaffusdan so‘ng Fanlar 
akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a’zolari tasdiqlandi.

Bugungi kunda ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi 400 ta muassasa 
ro‘yxatga olingan bo‘lib, fan sohasida 36 ming mutaxassis, jumladan, 2 
mingdan ortiq fan doktori va 9 mingdan ortiq fan nomzodi faoliyat 
olib bormoqda.



Atamalar izohi!


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə