Tushuntirish xati



Yüklə 207,87 Kb.
səhifə23/47
tarix28.11.2023
ölçüsü207,87 Kb.
#138368
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta-hozir.org (1)

Sana:_________________________
14-Mavzu:“Zamonaviy mehnat bozori”
Kun shiori:“Intilganga tole yor, o`z orzularingiz, tanlagan kasbingiz yo`lida hech tolmang!”
Maqsad:O`quvchilarga zamonaviy mehnat bozor haqida tushunchalr berish, vatanparvarlikni singdirish, kelajakda o`z orzulari uchun harakat qila olishlikni, izlagan imkon topa olishini ular ongiga singdirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollarshiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Orzusiz inson bo`lmaydi, orzusiz yashab bo`lmaydi”
O`qituvchi: Hayotimizda ro’y berayotgan tub o’zgarishlardan biri bozor iqtisodiyotining shakllanishidir. Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o’tishi eng avvalo iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashni taqozo etadi. Bu vazifalarni hal etish uchun mamlakatimiz o’zining boy tabiiy resurslaridan, mineral manbalaridan hamda fan-texnika va inson resurslaridan samarali foydalanishi zarur. Zero, jamiyatning eng oliy boyligi bo’lgan xalq abadiy qadriyatlarni, qudratli salohiyatni o’zida jamlagan. Bu salohiyatni yuzaga chiqarish jamiyatimizni rivojlantirish va taraqqiy ettirishning juda kuchli omili bo’lib xizmat qiladi. Inson salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil bo’lib u
mamlakatning islohotlar va tub o’zgarishlar yo’lida tinimsiz ilgarilab borishini ta’minlab beradi. Respublikada iqtisodiy islohotlarning hozirgi davrida ishlab chiqarish omillaridan oqilona foydalanish muammosiga e’tibor kuchaya bormoqda. Shunday omillar qatoriga insonda mujassamlashgan tuganmas qobiliyatlardan foydalanish sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari ahamiyatlidir. Mavzuning dolzarbligi ishlab chiqarishning dastlabki kurtagi bo’lgan firmada inson omlidan oqilona foydalanishning zarurligidan kelib chiqadi.Inson omillaridan oqilona foydalanish iqtisodiy taraqqiyotning muhim sharti bo’lib, u mehnatkashlar turmush darajasini oshirishda hal qiluvchi omil bo’lib xizmat qiladi. Jamiyatni harakatga keltirishning asosiy vositasi bo’lgan inson omili mohiyatini, iqtisodiy, ijtimoiy mazmuni, uning sifat o’zgarishlarini va undan oqilona foydalanish yo’llarini aniqlash katta iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Aholining mehnatga to’la bandligini ta’minlash va tartibga solish, haqiqiy va yashirin ishsizlik miqdorini kamaytirish, ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklifni muvozanatga keltirish, ishchi kuchi sifatini oshirishga va unumli mehnat qilishiga erishish hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi va o’z yechimini kutib turibdi. Ayniqsa, jamiyatda inson omilidan samarali foydalanish muammolari bozor munosabatlarini shakllantirish davrida birmuncha murakkablashdi va ularning yechimini topish iqtisodiyot fani oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi.

Yüklə 207,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə