Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
23
yurtidan chiqib boshqa joylarga safar qilgani, ko’plab madaniy-adabiy manbalarni 
o’rgangani va Koshg’arga kelib asarni yozib tugatganini anglash mumkin.
“Qutadg’u bilig”ga qadar yaratilgan asarlarning barchasi arab va forsiyda bo’lib, bu asar 
turkiyda yaratilgan birinchi eng yirik adabiy asar edi. Asar Tabg’ach Bug’roxon tomonidan 
munosib taqdirlanib, muallifga shuhrat keltiradi, eshik og’asi unvonini oladi.
“Qutadg’u bilig” asarining uch qo’lyozma nusxasi mavjud, uyg’ur yozuvida 
ko’chirilgan nusxasi Venadan, arab yozuvida ko’chirilgan nusxasi Qohiradan va yana bir 
nusxasi Namangandan topilgan. Asar bo’yicha G’arbiy Yevropa sharqshunoslari, rus 
sharqshunoslari va o’zbek olimlari Fitrat, S.Mutalliboev, A.Abdurahmonov, N.Mallaev, 
B.To’xliev tadqiqot ishlarini olib borganlar. 1971 yilda asar Qayum Karimov tomonidan 
nashr etilgan. 1990 yilda adabiyotshunos B.To’xliev soddslashtirib chop etdi.
Asar muayyan syujet asosiga qurilgan emas. Adib o’zining ijtimoiy fikrlari va 
g’oyalarini, orzu-istaklarini ramziy obrazlar sajiyasiga, suhbatiga singdirib yuboradi.
Adolat-Kuntug’di-shoh, Davlat-Oyto’ldi-vazir-oy, Aql-O’gdulmish-vazir, o’g’li-charog’onlik, 
Qanoat-O’zg’urmish-vazir qarindoshi-sergaklik ramzlarini ifodalaydi. Asosiy voqealar shu 
4 obraz o’rtasidagi savol-javoblardan iborat bo’lib, bir qator eng asosiy masalalar ana shu 
jarayonda yoritib beriladi. Xos Xojib falsafasiga ko’ra hayot, umr barcha ezguliklar uchun 
asosdir. Shoir insonning hayotda ilm-ma’rifat olishi zarurligiga e’tibor qaratadi, asarda bu 
to’g’rida qayta-qayta to’xtalib o’tadi. Yana bir hikmat bor: Hazrati odam,- Bilim, aqlu idrok 
sabab muhtaram.
“Qutadg’u bilig”ni aql va hikmat darsligi deb ham atashadi.
Turkiy adabiyotda xamsachilik an’analari paydo bo’ldi, she’riyatda tasavvuf mavzusi 
ham yetakchilik qildi. Turkiy adabiyotning buyuk iste’dodlari maydonga keldi, jahon 
adabiyoti san’atkorlari qatoridan o’rin olganlar. Nizomiy Ganjaviy, Fuzuliy, Jaloliddin 
Rumiy, Yunus Emro, Navoiy va Bobur, Maxtumquli, Zaliliy, Abay kabilarni qayd etish 
mumkin. Shuningdek, XX asr adabiyotida ham ko’zga ko’ringan turkiy adiblar yetishib 
chiqdi. Nozim Hikmat, Rashod Nuri, A.Qodiriy, Cho’lpon, Ch.Aytmatov, M.Avezov, O’ljas 



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə