Turkiy tillarni qiyosiy -tarixiy grammatikasi fanidan



Yüklə 90,57 Kb.
səhifə5/10
tarix12.06.2023
ölçüsü90,57 Kb.
#116811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Turkiy tillarni qiyosiy -tarixiy grammatikasi fanidan

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Izofa 5
Bitishuv- So’zlar grammatik vositalar yordamisiz o’zaro aloqaga kirib, so’z birikmasini tashkil etadi. Bunday so’z birikmalari mazmun va intonatsiya yordami bilan o’zaro birikadi.Quyidagi so’z birikmalari bitishuv yo’lida hosil qilingan: kisi og’lan- inson farzandi, semiz buqa- semiz buqa, yag’ig’a tegmis su- dushmanga hujum qilgan lashkar. Bitishuv munosabatiga kirgan so’zlarning taraqqiyotidagi ikkinchi hodisa birikmalarning qo’shma so’zga aylanishidir: sakiz on,toqqiz on- sakson,to’qson
Boshqaruv- Tobe so’z ma’lum grammatik vosita kelishik formalari yoki ko’makchilar orqali bosh so’zga bog’lanadi. Qadimgi turkiy tilda bosh kelishikdan tashqari tushum,jo’nalish,o’rin,chiqish,vosita kelishiklari bo’lib,tobe so’z ma’lum bir kelishik affikslari yordami bilan bosh so’zga bog’lanadi. Boshqaruv ikki xil bo’ladi :kelishikli va ko’makchili. Yuz artiq oqun urti –yuzdan ortiq o’q bilan urdi. Biznita adin – bizdan boshqa.
Moslashuv- Qadimgi turkiy tilda moslashuv ikki otning qaratqich kelishigi yordamida birikuvidan hosil bo’lgan. Hozirgi o’zbek tilida bo’lgani kabi qadimgi turkiy tilda ham qaratqich belgili va belgisiz shaklda qo’llangan. Masalan: belgili : menin bodunum erti- mening xalqim edi; belgisiz: ko’rug’ sabi antag’- ko’ruvchining xabari shunday, ozim qutim – o’zimning baxtim.
Izofa 5- Turkiy tillarda sifatlovchi sifatlanmishiga bitishuv usuli bilan tobelanadi. Aniqlovchining yana bir turi borki, u tilshunoslikda turkiy izofa deb yuritiladi. Turkiy tillarda gap bo’laklari boshqa tillar, xususan, hind-yevropa tillari oilasidagiga nisbatan o’zining muntazam joylashish tartibiga ega. Izofa ikki otning aniqlovchili munosabatiga kirishuvidir : turk bodun- turk xalqi, Kokman tag’- Kogman tog’i, bodun bog’zi- xalqning noni. Izofa. Turkiy tillarda sifatlovchi sifatlanmishiga bitishuv usuli bilan tobelanadi. Aniqlovchning yana bir turi borki, u tiishunoslikda turkiy izofa deb yuritiladi. Turkiy tillarda gap bo'laklari, boshqa tillar, masalan, hind yevropa tillari oilasidagiga nisbatan o'zining muntazam joylashish tartibiga ega. Izofa ikki otning aniqlovchilik munosabatiga kirishuvidir. Bunday munosabatda biror shaxs, predmet yoki tushunchaning boshqa bir shaxs. predmet yoki tushunchaga qarashliligi ko'rsatiladi. Ikki ot orasidagi bunday munosabat maxsus affikslar orqali ifodalanadi:tobe so'zda qaratqich kelishigi qo'shimchasi (-nit]), hokim so'zda egalik affikslari -(i) m, -(it]), -i (si); -(i) miz, -d) rjiz,-(lar)i bo'ladi. Izofada hokim so'z qaysi shaxsni ko'rsatsa, tobe so'z ham leksik ma’nosiga ko'ra o'sha shaxsga ishora qiladi. Shuning uchun ham izofa birikmasi moslashuv aloqasining bir ko'rinishi hisoblanadi. Izofa birikmasi qismlarning shakllanishiga ko'ra uch xil bo'ladi:

Yüklə 90,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə