Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/212
tarix03.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#121262
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   212
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Taomlari. 
Shimoliy Kavkaz xalqlaiining ko‘pchiligida taom­
lari asosi sutli o‘simliklardan iborat. Eng avvalo, non ko‘ptirilgan 
yoki xamirturush solinmagan xamirdan qilingan. Abazinlarda bo‘tqa 
(suli unidan), hozir makka yoki bug‘doy unidan sovutilib kesib, 
bo‘laklarini issiq holatda pishloq, qatiq, ziravorlar. qayla qo‘shib 
yeyishgan. Bu xamir taom e’zozli hisoblanib, uni aziz mehmonlarga 
tayyorlashadi.
352


Odatda Kavkaz xalqlari go‘shtli kabobni ko‘p iste’mol qilishadi, 
degan fikr ko‘p uchraydi. Amalda esa kavkazliklar mollari soni bilan 
ko‘proq faxrlanishib, go‘shtni bayramlarda, to‘y1arda yeyishadi.
Kavkazda eng keng tarqalgan mashhur taom - kabobni ilgari endi 
so‘yilgan molning, qo‘yning jigari, buyragi va h.k.lardan qilishgan. 
Aynan shu xildagi kabob delikates (tansiq taom) hisoblanadi. Shi­
moliy kavkazliklar oshxonasida dog‘iston xinkalisi keng yoyilgan. 
Unda qiymani xamirda, bizdagi mantiga o‘xshatib pishirib, sho‘rvasi 
va unda pishirilgan go‘sht bo‘laklari bilan qo‘shib tortiladi. Tog‘liklar 
dasturxonida pishloq, qatiq, qorachoy va bolqorlarda ayron ichimlik 
sifatida keng tarqalgan. Kavkazliklaming barchasi turli ko‘katlar -
kinza. ukrop, piyoz, sarimsoq va h.k.lami ko‘p iste’mol qilishadi. Shi­
moliy Kavkazda ham uzumdan turli vinolar ko‘p tayyorlanadi.
Oila va oilaviy turmush. 
Oila - faqat ijtimoiy va xo‘jalik birligi 
emas, balki etnosni yaratuvchi hamda saqlovchi usuldir. Oila qurish 
masalasiga Kavkazda juda mas’uliyat bilan qarashadi. Oila qurishga 
monelik qiladigan qator to‘siqlar bo‘lib, ulardan biri qarindoshlikdir. 
Ko‘pgina Kavkaz xalqlarida to‘rtinchi avloddan beri qarindoshlar 
orasida nikoh taqiqlangan. Qarindoshlar safini kengaytirib nikohga 
kiruvchilar sonini cheklaydigan odati ardan biri bolaga doyalik qil- 
gan ayol, chaqaloqqa qandaydir sabab bilan ko‘krak bergan ayolning 
oilasi ham kirgan.
Tadqiqotchilar Kavkazdagi otaliq - sun’iy qarindoshlik odatini 
keng tadqiq etishgan. Bolaning boshqa biron oilada ma’lum muddat 
bo‘lishi, tarbiyalanishi ushbu qarindoshlik turini kengaytirgan. Ak- 
sari bola yangi oilada tug‘ilganidan 15-16 yoshgacha tarbiyalangan. 
Otaliqni tanlash, bolaning berilishi, uning qaytishi ko‘plab udum-ma- 
rosimlarning bajarilishi bilan amalga oshirilgan. Adiglarda otaliqlik 
dehqonlar toifasida kengroq tarqalgan. Odat bu xildagi munosabat- 
lami qon-qarindoshlikka tenglashtirilgan.
Sun’iy qarindoshlik usullari ko‘p bo'lgan. Uning ahamiyati katta 
ekanligi, bu orqali qonli xun olinishining to‘xtatilishini ko‘rsatish 
mumkin. Mojaroni to‘xtatish maqsadida 4-10 yoshgacha bo‘lgan
353


o‘g‘il bolani o‘g‘irlab, boqib, so‘ng sovg‘a-salomlar bilan ota-onasi- 
ga qaytarishgan. Bizning kunimizda sun’iy qarindoshlikning barcha 
turlaridan eng qat'iy saqlanayotgani sut qarindoshlikdir.
Yangi oilaning yaratilishi davri - murakkab nikoh to‘yi udum- 
marosimlarini o‘tkazayotgan ko‘p sonli qarindoshlarning bir necha 
kun davom etadigan bayramidagi eng muhim paytdir. Yangi oilaga 
farzand tilash to‘y dasturxonida tovuq va tuxumlaming qo‘yilishida 
kuzatiladi. Kelin-kuyovning ustidan uyiga kirishidan oldin konfetlar, 
don sochishadi.
Shimoliy Kavkazda ham patriarxal oilalar uzoq vaqt hukmronlik 
qilgan. Ayollar oilada itoatkor holatda boigan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə